Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar reja


Jismoniy mashqlarning hozirgi vaqtdagi turlanishi


Download 47.14 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi47.14 Kb.
#1387561
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar

Jismoniy mashqlarning hozirgi vaqtdagi turlanishi.
Hozirgi vaqtda ko’pchilik jismoniy mashqlarni V.S.Farfel (1970) tomonidan taklif qilingan turlashidan foydalaniladi. Bunda jismoniy mashqlarni xilma-xilligini hisobga olib turlashning har xil o’lchovlaridan foydalaniladi.
Tana holati - poza: yotish, o’tirish, tik turish, ko’llarga tayanish.
Harakatlar:
1. Standart (steriotip) harakatlar
a) sifati ahamiyatli (balllarda baholanadi);
b) miqdori ahamiyatli (kg,m,s. da baholanadi).
Siklik
Mashq quvvatining zonalariga ko’ra:
Maksimal, submaksimal, katta, o’rtacha
Atsiklik
Kuchli, tezlik-kuchli, nishonlik
2. Vaziyatli (nostandart) harakatlar
sport o’yinlari, yakka olishuvlar, krosslar
Barcha sport mashqlari dastlab tana holati (poza) va harakatlarga bo’linadi. Keyin barcha harakatlar standart yoki stereotip va nostandart yoki vaziyatli harakatlarga bo’linadi. Standart harakatlar, o’z navbatida, sport natijalarni bajarish sifatiga ko’ra baholanadigan mashqlar (ballarda baholanadi – gimnastika, figurali uchish, suvga sakrash va boshq.) va miqdoriy baholanadigan mashqlarga (kg, metr, sekundda baholanadi) bo’linadi. Miqdoriy mashqlar tarkibiga, ko’ra atsiklik va tsiklik mashqlarga bo’linadi. Atsiklik mashqlar kuchli (og’ir atletika), tezlik-kuchli (sakrash, uloqtirish) va nishonga olish (o’q otish) mashqlarga bo’linadi. TSiklik mashqlar ishni eng ko’p bajara olish vaqtiga ko’ra nisbiy quvvat zonalariga bo’linadi:
Maksimal quvvatli mashqlar 10-30 sekund davom etadi; submaksimal quvvatli mashqlar 30-40 sekunddan 3-5 minutgacha davom etadi; katta quvvatli mashqlar 5-6 minutdan 20-30 minutgacha davom etadi; o’rta quvvatli mashqlar 30- 40 minutdan bir necha soatgacha davom etadi.
Sport pozalari va statik yuklamalarga fiziologik tavsifnoma
Odamning harakat faoliyati tana holatini ushlab turish va turli harakatlarni
bajarish orqali ko’rinadi. Poza (tana holati)-skeletning ma’lum qismlarini aniq bir holatda ushlab turish. Bunda talab qilingan burchak yoki muskullarning kerakli darajadagi kuchlanishi ushlanadi.
Pozani ta’minlashda skelet muskullari ikki shakldagi mexanik reaktsiyalarni:
tonik qisqarish (pozani imkoniyat darajasida stabil ushlash) va fazoviy (tetanik) qisqarish (pozani talab qilingan holatdan sezilarli o’zgarishini qaytarishda) amalga
oshiradi. Sport faoliyati davridagi tananing asosiy holatlariga quyidagilar kiradi:
yotish - suzish, o’q otish; o’tirish - eshkak eshish, avto, moto, velosport, ot sport va
boshqalar; tik turish - og’ir atletika, kurash, boks, qilichbozlik va boshqalar; qo’llarga tayangan xolda - osilish, turish, tiranish. Yotganda muskullarning kuchayishi minimal darajada bo’ladi. O’tirganda bo’yin va gavda muskullari kuchlanishi talab qilinadi. Tik turganda tananing og’irlik markazini yuqorida joylashganligi va tayanch yuzasini kichikligi sababli tananing orqa yuzasida joylashgan yozuvchi muskullarning gravitatsiyaga qarshi sezilarli kuchlanishi kerak. Qo’llarga tayanish pozasi eng murakkab tana holatlari hisoblanadi. Osilish va tiranishda koordinatsiya uncha murakkab emas, biroq muskullarni katta kuch bilan qisqarishi talab qiladi (masalan, kolьtsada krest ushlash). Eng murakkabi qo’llarda tik turish hisoblanadi. Bunday mashqda qo’l muskullarini kuchli bo’lishidan tashqari tayanch yuzasining ozligi, boshni pastga qaraganligi koordinatsiyaning yaxshi bo’lishini talab qiladi. Harakat faoliyati uchun to’g’ri tashkil qilingan pozaning ahamiyati juda katta. U har qanday harakatning asosi hisoblanadi, ishlayotgan muskullarga tayanch bo’lib xizmat qiladi, zarur vaqtida bo’g’imlarni qotiradi. Poza odam tanasini tik holatda ushlab, antigravitatsion funktsiyani bajaradi, odamni yiqilib ketishidan saqlaydi. Pozalar ham harakatlar kabi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’ladi. Ixtiyoriy poza miya katta yarim sharlarining po’stlog’i orqali amalga oshadi. Tana holati reaktsiyalari avtomatlashgandan keyin, ko’p pozalar ixtiyorsiz, ongning ishtirokisiz amalga oshadi. Ixtiyorsiz pozalarni tashkil qilishda shartli va shartsiz reflekslar ishtirok etadi. Pozani ta’minlovchi maxsus statik va statokinetik reflekslar uzunchoq va o’rta miyalar ishtirokida amalga oshadi.
Ishchi poza bo’ladigan faoliyatni ta’minlaydi, ish oldi pozasi esa bo’ladigan harakatga tayyorlanish uchun kerak bo’ladi. Qulay pozada odamning mehnat qobiliyatchanligi ortadi, noqulay pozada esa ishning samaradorligi pastlaydi. Masalan, stendda tik turib o’q otish mashqlarini bajarishda tajribali sportchilar tana
skeletining qismlariga yuklamani taqsimlaganda, gavda muskullarining elektr faolligi minimal darajada bo’ladi. Bunday holatda sportchilar uzoq vaqt charchamay tik tura oladilar. Tajribasiz sportchilarda esa noqulay pozada ishlashi muskullarning sezilarli zo’riqishi sababli, charchashni tez rivojlantirib, o’qning nishonga aniq tegishini kamaytiradi. Odam harakatsiz pozada ishlaganda, statik ish bajaradi. Bunday sharoitda muskullar izometrik rejimda qisqarib ishning qiymati nolga teng bo’ladi. Biroq fiziologik nuqtai nazardan odam ma’lum bir darajada ish bajarib, energiya sarflaydi, charchaydi va uni ishning davomliligi bilan baholanadi. Sportda statik ish muskullarning katta kuchlanishi orqali bajariladi. Markaziy nerv tizimida (po’stloqni motor zonasida) statik ish vaqtida qo’zg’alishning kuchli o’chog’i paydo bo’lib, ishchi dominantani yuzaga kelishi boshqa nerv markazlari ayniqsa, nafas va yurak markazlariga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi. Bu ishda dinamik ishdan farqli o’laroq, nerv markazlarining faolligi to’xtovsiz davom etganligi uchun statik kuchlanishlar og’ir ish hisoblanib, uzoq davom etaolmaydi. Sportchilarning bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida nerv markazlarining xususiy o’zaro bog’liq tizimlarining faollashuvi yetarli darajada statik zo’riqish yuzaga kelganda, masalan, shtangichilar maksimal ixtiyoriy kuchining 70-80% dan kam bo’lmagan shtangani ko’targanda sodir bo’ladi. SHuning uchun ham chiniqish mashg’ulotlarida maksimal va maksimaloldi yuklamalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Harakat apparatida statik ish vaqtida muskullarning uzluksiz faolligi kuzatiladi. SHu sababli, yuklama bir xil bo’lishiga qaramasdan statik ish dinamik ishga nisbatan og’irroq bo’lganligi uchun muskullar tez charchaydi. Statik
zo’riqishlar maksimal ko’rsatkichiga nisbatan 7-8% dan ortmasa muskullardagi qon aylanishi ular uchun yetarli miqdorda kislorodni yetkazib beradi. 20% li statik
zo’riqish muskuldan oqayotgan qon miqdorini 5-6 martaga kamaytiradi, 30% dan
ortib ketganda muskullarda qon oqishi mutlaqo to’xtaydi.
Xozirgi vaqtda statik ish vaqtida muskullardagi arterial qon bosimi 400-500 mm.sim.ust. ko’tarilishi aniqlangan, bu ko’rsatkich qon oqishiga periferik qarshilikni yengish uchun zarur bo’ladi. Biroq, muskuldan qon oqishi mutlaqo
to’xtab qolganda ham, undagi kislorod zahiralarini borligi va anaerob energiya
manbalari mavjudligi hamda ishni qisqa vaqt davom etganligi sababli ish surati
pastlamaydi.
Vegetativ funktsiyalar o’zgarishini statik zo’riqishlar fenomeni bilan tushuntiriladi. Statik zo’riqish vaqtida o’pkaning tiriklik hajmi, minutlik sig’imi, nafas harakatlari chuqurligi kamayadi, yurak urishlar soni va kislorod iste’moli pasayadi, ishdan keyin bu ko’rsatkichlarning keskin ortishi kuzatiladi. Bunday samaralar statik yuklamalarga chiniqmagan sportchilarda kattaroq ko’rinadi, ishga adaptatsiyalangan sari kamroq namoyon bo’ladi. Tovush yorig’i berk holda nafasni
ushlab turish, qorin bo’shlig’ida bosimni orttirish gavdaga kuchli asos bo’lib, skelet muskullarini kuchini orttiradi.

Download 47.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling