Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi


Jismoniy mashqlar biomexanikasi (JMB) va uning rivojlanish tarixi


Download 90.5 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1483189
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi faninig maqsad va vazifalari (2)11

Jismoniy mashqlar biomexanikasi (JMB) va uning rivojlanish tarixi. Biomexanika – tirik organizm to‘qimalari, a'zolari va tizimlarining mexanik xususiyatlari va hayot faoliyati jarayonlari bilan birga o‘tuvchi mexanik hodisalar to‘g‘risidagi fan.
Sport biomexanikasi – o‘quv fani sifatida jismoniy mashqlar jarayonida odamning harakatlarini o‘rganadi. U, sportchi harakatlarini bajarishini o‘zaro bog‘liq, faol harakatlar tizimi sifatida ko‘rib chiqadi (bilish ob'ekti). Bunda, harakatlarning mexanik va biologik sabablarini hamda ularga bog‘liq ravishda, turli sharoitlardagi harakatlarni tadqiq qiladi (o‘rganish sohasi).
Odamning mexanik harakatlari mazmunini va rolini tushunish uchun harakat to‘g‘risidagi umumiy va xususan, organizmlarning harakat to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqish lozim.
Harakat – materiyaning yashash shakli sifatida, dunyo kabi turli- tumandir.
Materiyaning rivojlanishida jonsiz materiyadan jonliga, jonli materiyadan ongli, fikr yurituvchiga qarab, uning tashkiliyligini yuksak darajalari shakllangan. Ularning har biri uchun yashash va rivojlanishning murakkab xususiyatlari va qonuniyatlari xarakterlidir. Materiya xarakatlarining oddiy shakllari mexanik, fizik va kimyoviy bo‘lsa, murakkab, yuksak shakllari biologik va ijtimoiydir (jamoatchilik munosabatlari, tafakkur).
Harakatlarning har bir murakkab shakli, har doim ham ancha oddiy shakllarini o‘z ichiga qamrab oladi. Mexanik harakat eng oddiy shakl bo‘lib, u hamma joyda mavjud. Lekin, harakat shakli qanchalik yuqori bo‘lsa, mexanik shaklinig ahamiyati shunchalik past bo‘ladi. Demak, harakat har bir bosqichda mos ravishdagi ancha yuqori shakli bilan sifat jihatdan tavsiflanadi. Shunday qilib, yuksak shakllarning har biri shaxsiy sifat xususiyatiga ega va tuban shakllarga yaqinlashmaydi. Shu bilan birga, yuksak shakllar tuban shakllar bilan uzviy bog‘langan.
Biomexanika tomonidan o‘rganiladigan odamning harakatlarni bajarishi, o‘z ichiga mexanik harakatlarni oladi. Aynan mexanik harakatlar, odamning harakatlarni bajarishdagi bevosita maqsadni o‘zida mujassam qiladi (o‘zining yurishi, snaryadni harakatlantirish va h.k.). Lekin, mexanik harakatlanish, harakatlarning bajarilishida ancha yuksak shakldagi harakatlarni belgilovchi darajadagi ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun, biologik mexanika jonsiz jismlar mexanikasiga nisbatan kengroq va ancha murakkab hamda sifat jihatidan farq qiladi.
Har qanday ilm sohasining vazifalari uning mazmunini – nazariyasi va usullarini belgilaydi. Nazariya va usullar ushbu vazifalarni yechish uchun ishlab chiqariladi. Umumiy vazifa, ta'limot sohalarining barchasini butunligicha qamrab oladi, xususiy vazifalar esa, o‘rganilayotgan hodisalarning aniq masalalarini o‘rganishda muhimdir.
Sport biomexanikasida inson harakatlarini o‘rganishning umumiy vazifasi - qo‘yilgan vazifaga ancha mukammal erishish uchun kuchni ishlatish samaradorligini baholashdan iborat.
Sport biomexanikasida harakatlarni o‘rganish, oxir oqibat, harakat amallarini mukammal usullarini topish va ularni yaxshiroq bajarishni o‘rganishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun ham, u, yorqin namoyon bo‘lgan pedagogik yo‘nalishga ega. Harakat amallarining ancha mukammal usullarini ishlab chiqishni boshlashdan avval, ularning mavjudlarini baholash zarur. Bundan, o‘rganilayotgan harakat amallarini bajarish usullarining samaradorligini aniqlash vazifasi kelib chiqadi. Ularning samaradorligi nimalarga bog‘liqligini, ularni qanday sharoitlarda va qanday yaxshiroq bajarish kerakligini bilish zarur. Buning uchun, ularning mukammallik darajasini, qo‘yilgan maqsadlarga harakatlarning mos kelishi sifatida baholash kerak. Biomexanika “harakatlar va kuchlanishlardan olingan mexanik energiya, qanday qilib amalda qo‘llanish holatiga o‘tishi mumkin” ekanligini tadqiq qiladi. Sportda, ushbu asosiy vazifani eng to‘liq yechimini topishga, ilmiy asoslangan mashq jarayonlarini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan material imkoniyat beradi.
Sport biomexanikasining xususiy vazifalari quyidagi asosiy vazifalarni o‘rganishdan iborat: 1) sportchi gavdasining tuzilishi, xususiyatlari va harakat funksiyalari; 2) ratsional sport texnikasi; 3) sportchini texnik jihatdan takomillashuvi.
JMB umumiy biomexanikaning yutuqlariga bog‘liq ravishda XX asrning 70 – yillaridan boshlab keskin rivojlana boshladi. Biomexanikani mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga ma'lum bir sharoitlar imkon yaratgan. Bular quyidagilar: fizika va biologiya fanlari sohasida bilimlarning to‘planishi; harakatlarni o‘rganish usullarining mukammal va murakkab majmualarini ishlab chiqish hamda ularning tuzulishini yangicha tushunish imkoniyatini bergan ilmiy – texnik taraqqiyotning kuchayishi.
Biomexanikaning paydo bo‘lishiga mexanikani, ayniqsa Galiley va Nyuton davridan boshlangan uning yangi yo‘nalishi kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Ulardan ilgari Leonardo da Vinchi “mexanika fani barcha fanlarga nisbatan olijanob va foydaliki, harakatlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan barcha jonli jismlar uning qonunlari bo‘yicha harakat qilar ekanlar” deb ta'kidlangan. Nazariy mexanika, mexanik harakatlarning barcha asosiy qonunlarini o‘z ichiga oladi. Gidro – va aerodinamika, materiallarning qarshiliklari, reologiya, mexanizmlar va mashinalar nazariyasi kabi mustaqil fanlarning umumiy mexanika asosida olingan ma'lumotlari biomexanikada foydalana boshlangan.
D.Borelli (vrach, metematik, fizik) o‘zining “Hayvonlarning harakatlari to‘g‘risida” nomli kitobi (1679) bilan biomexanikaga fan sifatida asos solgan. Biologik fanlar ichida anatomiya va undan ajralib chiqqan (XVI – XVII asr) fiziologiya fanlarining ma'lumotlari boshqa fanlarnikiga nisbatan ko‘proq foydalanilgan. Undan so‘ng, funksional anatomiya va, ayniqsa, zamonaviy fiziologiyadagi nervizm g‘oyasi biomexanikaga katta ta'sir ko‘rsatgan. Shunday qilib, biomexanikaning rivojlanishida asosiy bo‘lgan mexanik, funksional – anatomik va fiziologik yo‘nalishlar shakllangan va hozirgi vaqtda ham mavjud.
N.A.Bershteynning tadqiqotlari harakatlarni boshqarishning o‘ta muhim prinsipini aniqlash imkonini bergan. Harakatlarni boshqarish quyidagilar vositasida amalga oshiriladi: 1) asab tizimi impulslarini harakatni bajarish sharoitlariga qarab aniq borishi yo‘li; 2) harakat vazifalaridan chetga chiqishni bartaraf qilish (korreksiya). N.A.Bershteynning neyrofiziologik konsepsiyasi odam harakatlarini o‘rganishda biomexanikaning zamonaviy nazariyasini shakllanishiga asos bo‘lgan.
Adabiyotlar




  1. Download 90.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling