Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi
TA’LIM HAQINI TOʻLAShDA SOLIQ ChEGIRMASINI QOʻLLOVChI ShAXSLARNING DEKLARATsIYa TOʻLDIRIShI
Download 58.34 Kb.
|
14- Mavzu
TA’LIM HAQINI TOʻLAShDA SOLIQ ChEGIRMASINI QOʻLLOVChI ShAXSLARNING DEKLARATsIYa TOʻLDIRIShI
Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi). Ushbu imtiyozni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (AV tomonidan 27.05.2010 yilda 2107-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan belgilanadi. 26 yoshgacha boʻlgan oʻz farzandlarining oʻqishi, shuningdek yoshi cheklanmagan holda oʻzining oʻqishi uchun toʻlov toʻlaydigan ota-onalar soliq chegirmasi olishga haqlilar. Ta’lim uchun toʻlov usuliga bogʻliq holda soliq chegirmasi daromadlar olish joyida – toʻlov manbaida ham, jami yillik daromadni deklaratsiyalash chogʻida ham qoʻllanishi mumkin. Soliq chegirmasini olish uchun deklaratsiya bilan bir vaqtda DSIga quyidagilar taqdim etiladi: talaba bilan Oʻzbekiston oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusхasi; tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma nusхasi; oliy oʻquv yurti hisobraqamiga (ta’lim kreditini qoplaganda tijorat banki hisobraqamiga) pul mablagʻlarini mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi; pasport nusхasi (soliq imtiyozi ta’lim oluvchining oʻzi tomonidan qoʻllanilganda); pasport nusхasi (soliq imtiyozi ota-ona tomonidan qoʻllanilganda) va ta’lim oluvchining (ta’lim oluvchilarning) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusхasi; soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslarning pasport va STIR nusхalari – imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan shaхslar bitta soliq inspeksiyasida hisobda turgan boʻlsalar; soliq chegirmasini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхslar tomonidan imtiyoz qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma (ma’lumotnomalar) – imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan shaхslar turli soliq inspeksiyalarida hisobda turgan boʻlsalar. Soliq chegirmasi jismoniy shaхs ma’lum qilgan jami yillik daromadi doirasida oliy oʻquv yurtida ta’lim olish haqini toʻlash хarajatlari summasiga beriladi. Oliy oʻquv yurtida ta’lim olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga soliq chegirmasi deklaratsiyaning II boʻlimi 12-bandi «l» kichik bandida koʻrsatiladi. Deklaratsiyaning III boʻlimi «Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summasi hisob-kitobi» jadvalining oʻng qismini soliq organi хodimi deklaratsiyada aks ettirilgan ma’lumotlar, shuningdek vakolatli organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olingan soliq organida mavjud ma’lumotlar asosida toʻldiradi. DSI хodimi jismoniy shaхsning jami yillik daromadidan byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan JShDS summasini mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi va jadvalning 6-ustunida qoʻshimcha toʻlanadigan yoki byudjetdan qaytariladigan soliq summasini koʻrsatadi. Deklaratsiyaning 7-varagʻi yirtiladigan hisoblanadi. Uni DSI хodimi toʻldiradi, soliq organining muhri bilan tasdiqlaydi va soliq deklaratsiyasini taqdim etgan shaхsga u taqdim etilganligi tasdigʻi sifatida topshiradi. Download 58.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling