Jismoniy tarbiya darslari orqali oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatl


 Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida


Download 279.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana21.04.2023
Hajmi279.54 Kb.
#1372902
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kitob 1626 uzsmart.uz

1.3. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashning hozirgi darajasi. 
Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiya, sport o‘zida ma’naviy boylikni, 
axloqiy soflik va jismoniy kamolotni gormonik holda mujassamlashtirgan. Bu hol 
shaxar hamda qishloqda jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni 
kuchaytirishni; qishloq yoshlariga qo‘l keladigan turli xil sport turlarini 
rivojlantirishni; kolxoz, sovxoz, rayon markazlarida viloyat miqyosida muntazam 
sport musobaqalari o‘tkazib turishni va 6u ishni madaniy - oqartiruv 
muassasalarining faoliyati bilan chambarchas bog‘lab olib borishni talab etadi. 


43 
Butun mamlakat miqyosida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham o‘smir va 
yoshlarning jismoniy tarbiyasi uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Masalan, juda 
ko‘p sonli sport inshootlari, suv basseynlari, o‘yin maydonchalari va hokazolar 
qurilgan. Chunki, yosh avlod salomatligini mustahkamlash, uni mehnat 
faoliyataga, Vatan himoyasiga tayyorlash haqida g‘amxo‘rlik qilish doimo 
hukumatimizning diqqat markizida bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday 
bo‘lib qoladi. 
Bundan tashqali kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda jismoniy tarbiya 
darslarida ertak va dostonlardan foydalanish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash yaxshi samara beradi. Ertak va dostonlardagi ijobiy 
qaxramonlarning jasorati orqali ularni kuchlilikka, epchillikka, chaqqonlikka 
o‘rgatiladi. 
Bundan tashqari yertak va dostonlar Vatanga muhabbat ruhida 
tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biridir. Chunki, har qanday ertakda 
Vatanning muqaddasligi, uning har bir qarichini ko‘zga to‘tiyo qilish, 
halqparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari ulug‘lanadi. Shuning uchun ham jismoniy 
tarbiya darslarida ertaklarning o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida 
tarbiyalashining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanishi zarur. Ertaklarda 
mehnatkash halq ommasining eng yaxshi sifatlari insonparvarlik, vatanparvarlik
Vatanga, do‘stga sadoqat, mardlik, go‘zallik, Vatanni sevish, unga sodiq qolish 
kabilar ulug‘lanadi. Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy uydurmalar 
asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga, voqea-hodisalarning ajoyib, 
g‘aroyibligi bilan boshqa turlardan farq qiladi. Halq ertaklarining g‘oyaviy 
yo‘nalishida shu ertakni yaratgan halqning orzu umidlarini ifoda qilish bilan 
umuminsoniy mavzularni bayon etish muhim o‘rin tutadi. Ertaklarni o‘zbek 
halqining badiiy ijod tarixi jonli san‘ati deyish mumkin. Ertak termini Mahmud 
Koshg‘ariy tomonidan XI – asarlarda yozilgan «Devoni lug‘atit turk» asarida 
yetuk shaklida uchraydi va biror voqeani og‘zaki tarzda hikoya qilish ma‘nosini 
bildiradi. Hozirgi folkloristik termin sifatida Ertak so‘zi qabul qilingan bo‘lsada, 


44 
Surxandaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand o‘zbeklari orasida «Matal» deb 
yuritiladi. Buxoroda «Ushuk» deb, Xorazmada «Varsaki», Toshkentda 
«CHo‘pchak» termini ishlatiladi. Ertaklarning lug‘oviy ma‘nosi «Ertangi» degan 
so‘zdan olingandir. Shuning uchun ham ertaklarda halqimizning kelajakdagi orzu 
umidalari aks ettiriladi.
Kelajakda yaxshi zamonlar bo‘lishini, adolat va xaqiqatni yuzaga chiqarish 
uchun ertaklarda o‘zlarini afsonaviy qaxramonlari orqali kurashadilar. Kurashda 
g‘alabaga erishadilar. Ertaklar halq ijodining elik turiga kiradi, uning o‘ziga xos 
hususiyati, voqeaviyligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishdir. 
Ertaklar turmush voqealigini ajoyib va g‘aroyib, jozibali qilib kishilarda badiiy 
zavq uyg‘otadigan holda aks ettiriladi. 
O‘zbek halq ertaklarida ko‘proq an’anaviy boshlama hamda befarzand shoh 
haqidagi axborotdan so‘ng keladi va syujetning dastlabki qismi-ekspozitsiyani 
tashkil etadi.: «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. O‘tgan zamonda bir podsho bor ekan. 
U befarzand ekan. Kunlardan bir kuni xotini farzandli bo‘lajagini aytibdi. Buni 
eshitgan shoh yurtdan chiqib ketibdi.» Ertakda shohning ketishi sababi ovga 
chiqish yoki dushmanga qarshi jangga otlanishi, ba’zan esa, uning xursandchiligi 
bilan izohlanadi. Aslida esa, mazkur motivning ildizi ibtidoiy jamoa an’analari 
zaminiga kirib boradi. Demak, bu motiv o‘zining tarixi va taraqqiyot yo‘liga ega. 
Ma’lumki, o‘zbek halq ertaklarida tug‘ilgan bolaga nom qo‘yish jarayoni tasviri 
ko‘rinmaydi, aytilmaydi ham, lekin nom qo‘yilgan bo‘ladi. U sir tutiladi. Shuning 
uchun ham ertaklarda ideal qahramon turli xil narsa va hodisalar nomi bilan 
ataladi. Nomni yashirish va sir to‘tish qadimiy magik afsun, yomon ruhlardan 
saqlanish niyatidan kelib chiqqan. Bu halq o‘rtasida an’anaga aylangan. 
Tarbiyachilar ertak aytishda uch narsaga ahamiyat berishi muhim 
hisoblanadi.
Bolalarning xususiyatlariga qarab ertak tanlash. 
Ertak boshlashdan oldik ertak oldi deb atalmish jumlalar yordami bilan 
bolalar fikrini o‘ziga tortadi. 


45 
Ertak voqeasini – zarur ohang ko‘z, qo‘l, gavda harakati bilan ijro qiladi. 
Bularsiz har qanday ertak xam xuddi joni yo‘q tanadek. Ertaklarni o‘qish 
bilan ularning ichki va tashqi tomonlarini o‘rganish mumkin. Ertaklarning eng 
muhim hususiyati, ularning nafis, boy, serbo‘yoq, chuqur, yoqimli, jozibali va 
oxangdor milliy til xazinasidir. Bu esa har qanday insonning o‘z Vatani tilining 
boy xazinasidan xabardor qiladi. 
Ertaklar o‘ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish 
qismi, boshlama, tugallanmalar alohida ko‘zga tashlanadi. 
Kirish qismi, avvalo ertakchining mahoratini ko‘rsatadi, qolaversa 
tinglovchining diqqatini jamlab ertak eshitishga hozirlaydi. Boshlama ertakning 
dastlabki qismini ta’riflaydi. 
Hayot xaqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, mo‘jiza hamda hayotiy uydirmalar 
asosida qurilgan, didaktik g‘oya tashuvchi hikoyalar ertak deb ataladi. Ertaklar 
obrazlar talqini, g‘oyaviy mazmuni, fantastik uydirmaning o‘rni, vazifasiga ko‘ra: 
Hayvonlar haqidagi ertaklar. 
Sehrli ertaklar. 
Maishiy ertaklarga bo‘linadi. 
O‘zbek halq ertaklari ichida hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina o‘rinni 
tashkil etadi. Hayvonlar haqidagi ertaklari qadim zamonlarda vujudga kelgan 
bo‘lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, 
tabiyat haqidagi tushunchalari ifodalangan. 
Ijtimoiy hayotning ovchilikdan chorvachilikka o‘tish jarayoni inson 
hayotida keskin burilish yasadi. Inson o‘ziga insondir va hayvonlardan kuchli 
ekanini sezadi. Ana shu jarayon hayvonlar haqidagi ertaklarda yangi g‘oya inson 
kuchiga ishonch tushunchasini vujudga keltiradi. Asta – sekinlik bilan hayvonlar 
ertaklarda ijobiy va salbiy timsollarga aylanadi. 
O‘zbek halq og‘zaki ijodida hayotiy, maishiy ertaklar alohida o‘rin tutadi. 
Ular real hayotiy uydirmalar asosida qurilgan bo‘lib, fantastika elamentlari 
yordamida namoyon bo‘ladi. Bunday ertaklarda inson markaziy siymosi – asosiy 


46 
qaxramon bo‘ladi. Ertak qahramonlari hayotning faol kishilari, ular ajoyib va 
g‘aroyib yordamchilarsiz ish qiladilar, aql kuchi, chidam, jasorat, iroda kuchi, 
do‘stga vafodorlik, sadoqatlik, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ularning 
asosiy sifatlaridir. Bu tur ertaklarida bosh qahramon inson u hayotidagi hamma 
dushman to‘dalarini podshohlar, boylar, qozilar, mulla – eshonlar, jallodlarni o‘zi 
yengib chiqadi. Ertak g‘oyasida kishi hamma narsaga qodir, u zolimlarni, podshoh 
va uning barcha saroy ahllarini hokimiyat ustidan uloqtirib tashlay oladi. Bu 
ertaklarda ijobiy qahramonlar xushmuomala, muloyim, nazokatli, ayni paytda 
keskin va shijoatli tarzda talqin etiladi. Bu kabi ertaklarda ko‘proq tengsizlik, 
adolatsizlik, zulm va zo‘rlik qoralanib, ezgulik haqiqatning g‘alabasi ulug‘lanadi.
«Uch og‘a – ini botirlar», «Zolim podsho», «Ayoz», «Davlatmirza» kabi ertaklar 
mana shu ertaklar sarasiga kiradi. Hayotiy ertaklarning bosh qahramonlari dexqon 
chol, botir, dono qiz, kambag‘al yigit, hunarmand, go‘zal malika donishmand 
kishilar, adolatli shohlar, adolatsizlik, ig‘vo va fitna kabi yaramasliklariga qarshi 
shavqatsiz kishilardir. Ertaklar halqimizning erk va adolat, birlik va ahillik yo‘lida 
olib borgan kurashlarini o‘zida aks ettiradi. Halq borki, u orzu havas bilan 
yashaydi, har qanday og‘ir kunlarda ham u ertak eshitadi, ertak aytadi va shu 
ertaklar orqali kundalik voqealarga o‘z munosabatini bildiradi. Ular bu orzu 
havaslarini yosh avlodga ko‘rishni istadilar, o‘zlari ko‘rgan mashaqqatlarini 
bolalarga ravo ko‘rmay, ularning baxtiyor hayot kechirishlarini orzu qilganlar. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ertaklarning 
roli beqiyos. Ayniqsa, hayvonlar to‘g‘risidagi ertaklar muhim ahamiyatga ega. 
Ertaklarda hayvonlar obrazi misolida munofiqlik va riyokorlik, tekinxo‘rlik, insof, 
adolat g‘oyalari beriladi. Ertaklar o‘quvchilarni ongi va his-tuyg‘usiga kuchli 
ta‘sir o‘tkazadi. Ularda axloqiy sifatlar: sof vijdonlilik, iymon, e‘tiqod kabilarni 
shakllantirishda ta‘sir ko‘rsatadi. Ertaklar vositasida o‘quvchilarni Vatanga 
e‘tiqod, diyonat ruhida tarbiyalashning boy imkoniyatlari mavjud. Lekin afsuski
ko‘p hollarda bu imkoniyatlardan o‘qituvchilar to‘g‘ri foydalana olmaydilar.


47 
Biz tadqiqotlar davomida o‘qituvchilarga quyidagi savod bilan murojaat 
qildik: Siz bolalarga darslik va qo‘llanmalardan tashqari ertaklar ham so‘zlab 
berasizmi? Qaysi manbalardan foydalanasiz? Bunga javoban: o‘qituvchilarning 
80%i sinfdan tashqari o‘qish uchun chiqarilgan o‘quv qo‘llanmasini ko‘rsatadilar. 
10% i qo‘shimcha ertak manbalarini aytdilar. Bu shundan dalolat beradiki, 
ko‘pchilik o‘qituvchilar halq og‘zaki ijodi namunalaridan yaxshi, unumli 
foydalanmaydilar 
va 
o‘quvchilarni 
vatanparvarlik 
ruhida 
tarbiyalashda 
imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun o‘quvchilarning ko‘pchiliklari ertak 
haqidagi bilimlari cheklangan. Biz buni yanada aniqroq isbotlash maqsadida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilgan anketalardan namunalar ko‘rsatamiz.
O‘quvchilarga quyidagi anketa savollari berildi: 
1. Ertaklarning boshlanishi qanday boshlanadi? 
2. Ertaklardagi qanday yovuz obrazlarni bilasiz? 
3.Quyidagi parcha qaysi ertakdan olingan: Xumcha qaynayveribdi, 
qaynayveribdi, oxiri qaynashdan to‘xtabdi. 
4.Eng sevimli ertagingiz nomini ayting. 
5.Vatan haqida qanday maqollar bilasiz? 
6.Quyidagi maqolni davom ettiring: Bulbul chamanni sevar,…………. 
7.Vatan haqida qanday ertaklar bilasiz? 
8.Qaysi ertaklarni ko‘proq televizorda multfilm tarzida ko‘rgansiz?


48 

Download 279.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling