Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi


Download 58.34 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi58.34 Kb.
#1539600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14- Mavzu

Ikkinchidan, soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portaliga my.soliq.uz kirib, “Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va qayta ishlash” interaktiv xizmatini tanlash;

  • Uchinchidan, zarur ma’lumotlarni kiritish. Ma’lumotlar bosqichma-bosqich kiritib boriladi.

    Jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydilar.

    • Soliq to‘lovchilar hisoblangan soliqni to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan yoki elektron to‘lov tizimi (UPay va PayMe) orqali amalga oshirishlari mumkin.

    • Jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.

    • Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.



    SOLIQ DEKLARATSIYASINI TOʻLDIRISH TARTIBI
    Deklaratsiyalash jismoniy shaхs oʻtgan yilda olgan barcha daromadlarini (soliq solinadigan va soliq solinmaydigan), shuningdek ulardan toʻlangan soliqlarni qayd etishni nazarda tutadi. Bunda deklarant koʻrsatgan summalar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
    Deklaratsiya tasdiqlangan shaklda (AV tomonidan 22.03.2013 yilda 2439-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) taqdim etiladi.
    Deklaratsiyaning 1-varagʻida soliq toʻlovchi haqidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
    Uni deklaratsiya taqdim etayotgan barcha soliq toʻlovchilar toʻldiradilar.
    Deklaratsiyani iхtiyoriy ravishda taqdim etayotgan shaхslar tegishli katakda «V» belgisini qoʻyadilar.
    Soliq toʻlovchi haqidagi ma’lumotlar uning barcha rekvizitlarini aks ettirishi kerak:
    toʻliq F.I.O., STIR, ShJBPH, tugʻilgan sanasi, jinsi;
    chet ellik jismoniy shaхs tegishli katakda «V» belgisini qoʻyadi, fuqarosi hisoblangan mamlakatni va Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan sanasini koʻrsatadi;
    pasport ma’lumotlari (pasport seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi);
    pasportda qayd etilganiga koʻra yashash manzili (roʻyхatdan oʻtish joyi);
    aloqa bogʻlash maqsadida telefon (uy, uyali yoki b.) raqami.
    Tegishli kataklarda deklaratsiya va unga ilova qilingan hujjatlar varaqlari sonini koʻrsatish zarur.
    Soliq toʻlovchi deklaratsiyada qayd etilgan ma’lumotlar ishonchliligi va toʻliqligini imzosi bilan tasdiqlashi shart. Elektron deklaratsiya elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

    Download 58.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling