Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar reja
Standart tsiklik va atsiklik harakatlarga fiziologik tavsifnoma
Download 47.14 Kb.
|
Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar
Standart tsiklik va atsiklik harakatlarga fiziologik tavsifnoma
Standart yoki stereotip mashqlar, harakatlarning nisbatan doimiyligi va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi, miyada harakat dinamik stereotipi shaklida mustahkamlanadi. Haraktalar tarkibiga ko’ra, tsiklik va atsiklik standart harakatlarga bo’linadi. Standart tsiklik mashqlarda bir xil harakatlar ketma-ket takrorlanib turadi. Ishni bajaraolmay qolgungacha davomiyligiga ko’ra, ular to’rtta nisbiy quvvat zonalariga bo’linadi: maksimal, submaksimal, katta va o’rta. Maksimal quvvatli ishlar 20-30 sekundgacha davom etadi masalan, (50, 100 va 200 m. yugurish; 25 va 50 m.ga suzish, trekda velopoyga 200 va 500 m va shularga tenglashtirilgan mashqlar). Bu ishlar anaerob alaktat yuklamali ishlar hisoblanib, asosan, fosfogen tizim – ATF va KF energiyasi (90-95%) hisobiga bajariladi. Vaqt birligida eng yuqori energiya sarfi 4 kkal/s, biroq umumiy energiya sarfi minimal bo’lib, o’rtacha 80 kkalni tashkil qiladi. Kislorodga bo’lgan talab juda katta bo’lib, (8 litr yoki bir minut hisobiga 40 l) ish vaqtida juda oz qondiriladi (0,1 l.dan ozroq), biroq ish qisqa vaqt davom etishi sababli kislorod qarzi unchalik katta bo’lmaydi. Ish davrining qisqaligi sababli nafas va qon aylanish tizimlarining faoliyatida sezilarli o’zgarishlar kuzatilmaydi. Startoldi holatida qo’zg’alish jarayonining kuchli bo’lishi yurak urishlar sonining bir minutda 200 tagacha ko’taradi. Jigardan uglevodlarning faol chiqishi natijasida glyukozaning qondagi miqdori ortadi. Maksimal quvvatli ish bajarganda organizmning yetakchi tizimlariga nerv tizimi va harakat apparati kiradi. Nerv markazlari va skelet muskullarining qo’zg’aluvchanligi va labilligining yuqori bo’lishi, nerv jarayonlarining harakatchanligi, muskul tolalarining tez bo’shashish qobiliyati va ularda kreatinfosfat zahirasi yetarli bo’lishi ishning natijasini ta’minlaydi. Submaksimal quvvatli ish 20-30 sekunddan 3-5 minutgacha davom etadi (o’rta masafoga yugurish 400, 800, 1000 va 1500 m; suzish - 100, 200 va 400 m; trekda velopoyga - 1000 m; eshkak eshish - 500, 1000 m va boshq.) Anaerob-aerob tipdagi yuklamalar shu zonaga kiradi. Masofaning uzayishi harakat tezligining pasayishiga va tabiiy ravishda vaqt birligida energiya sarfining pasayishiga olib keladi (1,5 dan 0,6 kkal/s). Umumiy energiya sarfi ortadi (150 dan 450 kkal). Energiyaga bo’lgan talabni anaerob glikoliz hisobiga qondiriladi. Qonda sut kislotasining kontsentratsiyasini yuqori chegara darajasiga ko’tarilishiga olib keladi (20 - 25 mMolь/l gacha). Bu ko’rsatkich tinch holatga nisbatan 25 marta ortiq. Bunday sharoitda qonning rN 7,0 dan pastlashi mumkin. Ishning davomliligi nafas va qon aylanish funktsiyalarining faoliyatini maksimal darajaga ko’tarilishini ta’minlaydi. Kislorod iste’moli maksimal darajasiga ko’tariladi. Yurak urishlar soni bir minutda 180 ta bo’ladi. SHunga qaramasdan masofadagi kislorod iste’moli kislorodga bo’lgan talabning 1/3 qismini tashkil qiladi va yuqori malakali sportchilarda kislorod qarzi 20–22 litrga yetadi. Kislorod iste’moli va kardiorespirator tizim ko’rsatkichlari masofaning oxirida stabillanishi yolg’on turg’unlik holati deb nomlanadi . Submaksimal quvvatli ishni bajarishda yetakchi fiziologik tizimlarga qon, qon aylanish va nafas tizimlari hamda markaziy nerv tizimi kiradi. Markaziy nerv tizimining ahamiyati juda katta, nerv markazlariga yetarli miqdorda kislorod yetmayotgan sharoitda harakatlarni tez va aniq boshqarishi kerak bo’ladi. Katta quvvatli ishning davomliligi 5-6 minutdan 20-30 minutgacha bo’ladi. Bunday mashqlarga 3000, 5000 va 10000 m.ga yugurish; 800, 1500 m.ga suzish; 1,5-2,0 km.ga eshkak eshish va shularga tenglashtirilgan mashqlar kiradi. Bu tipdagi ishlar aerob-anaerob ishlar hisoblanadi. Bu mashqlarni bajarish uchun sarflanadigan energiya glikolitik yo’l bilan birga uglevodlarning oksidlanishidan hosil bo’ladi. Kardiorespirator tizimning faoliyatini maksimal zo’riqishi organizmning kislorod iste’molini maksimal darajadasini ta’minlaydi. Biroq, kislorod qarzi unga bo’lgan talabni 10-30% ini tashkil qilib, ish uzoq davom etganligi tufayli masofa oxirida ko’payib, 12-15 litrni tashkil qiladi. SHu sababli qonda sut kislotasining kontsentratsiyasi ko’tarilib (o’rtacha 10 m.Molь/litr) rN ni sezilarli pasaytirishga olib keladi. Masofa davomida kislorod iste’moli, nafas va qon aylanish funktsiyalari ko’rsatkichlari stabillashganiga qaramasdan, ish vaqtida kislorod iste’moli talabni to’la qondirmaydi, nisbiy turg’unlik holati yuzaga keladi. Yurak urishlar soni nisbatan doimiy darajada bir minutda -180 ta holatini saqlaydi. Nisbiy energiya sarfi 0,5-0,4 kkal/c, umumiy energiya sarfi esa 750-900 kkal ko’tariladi. Katta quvvatli ishda kardiorespirator, termoregulyatsiya va ichki sekretsiya bezlari tizimlari yetakchi funktsional tizimlarga kiradi. O’rta quvvatli ishlar 30-40 minutdan bir necha soat davom etadi. Bularga uzoq masofaga yugurish - 20, 30 km, marafon – 42-195, katta yo’lda velopoyga - 100 km va undan ko’proq, sportcha yurish - 10 km dan 50 km gacha, baydarka va kanoeda eshkak eshish - 10 km va o’ta uzoq suzish musobaqalari kiradi. Energiya bilan ta’minlanish asosan aerob yo’l bilan, glyukozaning tugab borishiga qarab yog’larni oksidlanish orqali amalga oshadi. Nisbiy energiya sarfi uncha katta emas 0,3 kkal/s.gacha, umumiy energiya sarfi juda katta 2-3 ming kkal va undan ortiq. Kislorod iste’moli bu mashqlarda kislorodni maksimal iste’molini 70-80% ni tashkil qiladi va kislorodga bo’lgan talab ish vaqtida qondiriladi, kislorod qarzi masofaning oxirida 4 litrdan ozroqni tashkil qiladi, sut kislotasini Vaqt kontsentratsiyasi normadan ortmaydi (1,0-2,0 mMolь/litr atrofida). Nafas va qon aylanish tizimi ko’rsatkichlari maksimaldan past darajala bo’ladi. Yurak urishlar soni minutiga 160-180 tani tashkil qiladi. Oksidlanish jarayoni yog’larni sarflashga o’zgargan bo’lishiga qaramasdan, uglevodlarning sarflanishi davom etadi. Natijada qonda glyukozaning miqdori 2 marta ozayib gipoglikemiyani keltirib chiqaradi. Bu markaziy nerv tizimi funktsiyasini, harakatlarning koordinatsiyasini, atrofni orientatsiyalashni keskin buzadi, og’ir ko’rinishlarda xushdan ketish ham kuzatiladi. Uzoq davom etadigan bir xil ish markaziy nerv tizimida himoyalovchi tormozlanishni yuzaga keltirib, harakatlar jadalligini pasayishi yoki ishni to’xtatish orqali sportchi organizmini, birinchi navbatda nerv xujayralarining yemirilishidan va o’lishidan saqlaydi. O’rta quvvatli ishni bajarganda uglevodlar zahirasining ko’pligi va markaziy nerv tizimining monotoniyaga funktsional chidamliligi yetakchi ahamiyatga ega. Uglevodlar zahirasini ko’pligi gipoglikomiyani oldini olsa, markaziy nerv tizimining monotoniyaga chidamliligi ximoyalanuvchi tormozlanishning rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. Bu guruh harakatlar steriotip dasturga asoslangan harakat aktlaridan iborat bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi. Bu mashqlarning harakatlarini bajarilish sifatiga ko’ra ballar bilan baholanadigan gimnastika, akrobatika, figurali uchish, suvga sakrash, batut va boshqa miqdoriy baholanadigan harakatlarga bo’linadi. Miqdoriy baholanadigan harakatlarni quyidagilarga ajratiladi: -shaxsiy-kuchli - og’ir atletikada sportchilarning kuchi ko’tarilayotgan shtanganing massasini yengishga yo’naltiriladi, shtanganing tezlanishi kam o’zgaradi; -tezlik-kuchli - (sakrash, uloqtirish) yadro, molot, diska, nayza va sportchining tana og’irligi o’zgarmas kattalik bo’lib, sportning natijasi snaryad yoki tanaga berilgan tezlanishga ko’ra aniqlanadi. -mo’ljal harakatlar (o’q otish, kamon, gorodki, darts va boshq.) tana holatini turg’unligi, muskullar koordinatsiyasining nozikligi, sensor axborot tahlilining aniqligini talab etiladi. Bu mashqlarning barchasida dinamik va statik ishlar anaerob (sakrash va uloqtirish) yoki anaerob-aerob harakterdagi harakatlar (masalan, gimnastikadagi erkin mashqlar, figurali uchishdagi ixtiyoriy dastur) aralash holda uchrab, davomliligiga ko’ra maksimal va submaksimal quvvatli mashqlarga to’g’ri keladi. Bunday mashqlarni bajarishga qisqa vaqt sarflanganligi uchun, umumiy energiya sarfi nisbatan oz, kislorod talabi va kislorod qarzi juda oz (taxminan 2 l), organizmning vegetativ tizimlariga unchalik katta talab qo’yilmaydi. Bunday mashqlarni bajarish yaxshi koordinatsiyani, harakatning makon va zamondagi aniqligini, vaqtni sezish rivojlanganligini, diqqatni kontsentratsiyalanishini, absolyut va nisbiy kuchning yetarli bo’lishini talab qiladi. Bu mashqlarni bajarishda markaziy nerv tizimi, sezgi tizimlari, harakat apparati yetakchi ahamiyatga ega. Download 47.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling