Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar reja


Download 47.14 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi47.14 Kb.
#1387561
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar


Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar
REJA

  1. Biomexanika fani predmeti

  2. Biomexanika fanining rivojlanish tarixi



Biomexanika fani predmeti
Biomexanika kursi 1958- yildan boshlab jismoniy tarbiya oliygohlarining o'quv dasturiga, 1994- yildan esa Olimpiya zaxiralari kollejlari ocquv dasturiga kiritilgan. Bu fanni o'qitishdan maqsad — kollej talabalarini jismoniy mashqlar biomexanikasi asoslari bilan tanishtirishdan, jismoniy mashqlarni to'g'ri va samarali bajarish uchun zarur bo'lgan bilim berishdan, sportda erishiladigan natijalarni oshirish va jismoniy tarbiya berishdan iborat.
Odam butun hayoti davomida tashqi muhit bilan doirno" muloqotda bo'ladi. Tashqi muhit odam organizmiga, odam organizmi esa, o'z navbatida, tashqi muhitga ta'sir ko'rsatadi. Bunda, odam tanasining harakatlari muhim rol o'ynaydi. Bu esa odam tanasining harakatlarini biomexanika jihatidan o'rganishga alohida e'tibor berishni talab qiladi.
Biomexanika — tirik sistemalarning mexanik hara­katlarini o'rganuvchi fan hisoblanadi. Tirik organizm-larga - butun bir organizm, masalan, odam tanasi, uning ayrim organlari, to'qimalari, organizm ichidagi suyuqliklar va gazlar, organizmlar birlashmasi (masalan, hamkorlikda mashq bajarayotgan akrobatlar, kurash tushayotgan kurashchilar) kiradi.
Jismoniy mashqlar biomexanikasi haqidagi hozirgi tushunchalar: biologiya, mexanika va jismoniy tarbiya nazariyasiga asoslangan. Shu boisdan har bir talaba biomexanika kursinr yaxshi o'zlashtirishi uchun sportchi tanasining harakatlarini mustaqil biomexanik tahlil qila olishi, sport texnikasini o'rganishda oez malakasini oshirishi lozim bo'ladi.
Sport biomexanikasi odam tanasi jismoniy mashqlar bajarishi vaqtida yuzaga keladigan harakatlarni o'rganadi. Harakatlarning o'zinigina o'rganib qolmasdan, balki ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni ham o'rganadi. Harakatlar sabablarini o'rganishda, ayniqsa, biologik va mexanik sabablarga katta ahamiyat beriladi.
Biomexanika kursi odam harakatlarining nechog'lik murakkabligini va ular ma'lum qonunlarga bo'ysunishini ko'rsatadi.
Ushbu fan biologiya fanlari qatoriga kiradi va o'quv predmeti sifatida tarbiyaviy yo'nalishga ega.
Jismoniy mashg'ulotlar biomexanikasi haqidagi hozirgi tushunchalar biologiya, mexanika va jismoniy tarbiya nazariyasiga asoslangan. Shu boisdan har bir talaba biome­xanika kursini yaxshi o'zlashtirishi uchun sportchi tanasining harakatlarini mustaqil biomexanik tahlil qila olishi, sport texnikasini o'rganganda o'z malakasini oshirishi lozim bo'ladi. Buning uchun talabalar biomexanikadan faqat ma'ruza eshitish bilan cheklanib qolmay, balki laborato-riyada bevosita amaliy ish bajarishi ham kerak.

Download 47.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling