Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi
Deklaratsiya to‘ldirish uchun soliq idorasiga borish shart emas
Download 58.34 Kb.
|
14- Mavzu
Deklaratsiya to‘ldirish uchun soliq idorasiga borish shart emasBugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari — my.soliq.uz» portali orqali 35 turdan ortiq elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bulardan 15 tasi axborot davlat xizmatlari, 20 tasi interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetlari ham joriy etilgan. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali murojaatlarni, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ortiqcha soliq to‘lovlarni qaytarish to‘g‘risida arizalarni, soliq hisobotlari va deklaratsiyalarini davlat elektron ko‘rinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq organlarida hisobga turgani (STIR), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgani to‘g‘risida va boshqa ma’lumotnomalarni soliq xizmati idoralariga tashrif buyurmasdan olish, hisoblangan, to‘langan summalar, soliq qarzi, ortiqcha to‘lov, penyalar hamda budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasining axborot resurslaridan bevosita olish va shu kabi boshqa imkoniyatlari yaratilgani soliq organi xodimi va soliq to‘lovchilarni bevosita munosabatga kirishishini, soliq organlariga ortiqcha tashrif buyurishni kamaytirishga olib kelmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida, 2017-yil davomida my.soliq.uz portalining interaktiv xizmatlaridan Xorazm viloyat bo‘yicha jami 74 ming 426 nafar fuqaro 22 million marotaba foydalangan. Ushbu interaktiv xizmatdan foydalanishning 21 mingtasi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. 11 milliondan ortig‘i hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oladi. Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari va aholi o‘rtasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida 2017-yilda shaxsiy kabinetlar orqali tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni elektron shaklda to‘lash tizimining samaradorligi oshgan. Ya’ni hozirda har bir soliq to‘lovchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan interaktiv xizmatlar orqali soliq to‘lovlari bilan bog‘liq masalalarini tezkorlikda amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan yil davomida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi xizmatlarga jismoniy shaxslar tomonidan 142,8 mingta, yuridik shaxslar tomonidan 516,1 mingta hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 5,5 mingta murojaatlar bo‘lgan. Mazkur interaktiv murojaatlarga o‘z vaqtida elektron shaklda javoblar berilgan. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratilgan ushbu imkoniyatlar, soliq to‘lovchilarning, ayniqsa tadbirkorlik sub’yektlarning soliq organlariga tashriflarini kamaytirishga, natijada vaqt, sarf-xarajatlarini tejashga olib kelib, tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Download 58.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling