Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar reja


Nostandart harakatlarga fiziologik tavsifnoma


Download 47.14 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi47.14 Kb.
#1387561
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar

Nostandart harakatlarga fiziologik tavsifnoma
Nostandart yoki vaziyatli harakatlarga sport o’yinlari (basketbol, voleybol, tennis, futbol, xokkey va boshq.) va yakka olishuvlar (boks, kurash, qilichbozlik va
boshq.) kiradi. Bu guruhga yugurish trassalarini murakkabligi sababli krosslar ham
kiritilgan.
Bu harakatlarning o’ziga xosligi quydagilar:
-ishning quvvati o’zgaruvchanligi (maksimaldan tortib o’rtachaga va xattoki
to’la to’xtashgacha) harakatlar tarkibini va yo’nalishlarini to’xtovsiz o’zgarib
turishi;
-vaziyatning o’zgaruvchiligi, vaqtning ziqligi bilan birga.
Nostandart mashqlar atsiklik yoki aralash (tsiklik va atsiklik) harakatlardan
iborat bo’lib dinamik tezlik-kuch ishi ustunligida ( kurashda sezilarli statik
zo’riqishlar), yuqori emotsionallikda o’tadi. Bu mashqlarda harakat faoliyatining standart dasturi yo’qligi sababli, miyaning ijodkor faoliyatiga yuqori talablar qo’yiladi. Vaqtning tig’izligi sharoitida axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, u miyaning yuqori o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lishini talab qiladi. Sportchi hozirgi holatni baholabgina qolmasdan, bo’lish mumkin holatni ham taxminlay olishi, ekstrapolyatsiya qobiliyati rivojlangan bo’lishi kerak.
Zarba berish va tashlash (to’pni, shaybani) harakatlarini bajarganda, harakatning asosiy ishchi fazasi sekundning o’ndan va yuzdan bir ulushlarida bajariladi. Bu bo’ladigan harakatga sensor tuzatish kiritishga imkon bermaganligi sababli, barcha harakatlar avvaldan juda aniq dasturlangan bo’lishi kerak. Harakatlanish dasturi va sportchining harakat malakalari - harakatlarning bajarish sharoitini o’zgarishga ko’ra uzluksiz o’zgarib turishi kerak (jarima tashlashlari va zarbalar yuqoridagi qoidalarga mos kelmaydi). Vaziyatli faoliyatning barcha shartlari nerv markazlarining qo’zg’aluvchanligi va labilligi hamda nerv jarayonlarining kuchli va harakatchan darajada bo’lishini talab qiladi. Bu sport turlari bilan shug’ullanayotgan sportchilar ichida xolerik va sangviniklar ko’p uchrab, ular xalaqit qiladigan nerv-emotsional zo’riqishga chidamli bo’ladi. SHuningdek, ularning aqliy mehnat qobiliyatchanligida o’ziga xos belgilar - operativ fikrlashning rivojlanganligi, diqqatning katta hajmdaligi va kontsentratsiyalanganligi, jamoaviy o’yinlarda diqqatni taqsimlash, aniq qaror qabul qilish qobiliyati, xotiradagi taktik kombinatsiyalarini va harakat malakalarini tez ishga solish taktik vazifasini samarali yechishga imkon beradi.
Bunday mashqlarni bajarilishda sensor tizimlarning ayniqsa, ko’rish va eshitish sezgisining ahamiyati juda katta. Vaziyatli mashqlarni bajarayotganda markaziy ko’rishni, (to’pni tashlash, boksda zarba berish va boshq.) shuningdek periferik ko’rishning (maydonni, ringni mo’ljallash) ahamiyati katta. Uchib ketayotgan to’pni, raqib o’yinchilarni va o’z sheriklarining harakatlarini aniq qabul qilish uchun sportchilarni ko’rish o’tkirligi va chuqurligi yaxshi bo’lishi kerak, jamoaviy o’yinlarda esa o’yinchilarning ko’rish doirasini keng bo’lishi talab qiladi. Makon va zamonni mo’ljallash uchun eshitish tizimining ahamiyati katta.
Harakatning keskin o’zgarishi, burilishlar, yiqilishlar va to’p otishlar vestibulyar
tizimni kuchli qo’zg’atadi. SHu sababli yuqori vestibulyar chidamlilikni talab qiladi. Vaziyatli sport turlari bilan shug’ullanish natijasida harakat sezgi tizimi
proprioretseptorlarning sezuvchanligi sport turida ahamiyatli bo’g’imlarda, basketbolchilarda bilak, qo’l panja bo’g’imida, futbolchilarda esa boldir oyoq
bo’g’imida ortadi.
Vaziyatli mashqlar bilan shug’ullanish natijasida skelet muskullarining qo’zg’aluvchanligi va labilligi ortadi, turli xil muskul guruhlarining tezlik imkoniyatlari yaxshi sinxronlanishi sportchiga aniq va tez harakatlarni bajarishga
imkon beradi. Kuch va tezlik-kuch qobiliyatining rivojlanishi aniq va keskin zarba
va tashlashlarni bajarishga yordam beradi. Yaxshi egiluvchanlik va chidamlilik (masalan, kurashda) ham talab qilinadi.
Vaziyatli mashqlarning energiya sarfi tsiklik mashqlarga nisbatan kamroq. Maydonning kattaligi, o’yinchilar soni, harakat jadaligi, har bir sport turida o’zgarib turishiga qarab, aerob va anaerob jarayonlarning energiya hosil qilishda ishtirok etishi bo’yicha ham farqlanadi. Masalan, voleybolda aerob, futbolda aerob-anaerob va shaybali xokkeyda anaerob energiya hosil qilish ustunlik qiladi. Jismoniy yuklama quvvatining o’zgarib turishi ko’p hollarda organizmning kislorodga bo’lgan talabni ish vaqtida qondirilishini ta’minlab, kislorod qarzining kattaligini pasaytiradi.
Vegetativ funktsiyalarning ko’rsatkichlari vaziyatli mashqlarni bajarganda yuklama ta’siridagi o’zgarishlarning darajasidan ko’ra, ishning quvvatiga mos kelishi ahamiyatliroq hisoblanadi. Yurak urishlar soni o’zgaruvchan bo’lib, asosan
minutiga 130 tadan 180-190 ta, nafas harakatlari minutiga 40 tadan 60 ta orasida
to’lqinlanib turadi.
Yurakni sistolik va minutlik sig’imlari, nafas harakatlarining chuqurligi, nafasning minutlik sig’imi, vaziyatli mashqlar bilan shug’ullanuvchilarda tsiklik sport turlari bilan shug’illanuvchi sportchilarga qaraganda ozroq bo’ladi. Katta hajmdagi energiya sarfi va ish vaqtida suvni ko’p yo’qotish sportchining tana og’irligi musobaqadan so’ng 1-3 kg kamayishiga olib keladi.
Download 47.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling