Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi
Download 90.5 Kb.
|
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi faninig maqsad va vazifalari (2)11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salimatlikni mustahkamlash va ish qobilyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Sport pedagogik nazorat mazmuni va metodlari
- Jismoniy mashqlar biomexanikasi va uning rivojlanish tarixi Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi
Sport pedagogik nazorat mazmuni va metodlari. Jismoniy mashqlar fiziologiyasi faninig maqsad va vazifalari, Reja:
Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi. Salimatlikni mustahkamlash va ish qobilyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Sport pedagogik nazorat mazmuni va metodlari Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta’siri. Organizmning fiziologik qo’ri (rezervlar). Jismoniy mashqlar biomexanikasi va uning rivojlanish tarixi Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi. Fan va texnika muvafaqqiyatlarni qulga kiritayotgan hozirgi paytda kundalik turmushga jismoniy tarbiya, sport turlari bilan shug’ullanish keng ko’lamda singib bormoqda, bu borada har xil musobaqalar, belashuvlar o’tkazish ommaviy tus olmoqda. Jismoniy tarbiya, sport mashqlari bilan samarali shug’ullanish uchun esa o’qituvchi, murabbiyning sport fiziologiyasidan tegishli ma'lumotlarga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ulanishining fiziologik asoslari yoki sport fiziologiyasi odam fiziologiyasini tarkibiy qismi bo’lib, u faol harakat qilish, jismoniy ish, jismoniy mashqlar, alohida sport turlari bilan shug’ullanishning tana a'zolari, tizimlari va bir butun organizimga ta'sirini o’rganadi. Jismoniy hatti-harakatlar bilan shug’ullanish kishining yoshiga, jinsiga, shug’ullanuvchining jismoniy tayyorgarlik darajasiga, ob-havo va boshqa bir qator tabiiy omillarga yaqindan bog’liq bo’lib, ularga amal qilish mashq qilishning muvofiq bo’lishi samaradorligini kafalotlaydi. Inson organizimidek murakkab va mukammal tuzilgan tizim bo’lmaganidek, uning hayotiy faoliyati, jumladan jismoniy qobilyati, imkoniyatlari ham juda keng va serqirradir. Bularni o’rganishda qanchalik ko’p muvaffaqiyatlar qo’lga kiritilmasin odam tanasining jismoniy nuqtai nazardan noma'lum sirlari hali juda ko’p, ularni olishda mashq turlarini fiziologik jihatdan klassifikatsiyalashni, kuch, tezlik, chaqqonlik va yepchilikning funksional xarakteristkasini mashq qilishning fiziologik xususiyatini, ko’p mashq kilganlikning salbiy oqibatlari, boshqa shunga o’xshash holatlarni to’liqroq muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan maqsadga muvofiq ravishda shug’ullanishda odam tanasining fiziologik qonun qoidalarini bilish muhim ahamiyatga ega. Bajaraladigan har qanday jismoniy ish, muskul harakati tanadagi barcha tizim va a'zolar funksiyasiga faol ta'sir qiladi. Masalan, oddiy haraktlar-yurish, chopish, sakrash, qo’l mehnati va hokazolar yurak urishi, nafas olish, moddalar almashinuvi, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon-ichak tizimi funksiyasi kabi tiriklik faoliyatilarni tezlashtiradi. Og’ir jismoniy mehnat qilishda esa kuzatiladiganbunday o’zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu holat organizm uchun befarq bo’lmaydi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish zaminida sog’lik va salomatlikni muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish, halqlar va davlatlar o’rtasida do’stlik munosabatlari o’rnatish va mustaxkamlash kabi tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul harakati tanadagi barcha tizim va a'zolar funksiyasiga faol ta'sir qiladi. Masalan, oddiy harakatlar-yurish, chopish, sakrash, qo’l mehnati va hokazolar yurak urishi, nafas olish, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon ichak tizimi funksiyasi kabi tirklik faoliyatini tezlashtiradi. Og’ir jismoniy mehnat qilishda esa kuzatiladigan bunday o’zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu holat organizm uchun befarq bo’lmaydi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi zaminda sog’liq va salomatlikni muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish, halqlar va davlatlar o’rtasida do’stlik munosabatlarini o’rnatish va mustahkamlash kabi tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul faoliyatining organizm tizim va a'zolari faoliyatiga ta'sir qilish sirlarini o’rganish bu sohadagi har bir o’qituvchi murabbiyning asosiy vazifalaridan biridir.Bu narsalarni o’rganish esa jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmunini tashkil qiladi. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslarini o’rganish usullarini haqida gapirganida shu narsani aytish lozimki, odam fiziologiyasini o’rganishdagi asbob-uskunalar, apparatlar, jihozlarning ko’pchiligi muskul faoliyatining organizimga ta'sirini qayd qilishda ham qo’llaniladi. Bularga asosan stefondoskop, sfigmomonometrlar yordamida yurak urishi va qon bosimini o’lchash, spirometr orqali nafas olishni qayd qilish, Goryaev usulida qon shaklli elementlarini sanash, Sali usuli bilan qonda gemoglabinni hisoblash, Penchenko apparati yordamida eritrotsitlarning cho’kish reaksiyasini aniqlash, EKG yozib olish, Ensefalograf bilan miya biotoklarini qayd qilish, dinamometrlar bilan qo’l, oyoq, tana kuchlarini o’lchash va boshqalar kiradi. Keyingi yillarda fotometrik, telemetrik, rentgenoskopiya usullar sport fiziologiyasida keng qo’llanilmoqa hamda kompyuter texnikasidan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Jismoniy ish, har xil jismoniy mashqlar va badantarbiyaning odam organizmiga ta'sir qilishi haqidagi ma'lumotlar dastlab Aristotel asarlarida uchraydi. U nihoyatda og’ir yoki yengil gimnastika mashqlari bilan shug’ullanish jism-u jasadning kuchsizlanishiga olib keladi deb yozib qoldirgan. Buyuk mutafakkir va qomusshunos olim Abu Ali ibn Sino o’zining ko’p tomlik «Tib qonunlari»da «Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish-salomatlikni saqlash va mustahkamlashda ulug’ ishdir» deb ta'kidlagan. U birinchi bo’lib, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishda yosh, kasb, jins, organizmning funksional holati, ob-havo sharoitlariga e'tibor qilishni asosli ravishda tavsiya qiladi. Olim o’z asarlarida badantarbiya mashqlari bilan qachon shug’ullanish mumkin-u, qachon mumkin emasligini organizmning funksional holatlariga ko’ra aniq belgilab bergan. Masalan, to’yib ovqatlanishdan keyin va och qoringa jismoniy mashq bajarish organizm uchun foyda keltirmasdan, balki zarar keltirishini, eng yaxshisi yeyilgan ovqat tanaga singganidan keyin, navbatdagi ovqatlanish vaqti kelguniga qadar bunday faoliyat ko’rsatish ma'qulligini e'tirof qilgan. Buyuk bobokalonimiz «Tib qonunlari»da jismoniy mashqlarning bola organizmiga ta'sir qilishi juda sezilarli ekanligini, mashq qilishda bolaning yoshi, jismoniy va ruhiy holatlarini hisobga olish kerak degan dono fikrni birinchi bo’lib aytgan. Abu Ali ibn Sino jismoniy mashqlarni odam organizmi funksional xususiyatlariga ta'sir qilishiga ko’ra oltita guruxga bo’lib chiqkan: Tez bajariladigan harakatlar, bularga yurish, bir oyoqda sakrab harakat qilish, qilichbozlik, nayza irg’itish, kamondan o’q otish, mushtlashishlar kiradi. O’rtacha tezlikda bajariladigan harakatlar, bularga kurash tushish, og’irlik ko’tarish, chavgan o’ynash kabi jismoniy mashqlar kiradi. yengil va nafis harakatlar, bularga qayiqda, kemada sayr qilish, beshik va arg’umchoqda chayqalish, tebranishlar kiradi. Juda sekin harakatlar, bularga ot, tuya va aravada sekinlik bilan sayr qilishlar kiradi. Harakatning maxsus turlari, bularga qo’l va oyoqlar bilan har xil harakatlar qilish, nafas olish a'zolari yoki butun tanani harakatga keltirish kabi faoliyatlar kiradi. Tog’larga sayr qilish, o’zga mamlakatlarga safarga chiqish va boshqalar. Muskul faoliyatining odam va hayvonlar organizmiga ta'siri haqida fikr yuritish, tajriba va kuzatuvlar ancha oldinroq olimlar va tadqiqotchilar e'tiborini tortib kelgan bo’lsada, bu boradagi izlanishlar sobiq ittifoqda asosan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.ye.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy, L.A.Orbelilarning ilmiy merosiga suyanib olib borildi va dastlabki amaliy natijalarga XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab erishildi. Sport fiziologiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishida A.N.Krestovnikovning (1885-1955) xizmatlari katta. Uning 1939 yilda yozilgan «Sport fiziologiyasi» va 1951 yilda yozilgan «Jismoniy mashqlar fiziologiyasidan ocherklar» kitoblari jismoniy tarbiya va sport nazariyasini yaratishda ilmiy asos bo’lib xizmat qildi. U o’z shogirdlari bilan harakat malakasining fiziologik mexanizmini ilk bor tushuntirib berdi. Shundan keyin jismoniy tarbiya institutlarida, universitetlarida va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlarida tashkil qilingan fiziologiya kafedralarida jismoniy mashq qilishning kishi organizmi har xil funksiyalariga ta'sir qilishini ilmiy asosda o’rganish bo’yicha faol ish olib borildi. Odam fiziologiyasi kursining barcha boblarini jismoniy tarbiya nuqtai nazaridan tahlil qilishda professor N.V.Zimkinning uch marta (1964, 1970, 1975 yillar) nashr qilingan odam fiziologiyasi darsligi muhim hissa qo’shdi va ularda sport fiziologiyasining zamonaviy ruhda yoritilishiga ham yetarli darajada e'tibor berilgan. Keyingi 50 yil ichida Odam fiziologiyasining turli sohalarida muskul faoliyati va sport bilan shug’ullanish tufayli kuzatiladigan o’ziga xos jarayonlarni o’rganishda Sobiq Ittifoqda va Mustaqil Hamdo’stlik Davlatlar Ittifoqiga kiruvchi Respublikalarda bir qator olimlar va tadqi-qotchilar tomonidan diqqatga sazavor ishlar olib borildi va olib borilmoqda. Bularga misol qilib N.V.Zimkin, Ya.M.Kots, A.V.Korobkov, V.S.Farfel (muskul ishi va jismoniy harakatning sifat ko’rsatgichlarida fiziologik tizim ishtirokini o’rganish) N.A.Bernshteyn, ye.B.Sologus, A.Ya.Yarotskiy (harakatning boshqarilishi, nerv tizimi va sezgi a'zolarining faoliyatiga jismoniy mashqlar ta'sirini o’rganish), V.V.Vasileva, A.G.Dembo, V.L.Karpman, K.M.Smirnov, V.V.Smirnov, V.V.Mixaylov (jismoniy ishning yurak- qon tomirlari va nafas olish tizimi faoliyatiga ta'sirini o’rganish) A.A.Viru, V.Ya.Rusyan, N.N.Yakovlev (jismoniy mashqlarning endokrin bezlar faoliyatiga ta'sirini o’rganish), T.I.Svistun, Z.T.Tursunov, K.R.Raximov, Sh.Q.Qurbonov (ovqat hazm qilish a'zolari faoliyati va moddalar ham energiya almashinuviga jismoniy mashqlar ta'sirini o’rganish) ishlarini olish mumkin. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling