Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi


Organizmning fiziologik qo’ri (rezervlari)


Download 90.5 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1483189
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi faninig maqsad va vazifalari (2)11

Organizmning fiziologik qo’ri (rezervlari). Odam tanasi odatda morfologik, biokimyoviy va fiziologik qo’riga (rezervlarga) ega bo’ladi. Morfologik rezerv deganda a'zolarni tashkil qilgan to’qimalarning tuzilishi, biokimyoviy rezerv deganda ko’pincha organizmdagi mavjud fermentlar faolligi, moddalar va energiya almashinuvining kuchi tushuniladi. Fiziologik rezerv esa organizm a'zo tizimlarining zahiradagi mavjud funkional imkoniyatlaridir. Bu rezervlar qanchalik katta bo’lsa organizm yangi muhit sharoitiga shunchalik yaxshi moslashadi, yoki adaptatsiyalanadi. Jismoniy mashq va sport bilan surunkali shugullangan organizmning yuqorida ko’rib o’tilgan barcha rezervlarini ko’paytiradi. Masalan, sog’lom va jismoniy mashqlar bilan batafsil shug’ullanadigan odam shug’ullanmaydiganlardan farq qilib, emotsional qo’zg’alish payti (hissiyot oshib ketganida) juda katta ish bajarishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish inson tanasining fiziologik rezervlarini aytib o’tilganidek oshirib boradi. Bu holatni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. Unda mashq qilgan va qilmagan odamdagi ba'zi bir fiziologik ko’rsatgichlar bir-biriga solishtirilgan.
Jismoniy mashq qilganlikniing organizm fiziologik rezervlariga ta'siri.

Maksimal ish bajarilganda

Mashq qilmaganlarda

Mashq qilganlarda

O’pka ventiliyasiyasi (l/min)

50-70

150-200

O2 ining maksimal o’zlashtirilishi (l/min)

2,5-3,0

5,0-6,0

Yurak urish chastotasi (1 min)

160-180

200-220

Yurakning minutlik hajmi (l)

20

35-40

Yurakning sistolik hajmi (ml)

110-130

150-200

Qondagi shakar miqdori (mg %)

50-gacha

30-gacha

Organizmning fiziologik rezervini uning fiziologik ko’rsatgichlarini tinchlik paytida va maksimal ish bajarganida o’lchab aniqlash mumkin. fiziologik rezervni katta odamlar (kuchli sportchilar) birinchidan har xil noqulay sharoitlarda mehnat qilishni saqlab qoladilar (issiq iqlim, yuqori bosim va katta tezlik bo’lgan sharoitda, kislorod kamligida, vaznsizlikda va haokoza)


Odamdagi fiziologik rezervlar bir nechta bosqichlarga bo’linadi. Birinchi bosqich tinchlik holatidan unchalik og’ir bo’lmagan jismoniy harakat qilishda nomoyon bo’ladi. Organizm uchun juda og’ir hisoblangan jismoniy faoliyat davrida esa ikkinchi bosqich rezervlari ishga tushadi. Bu vaqtga kelib tananing ichki muhitidan sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi (qon tarkibida sut kislotasining ko’payib ketishi, glyukoza miqdorining kamayishi, gormonlar va fermentlar spektrining odatdagi holatidan o’zgarishi va boshqalar). Bunday holatga tushgan odam jismoniy harakat qilishi uning nihoyatda qiyin kechganligi bois ixtiyoriy ravishda to’xtatadi.
Odatda fiziologik rezarvlarning ikkinchi bosqichi doimiy ravishda mashq qilib yurgan kuchli sportchilarda kam kuzatiladi, shug’ullanishni endi boshlagan, kam malakali sportchilarda esa u tez-tez sodir bo’lib turadi. Odatda ikkinchi bosqich rezervlar musobaqalar sharoitida kuzatiladi. Fiziologik rezervlarning uchinchi bosqichi organizmning hayot-mamot masalasi hal qilinayotganida, ya'ni haddan tashqari katta kuch ishlatib bajariladigan hatti-harakatlar davomida yuzaga keladi. Masalan odam biron narsadan qattiq qo’rkib qochganida umrida bgurmagan tezlik bilan chopishi, o’zini himoya qilish uchun aql bovar qilmaydigan darajada jismoniy ish bajarib qo’yishi mumkin. Bunday holatlar organizm hayotiy ko’rsatgichlarida qaytarilmas salbiy o’zgarishlar chiqarishi mumkin, shuning uchun uchinchi bosqich rezervlarni namoyon qilish bilan bog’liq siljishlar organizm uchun ancha xavfli hisoblanadi.
Muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug’ullanish tufayli kishi charchamaydigan chidamli bo’ladi. Buning asosiy boisi o’pka venteliyasiyasining hamda yurak minutlik hajmining katta bo’lishidir. Ushbu ko’rsatgichlar qancha kichik bo’lsa odam jismoniy ish bajarganida shunchalik tez charchab qoladi, nafasga to’ymaydi, rangi oqarib o’zini juda behuzur sezadi.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling