Jismoniy rivojlanish bu chaqaloqlik va erta bolalik davrida miya va tananing o'sishi va rivojlanishidir


Jismoniy rivojlanishning o‘zgarishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi


Download 473.35 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi473.35 Kb.
#1248513
1   2   3
Bog'liq
Guljahon Boykabilova 1-mavzu

Jismoniy rivojlanishning o‘zgarishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. Endogen (ichki) ta’sirotlar nasl, irsiyat, konstitutsional xususiyatlar, tug‘ma nuqsonlar.

  2. Atrof-muhit yoki tabiat ta’sirotlari muhit, ekologiya, suv-tog‘, o‘rmonlar

  3. Ijtimoniy-iqtisodiy ta’sirotlar (ijtimoiy-iqtisodiy omil, yashash sharoiti, ovqatlanish va kun tartibi, ovqatlanish ratsioni, mehnat faoliyati, ma’naviy yetukligi.)

  4. Sport bilan shug‘ullanish, boshdan kechirgan kasalliklar.

Jismoniy rivojlanishni aniqlash usullari:
1. Anamnez (so‘rab-surishtirish), tekshiriluvchining hayoti va sport faoliyati haqida so‘rab-surishtiriladi.
2. Somatoskopiya (tashqi ko‘rik). Somatoskopiya so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, somato-shaxs, skopiya-ko‘rish degan ma’noni anglatadi. Tashqi ko‘rik yordamida tana o‘lchamlarning mutanosibligi, tana tuzilishning konstitutsional turlari, qaddi-qomat va tayanch- harakat apparatining hususiyatlari aniqlanadi.
3. Antropometriya- odam gavdasining morfologik belgilarini o‘lchab aniqlash. Antropos- odam, metriya-o‘lchash, ma’nosini bildiradi.
Qo‘shimcha usullari: fotografiya, rentgenografiya, kifoskoliozometriya- umurtqa pog‘onasini egilmalarini aniqlash, goniometriya – bo‘g‘imda harakat burchagini aniqlash.

Somatoskopiya – tashqi ko‘rik asosida jismoniy rivojlanishini aniqlash usulidir. Tashqi ko‘rik asosida tana tuzilishning konstitutsional tiplari aniqlanadi. Odamning qanday konstitutsion turga mansubligini aniqlash uchun antropometrik o‘lchov usulidan foydalaniladi: odamning konstitutsion klassifikatsiyasi uchun turli ko‘rsatkichlar (bo‘y, ko‘krak qafasining kengligi, qorinning hajmi, muskullarning rivojlanganligi, bosh suyagining kattaligi va shu ko‘rsatkichlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlari) mavjud.


  1. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari?



  • O'sish - tana uzunligi.

Eng katta tana uzunligi ertalab kuzatiladi. Kechqurun va keyin intensive darslar, jismoniy mashqlar o'sishi 2 sm yoki undan ko'proq qisqarishi mumkin. Og'irliklar va shtanga bilan mashq qilingandan so'ng, intervertebral disklarning siqilishi tufayli balandlik 3-4 sm yoki undan ko'proqqa kamayishi mumkin.
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling