Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi
Salomatlikni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati
Download 90.5 Kb.
|
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi faninig maqsad va vazifalari (2)11
Salomatlikni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o’rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakat qilishni taqoza qiladi. Bunday bog’lanish inson paydo bo’lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo’lib evolyusion yo’l bilan mustahkamlangan. Shu sababli harkat faqat yashash uchun kerak bo’lib qolmasdan (ovqat topib yeyish, dushmandan o’zini himoya qilish, noqulay omillardan muhofazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki a'zolarning ham me'yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan. Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning toboro keng ko’lamda qo’llanilishi insonning bevosita harakat qilishini ancha-muncha cheklab qo’ydi.
Faol harakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha a'zolarning me'yoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan harakat qilib turish sharoitdagina o’z funksiyalarini to’liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi lozim. Faol harakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini ham tegishli ravishda ta'minlaydi. Hozirgi paytda shu narsa ilmiy ravishda asoslanganini arterial qon bosimining yuqori bo’lishi (gipertoniya), miokard infarkti, asab tizimining qator xastaliklari (nevroz, nevrosteniya, deprissiya va boshqalar), o’t va siydik yo’llarida tosh paydo bo’lishi kabi «zamon kasalliklari» ko’pincha jismimizning harakatga «to’ymasligi»dan kelib chiqadi. Aytib o’tiladigan kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning aksariyat qismi o’tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlari, ilmiy xodimlar, pult boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rahbarlar va boshqalar) shug’ullanishligi aniqlangan. Yuqorida qayd qilingan kasb egalarining doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki maxsus sport seksiyalarida shug’ullanishi eslatib o’tilgan xastaliklarning chekinishiga, salomatliklarining mustahkamlanishiga olib kelgan. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan muntazam ravishda shug’ullanish ish qobiliyatining oshishiga, mehnat unumdorligining yuqori bo’lishiga olib keladi. Bu fikrni ham ko’pgina misollar bilan tasdiqlash mumkin. Tikuvchilik fabrikasida monoton (bir xil) mehnat qiladiganlarning vaqti-vaqti bilan (har ikki soatda) maxsus badantarbiya mashqlari bajarib turganlari ishlab chiqarish unumdorligida yaxshi ko’rsatgichlarga erishgan. Nafaqat qo’l kuchi bilan ish bajaradiganlar, aqliy mehnat qiluvchilar ham tegishli vaqt o’tishi bilan maxsus jismoniy mashqlar bajarib tursa unumli ishlaydi. Demak, inson organizmiga uning faol va sog’lom hayot kechirishi uchun ovqat, havo va suv bilan bir qatorda yetarli darajada jismoniy harakat qilib turishi ham zarur ekanligi shubhasiz. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling