Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o’rganish usullari va qisqacha tarixi
Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta'siri
Download 90.5 Kb.
|
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi faninig maqsad va vazifalari (2)11
Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta'siri. Gipodinamiya (yunoncha hypo - past, kam, dynamis - kuch) u organizm funksiyalarida (harakat - tayanch apparati qon aylanish, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari, ovqat hazm qilish tizimlari, asab tizimi hamda moddalar va energiya almashinuvi faoliyatida) kam harakatlilik tufayli kelib chiqadigan nuqsonlar. Ba'zan bu atama gipokeniziya so’zi bilan almashtiriladi, (Kinesis - harakat) bu unchalik to’g’ri emas. chunki gipokeniz atamasi ko’pincha harakatning ilojsiz cheklanishi (masalan, kasallik tufayli ko’rpa to’shak rejimida yotish) ifodalaydi.
Gipodinamiyaning kelib chiqishida, qayd qilganimizdek, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi va texnikaviy rivojlanish tufay-li turmush tarzida bevosita harakat qilishning toboro qisqarib borishi asosiy sabab bo’lmoqda. Hisob-kitob qilinishicha har sutkada odam o’rtacha umumiy energiyasining 1300-1500 kaloriyasini jismoniy ishga sarflangandagina uning jismoniy harakatga nisbatan talabi qonadi. Agar buni bevosita harakat qilishga chiqsak bir kecha-yu kunduz davomida odam o’rtacha 11000 qadam bosishi kerak. Buning ichiga kun uzog’ida qilingan barcha hatti-harakatlar (ertalab uyqudan turgandan barcha tirikchilik va kundalik ish bilan bog’liq harakat faoliyati) ham kiradi. Gipodinamiyaning hozirigi zamon kishisi hayotida sezilarli o’rin tutganligini shu bilan isbotlash mumkinki, bundan taxminan 100yil muqqadam barcha ishlarning 95-96% bevosita qo’l, oyoq, yoki tana kuchi orqali amalga oshirilgan bo’lsa, qolgan 4-5 % o’sha paytda mavjud bo’lgan mexanizimlar va tegishli texnika vositasi yordamida bajarilgan. Bugunlik kunga kelib esa buning aynan teskarisi, ya'ni aksariyat ishlar(95-96%) mashina -avtomatlar yordamida, qolgani(4-5%) bevosita odam kuchi bilan amalga oshirilmoqda. Gipodinamiya organizimning tiriklik funksiyalariga salbiy ta'sir qiladi. Davomli gipodinamiya tufayli yosh organizm me'yoriy o’sishdan qolsa, yoshi oshganlari mehnat qobilyatini yo’qotib ertachi qariydi. Gipodinamiya ta'sirida dastavval harakat-tayanch apparati kuchsizlanadi, tana muskul tolalari atrofiyalanib harakatning barcha sifat ko’rsatgichlari (tezlik, kuch, chaqqonlik) pasayib ketadi. Ish jarayonida uzoq vaqt tanani bir xil tutib turish(stanok oldida tik turish , EHM qarshisida davomli o’tirish va hokazolar) umurtqa pag’onasi va aniqsa ular orasidagi tog’ay chambarlar faoliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Kosmanavtlarning davomli kosmik parvozda bo’lishi (kosmik parvoz vaznsizlik holatida va kema ichi nihoyatda tor bo’lganligi sababli harakat qilish imkoniyati kam).Ularda suyak zichligining kamayishiga olib keladi. Ularda siydik bilan chiqaraladigan kalsiy miqdori esa shu muddat davomida ancha oshadi. Davomli gipokeneziya sharoitida yashash (masalan, ko’ngililarni uzoq muddat davomida ko’rpa-to’shakda yotqizib qo’yish) kishining jismoniy ish qobilyatini nihoyatda pasaytirib yuboradi. Shuning uchun ham davomli parvozdan keyin kosmanavt erkin yura olmaydi. Chunki uning oyoq muskullarida bunday parvoz tufayli yuzaga keladigan odatdagi vazinning yo’qolishi bilan sodir bo’ladigan notabiiy holatlar(ularga tegishli yuklamalarning berilmasligi natijasida) u yerga qaytib tushgandan keyin harakat qilishi qiyinlashadi. Tanadagi har qanday muskul ham ma'lum jismoniy yuklama bajarib turmasa o’z kuchini yo’qotadi va asta-sekin atrofiyalanadi. Shuning uchun ham davomli kosmik parvoz davomida kosmonavtlar maxsus valoergometrlar yoki yugurish tasmalarida doimiy mashq bajarib turishadi. Kam harakt qiladigan odamda nafas olish va qon aylanish a'zolarining funksiyasi pasayib ketadi. Bunday kishilar tinch o’tirganlarida hech qanday qiynalishni sezmaydi, ozgina muskul harakati qilish bilan esa kislorodga nisbatan tegishli ravishda oshgan talabni o’pka va yuraklar qondira olmaydi (chunki ularning funksional pasaygan). Bunday odamda tez charchash sodir bo’ladi, qonda sut kislotasining miqdori ko’payib ketadi. Keyingi yillarda butun dunyo bo’yicha yurak-qon tomirlari kassaoiklari ko’payib ketmoqda, boz ustiga bu kassllik ancha ™yosharib™ qoldi, ya'ni keksalik yoshtga yetmasdan ularga chalinishlar yildan-yilga oshib bormoqda. Buning asosiy sabablardan biri shubhasiz surunkali gipodinamiyadir. Gipodinamiya sharoitida oz muncha jismoniy harakat qilish yurak urish chastotasining yuqori bo’lishiga olib keladi, yurakning minutlik hajmi esa kuchli ish bajarilganida 15-20 l dan oshmaydi. Bunday ko’rsatgich qayd qilingan jismoniy ish payti organizmni yetarli miqdorda qon bilan ta'minlanishi uchun ancha-muncha kamlik qiladi. Mashq qilingan kishilarda esa yurakning minutlik hajmi 40 l va undan ham ortiq bo’lishi mumkin. Yana gipokeniziya qon bosimining ancha ko’tarilib ketishiga olib keladi. Shu narsa aniqlanganki 70 sutkalik gipokeniziya tufyali odam yuragining massasi 12,9-17,9% gacha kamayar ekan. Gipodinamiya ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga ham kuchli ta'sir qiladi, u stressomil sifatida buyrak usti bezidan ajralib chiqadigan kortikosteroidlarni ko’pincha qariyb ikki baravarga ko’paytiradi. Bu hol o’z navbatida organizimdagi ko’pgina hayotiy ko’rsatgichlarni o’zgarib ketishga olib keladi. Gipodinamiya asab tizimi funksiyasiga ham salbiy ta'sir ko’rsatadi. Kam harakatlilik tufayli bu tizim faoliyatining asosiy ko’rsatgichlari bo’lmish qo’zg’alish va tormozlanishning kuchi, bu jarayonlarning bir-biriga almashinib turishi odatdagi holatdan o’zgarib ketadi. Ko’gina davomli gipodinamiya sezilarli darajada asabiylashtshga olib keladi. Davomli gipokeniziya sharoitida odam tez achchiqlanadigan bo’lib qoladi. Gap shundaki, nerv markazlarining me'yoriy va to’liq ishlashi uchun ularga chetki a'zolardan maxsus impulslar (teskari aloqa) kelib turishi kerak. Bu impulslar esa kishi faol harakat qilib turganida muskullar, paylar va bo’g’imlardan asab tizimiga qarab oqib turadi. Kamharakatlik tufayli ularning siyraklashib qolishi ushbu tizim faoliyatida bir qator salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Natijada kishi asab tizimining xususiyatlariga qarab yo tez achchiqlanadigan, yo hamma narsaga beparvo bo’lib qolishi mumkin. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling