Jismoniy tarbiya darslari orqali oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatl


 Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida


Download 279.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana21.04.2023
Hajmi279.54 Kb.
#1372902
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kitob 1626 uzsmart.uz

2.1. Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash yo‘llari va vositalari. 
Jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilar shaxsini tarbiyalashda katta ta’sir etish 
imkoniyatiga ega. Bu imkoniyatlar darsni tashkil etilishdan boshlanadi, agar 
o‘qituvchi bu jarayonni boshqarsa, tarbiya vazifalari qo‘yilsa, bu holda ijobiy 
natijalarga erishadi, agar bu jarayon o‘z xoliga qo‘yib qo‘yilsa, xatto salbiy 
samara olish mumkin. 
Darslarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ba’zi bir o‘qituvchilar o‘quvchilar 
psixologik tayyorlashga ahamiyat bermaydilar. Bunda asosiy o‘rinni o‘quvchilarni 
mashqni bajarishi, o‘z holatini mustaqil boshqara bilishiga jalb etishlik egallashi 
kerak. Masalan, rejalashtirilgan jismoniy yuklarni bajarishga irodani taryuiyalab 
vujudga kelgan tolishni va qo‘rquvni yengib o‘tishga butun kuchni sarflash zarur. 
Darsda asosiy e’tiborni o‘quvchilarni jismoniy takomillashuv talablariga 
extiyoj hosil qilishga qaratiladi. Extiyoj – bu shaxsni ma’lum faoliyatlariga jalb 
etish biln harakterlanib, yashash shartini zaruriyati, sifatida idrok qilinadigan, 
psixologik holatdir. 
O‘quvchilar bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallabolib, o‘zaro bir-biri 
bilan, o‘qituvchi bilan musobaqada bo‘lib, o‘z-o‘ziga xizmat qilishni, intizomga, 
mehnat qilishga, jamiyat mulkini saqlashga o‘rganadilar. Bunday munosatlar juda 
ko‘p va ular doimo o‘qituvchining diqqat e’tiborida bo‘lishi kerak. O‘qituvchi 
ularni ko‘radi, to‘g‘rilaydi, nazorat qiladi, zaruriy tomonga yo‘lantiradi. Bu 
muomala va munosabatlarning kutilmaganda yuz beradigan intizom formalariga 
e’tibor berib, ahloqiy rivojlantirishlari uchun bor imkoniyatdan foydalanmog‘i 
kerak. 
Pedagog bolalarni tabiatga nisbatan salbiy munosabatini ko‘ra bila turib 
befarq qaramasligi, mashqni yaxshi bajara bilmagan o‘quvchi ustidan yo‘l 
qo‘ymasligi kerak. Darsni tashkil etishning an’anaviy usuli katta tarbiyaviy 


53 
ahamiyatga ega, qaysiki o‘qituvchi ma’lum talablarni qo‘yib butun jarayonni ko‘z 
oldida to‘tishi zarur. 
Bu talabalar asosan quyidagilardan iborat:
- darsga sinchiklab tayyorgarlik ko‘rish, darsda mehnatga bo‘lgan 
munosabatni vujudga keltirish, o‘kish vaqtida javobgarlikni xis ettirish va 
extiyotkorlik muomalasini vujudga keltirish; 
- darsda birgalikdagi faoliyatning muvaffaqqiyat sharti bo‘lgan mehnat 
intizomini saqlash; 
- o‘rgatishni samaradorligi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro munosabat, o‘zaro 
hurmatni etik me’yorlarini saqlash; 
- jihozlarga, asbob anjomlarga jamiyatni moddiy mulki ehtiyotkorlik bilan 
qarashga o‘rgatish; 
- komandalarni benuqson bajarish, saflash va qayta saflash, kollektiv 
faoliyatini muvaffaqqiyatli sharti ekanligini to‘g‘ri tushinish; 
- zaruriy jihozlarni tayyorlash va ularni yig‘ishtirishda katnashish, o‘z-
o‘ziga xizmat qilishni kollektiv faoliyati sifatida qarash; 
- yagona formani talab etish, o‘z ramziga ega bo‘lishlik vatanparvarlik va 
o‘z kollektivini yutuq va muvaffaqqiyatlarini xis etishga o‘rgatish; 
- o‘rtoqlari muvaffaqqiyatsizliklari ustidan qo‘lishni ka’tiyan taqiqlash. 
An’analarni o‘rgatish uchun birinchi darslar qulay sharoit yaratadi. Bu 
darslarda bolalar o‘qituvchini har qanday tartib intizom taklifini qabul qilishga 
tayyor turadilar. 
Shunday qilib, darsda tarbiyaviy tarbiyaviy maqsad bo‘lgandagina u dars 
tarbiyalaydi. Ammo bir dars jarayonida xech qachon maqsadga erishib bo‘lmaydi, 
chunki bir darsda shaxsiy sifatlar xech qachon shakllanmaydi. Ularni amalga 
oshirish uchun amaliyotni ko‘rsatishiga qaraganda vazifalarni o‘quvchilar orasida 
xaqqoniy to‘g‘ri taqsimlab shu vazifalarni 6-8 darslar davomida takrorlash 
maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda muntazam ravishda, qo‘yilgan talablarni 


54 
so‘zsiz bajarilishini talab etish, unga sharoit yaratib berish hamda o‘quvchilar 
faoliyatlarini doimo baholab borish zarur. 
Dars seriyalariga qo‘yilgan maqsad, qator vazifalarni izchillik bilan amalga 
oshirish orqali hal etiladi. Shunday qilib vazifa maqsadga erishish bosqichi 
hisoblanadi. 
Agar masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarda insonparvarlikni rivojlantirishni 
maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu holda u qator vazifalarni izchillik bilan hal 
etmog‘i zarur: bolalarda o‘z o‘rtoqlariga nisbatan qadr-qimmatni o‘yg‘otish, 
o‘rtoqlarini muvaffaqqiyatsizliklaridan qo‘lmaslik, do‘stlari bilan umumlashish 
vaziyatini yaratish, darsda va darsdan tashqari xollarda o‘zaro yordam qoidasini 
kiritib borish zarur. O‘quvchilarni ozodlikka o‘rgatib borib, kostyum, oyoq 
kiyimi, soch tarashi, mashg‘ulot o‘rni, asbob –anjomlarga qator talablarni kiritib 
borish zarur. Bunda bir vaqtni o‘zida axloqiy va estetik tarbiya vazifalari hal etilib 
beriladi.
Darsning tarbiyaviy imkoniyati o‘quv materialini mazmunidan kelib 
chiqadi. Saf mashqlari, birgalikda bajarilgan harakat faoliyatlari intizomni 
tarbyailaydi. O‘yinlar bolalarda o‘zaro aktiv munosabatni oshiradi, demak 
o‘rtoqlik, 
jamoatchilikni 
tarbiyalaydi. 
Harakatli 
o‘yinlarni 
tarbiyaviy 
imkoniyatlari ularni mazmunidan iboratdir. Masalan, “Kosmonavtlar”, “Otlik 
sportchilar” tengqurlariga nisbatan diqqat muomalasini tarbiyalaydi. 
O‘qituvchining sportchilarni qahramonliklari haqidagi suhbati katta 
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni e’lon qilganida darsning me’yori 
buzilmasiligi kerak. 
Vazifalarni qo‘yish jarayonida o‘quvchilarda ularda qanday bajarish haqida 
aniq tushuncha hosil qilish zarur. Shundagina o‘quvchilarga qo‘yilgan vazifalarga 
nisbatan ongli muomalal va faolligi ortadi. Agarda qo‘yilgan vazifalarni har xil 
usullar bilan hal etish imkoni bo‘lsa, ularni aytib o‘quvchilarga eng yaxshi 
variantlarini tanlab olishlari uchun berishlari kerak. Ayniqsa buni yuqori sinqlarda 
dars o‘tganda amalga oshirish zarur. 


55 
Qo‘yilgan vazifalar vaqt limitiga muvofiq bo‘lishi va uning irodasi 
o‘quvchilarga tushunarli bo‘lib uni bajarishi darajasi o‘zlarini baholay bilishlari 
kerak. 
Har bir darsda o‘qituvchi ko‘p vazifalarni hal etadi, ammo asosiy diqqatni 
o‘tilayotgan dars vazifasiga qaratadi. O‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan bunday 
vazifalar darsga ikkita uchta kiritilishi mumkin (ayniqsa sport o‘yinlarida). Ularni 
o‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarga e’lon qilinadi. Shuning bilan 
birga darsni tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ahamiyati olg‘a turmog‘i kerak. 
Masalan, o‘quvchilarni ikki tomonlama o‘yinga jalb etib, g‘alabaga erishish 
uchun jamoa bo‘lib ko‘rinishni ahamiyatini eslatib qo‘ymog‘i zarur. 
Darsni vazifasi, ularni qo‘yilishi va o‘quvchilar ongiga yetkazilishida 
jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni boshqa formalari bilan chambarchas 
bog‘lig‘ligini unutmaslik kerak.
Har bir o‘qituvchi shuni yodda to‘tishi kerakki, rasmiyatchilik munosbati 
bilan qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan 
qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan javob 
beradilar.
Jismoniy tarbiya darsini boshqa fan predmetlaridan asosiy farq qiluvchi 
tomonlari zal sharoitida va sport maydonlarida shug‘ullanuvchilarni o‘quv 
faoliyatlarini tashkil etilishining qiyinchiligidan iborat. 
Bu rejada o‘qituvchilarni jaroxatlanish xavfini oldini olishlikda o‘qituvchi 
ustiga katta ma’suliyat va javobgarlik yuklatiladi. Bu pedagogni qo‘yilgan 
vazifadan kelib chiqib, dars mazmuni va uni o‘tish joylarini shunday tashkil 
qilishlari kerakki, yuqori ta’lim, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy samaradorlikka 
erishib, vaqtni bexudaga sarflanishini, jarohatlanishni oldini olishi kerak. 
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish uchun dars amaliyotida 
shug‘ullanuvchilarni boshqarishni oldingi usullaridan foydalaniladi.


56 
Maktabda “Alpoimsh” va “Barchinoy» kompleksi bo‘yicha ish tartiblarini 
ko‘rsatishga, kompleks normativlari ancha baland va ularni o‘zlashtirish uchun 
ma’lum muddat tayyorgarlik talab etiladi. 
“Alpomish” va “Barchinoy” bo‘yicha ishlar o‘quvchilarni jismoniy 
tayyorgarlik darajasini va ularni salomatlik holatlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu 
ma’lumotlarni o‘quvchilar oktabr-noyabr oylarida to‘plashi mumkin. Bu ishlar 
bilan parallel ravishda suzishni bilmaydigan va “Alpomish” va “Barchinoy” 
normasini topshirishdan ozod etilgan o‘quvchilarni aniqlab boriladi. 
Bu ma’lumotlar o‘qituvchiga keyingi ishlarida topshiruvchilarni sonini aniq 
bilash, o‘quv reja ishlaridagi kamchiliklarni aniqlash, har bir sinflan 
nishondorlarni tayyorlash uchun o‘quvchilar sonini aniqlash, ularni dastlabki 
tayyorgarlik darajasini hisobga olish imkonini beradi. 
“Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi bo‘yicha hamma ishlarni tashkil 
etish uchun maxsus komissiya tuziladi, ularning ro‘yhati maktab direktori 
buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga quyidagilarni kiritish tavsiya 
etiladi: sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, 
boshlang‘ich harbiy ta’lim rahbari, turistik ishlarni tashkil etuvchi, jismoniy 
tarbiya faolligi kengashining raisi. 
Amaliyotni ko‘rsatishicha, talab va me’yorlarni topshirishga tayyorgarlikni 
eng qulay va yaxshi formasi –muntazam faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy jismoniy 
tayyorgarlik va sport guruhlari to‘garaklarni hisoblanadi. Guruhlar bir xil 
tayyorgarlikdagi va yoshdagi o‘quvchilardan tuzilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazishga, ayniqsa, kichik va o‘rta guruhlarga jamoatchi 
instruktorlar jalb etiladi. 
Tayyorgarlikni ma’lum davrlarida mashg‘ulotlarni vazifasi va mazmuni, 
normalarni topshirish grafigi va “Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi talablari 
bilan aniqlanadi. 
UJT guruhlarida mashqlanish mashg‘ulotlarini tashkil etish jismoniy 
tarbiya darsiga o‘xshaydi. 


57 
UJT guruhlaridagi ishlarni alohida bir biridan ajratish maqsadga 
muvofiqdir. Agar, masalan, qizlarga “Barchinoy” normalari bo‘yicha koptokni 
yoki granata uloqtirish o‘quv me’yorlarini topshirish qiyin bo‘lsa, shu mashqlarni 
katta e’tibor berib, uyga vazifa ham berib orish maqsadgi muvofiqdir. Ko‘pchilik 
bolalarga turnikda tortilish, normativini topshirish qiyin. Shunday ekan to‘garak 
mashg‘ulotlarida muskul kuchini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlarni 
(yelka kamariga) ko‘proq berib borish kerak. O‘quvchilarda bunday alohida 
muskul guruhlari rivojlanishi orqada qolishini, ishlarni rivojlantirish jarayonida 
albatta hisobga olish kerak. 
Kompleks me’yorlarini qabul qilish bo‘yicha musobaqalarga jiddiy 
tayyorgarlik ko‘rish kerak. Har bir musobaqada bolalarda mashhur voqea sifatida 
iz qoldirishkerak. Alohida xollarda me’yorlarni nazorat darslarida qabul qilish 
mumkin. 
Har bir tur bo‘yicha musobaqalarni yiliga 2-3 marta o‘tkazish zarur. 

Download 279.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling