1) Rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlar:
- yillik ish yakunlari bo’yicha muvofot,bir yo’la beriladigan mukofotlar;
- kasb maxorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
- yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi koidasida nazarda tutilgan rag’batlantirish
xususiyatiga ega to’lovlar;
- ta’tilga qo’shimcha haqlar;
- ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;
- rasionalizatorlik taklifi uchun to’lov;
2 ) Kompensasiya to’lovlari:
- tabiiy-iklim sharoitlari nokulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha
to’lovlar;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasblar va
ishlar ro’yxati bo’yicha ogir,zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar;
- Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam
olish kunlarida va bayram kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
- Xizmat safarlari vaqtidagi qonun xujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha
kundalik harajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
- Mehnatda mayib bo’lganlik yoki soglikka boshqa cha shikast yetganlik bilan bog’liq
zararning o’rnini qoplash uchun ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan so’mmalar va boshqalar.
3) Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash. Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagi lar kiradi:
- qonun xujjatlariga muvofiq asosiy yillik ta’tillarga haq to’lash;
- asosiy ish haqi kisman saklanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga
beriladigan to’lovlar;
- donor xodimlarga ko’rikdan o’tishi, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan
keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
- O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofik davlat yoki jamoat vazifalarini
bajarganlik uchun mehnatga haq to’lash;
- Qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi
bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
- yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimida ishdan ajralgan holda o’qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo’yicha ularga to’lanadigan ish haqi;
- xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash;
- moddiy yordam to’lovi;
- oliy O’quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik
shaxs hisobidan to’lanadigan nafaqalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |