Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari Mundarija
Pedagogga (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi murabbiyga) maslahatlar
Download 222.5 Kb.
|
jismoniy tarbiya darslarida o\'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interaktiv mashg‘ulot jarayonining asosiy bosqichlari
Pedagogga (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi murabbiyga) maslahatlar:
- topshiriqni aniq va ravshan qilib ta’riflab bering, keyin esa uni hamma tushunib olganiga ishonch hosil qiling; - o‘quvchilarga ularning auditoriyada joylashib olishlari uchun vaqt bering va shundan keyingina ulardan topshiriq ustida ishlay boshlashga ruxsat bering; - yo‘l-yo‘riqlarni loaqal bir marta takrorlang; - o‘quvchilarning yo‘l-yo‘riqlarga nechog‘li aniq amal qilib borishayotganini va topshiriqlardan chetga chiqishmayotganini qayta-qayta tekshirib ko‘ring. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo‘llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning o‘qish motivlarini o‘stiradi. Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik yaratish, yangilikdir. Demak an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonini innnovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o‘qituvchi o‘zining ish shakllari va o‘quvchilarning ko‘nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko‘proq interaktiv metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. (Interaktiv so‘zi inglizcha – interaktion, ya’ni, inter – aro, o‘zaro, act – harakat ma’nosini anglatadi.) Interaktiv usullar – bu o‘zaro harakat, ya’ni hamkorlik asosida o‘qitish demakdir. Interaktiv usullarning 4 asosiy turi mavjud. Bular: kognitiv usullar; o‘yinlar, eksperimental faoliyat; ishbilarmonlik o‘yinlari, modellashtirish; amaliyot orqali o‘qitish, bevosita faoliyat. Interaktiv mashg‘ulot jarayonining asosiy bosqichlari:1. Salomlashish (o‘qituvchi va o‘quvchilar). 2. Kirish so‘zi – o‘qituvchi o‘quvchilarni ta’limning interaktiv metodikasi, mashg‘ulot mavzusi, shakli va maqsadlari bilan tanishtiradi. Kirish so‘zi aniq va qisqa bo‘lishi kerak. 3. Qoidalarni ishlab chiqish – guruhning samarali ishlashi uchun qoidalarni belgilash yuzasidan o‘quvchilarning takliflar bildirishi so‘raladi. Shu takliflar asosida ular tomonidan qoidalar ishlab chiqilib, qabul qilinadi. Bu qoidalarga rioya qilinish nazoratini faqat o‘qituvchi emas, o‘quvchilar ham olib borishlari ko‘zda tutiladi. 4. Tanishuv (muzyorar) – o‘quvchilarning darsda o‘zaro erkin va faol muloqotlarini ta’minlash maqsadida har turli harakatli mashqlarni tashkil qilish orqali o‘tkaziladi. Bu mashqlarni ishtirokchilar orasidagi notanishlik, tortinchoqlik va shu kabi holatlarni bartaraf qilib, o‘zaro iliq munosabatlarni hosil qilishga yo‘naltirilgani uchun muzyorar deb nomlanadi. (buda o‘quvchilar bir-birining eng yaxshi sifatlariga baho berishlari, yoki yonidagi o‘rtog‘ini jamoaga tanishtirisi kabi ish turlaridan foydalaniladi). 5. Kutiladigan natijalar – har bir o‘quvchi mashg‘ulotlar yakunida nimalarni o‘rgangani, qanday ishlarni bajara oladigan bo‘liganii haqida ma’lumot berishi lozim. Bunda o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlaari asosida og‘zaki yoki yozma ravishda bildirgan fikrlari ham inobatga olinadi. 6. Kichik guruhlarga ajratish – mashg‘ulot maqsadiga muvofiq ravishda o‘quvchilarni bir nechta kichik guruhlarga ajratiladi. Kichik guruhlarga birinchi marta ajratishda o‘quvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra guruhlarga ajralishlari mumkin. Keyingi gallarda tasodifiy kichik guruhlarga ajratish qo‘llaniladi. 7. Kichik guruhlar ishini tashkil qilish – har bir kichik guruhga aniq vazifa, zarur materiallar, vositalar taqdim qilinadi, vazifani bajarish, natijani ma’lum qilish tartibi va ajratilgan vaqt belgilanadi. 8. Taqdimotlar – kichik guruhlar o‘zlariga berilgan vazifalarni bajargandan keyin, olingan natijalarni ular belgilagan vakil tomonidan barcha guruhlar a’zolari oldida taqdimot qilishdan iborat. Bunday taqdimot yakka tartibda berilgan vazifani bajargan biror o‘quvchi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. 9. Kichik ma’ruzalar – interaktiv mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy ma’lumotlarni yetkazish maqsadida o‘qituvchi, ma’ruzachi yoki o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi. 10. Muhokamalar o‘tkazish – dars mavzusiga doir masalalar yuzasidan hamkorlikda fikr yuritish va xulosalar chiqarishga yo‘naltirilgan interaktiv mashqlardan iborat. 11. Xulosalar va vazifalarni belgilash – mashg‘ulot davomidagi xulosalarni jamlash va umumlashtirish hamda o‘quvchilar uchun navbatdagi vazifalarni belgilab berishdan iborat. 12. Mashg‘ulotni yakunlash – mashg‘ulotdan qoniqqanlik darajasini har bir o‘quvchi tomonidan baholashni har turli interaktiv shakllarda tashkil etiladi. Bu baholash natijalarini keyingi mashg‘ulotlarni tashkil etishda hisobga olib boriladi. Interaktiv mashg‘ulotning asosiy shakllari: katta doira, charxpalak, akvarium, kichik guruhlarda (juftlikda) ishlash va boshqalar. Interaktiv mashg‘ulotning asosiy usullari: interaktiv seminar, trening, ma’ruza, aqliy huju, ishchanlik o‘yini, rolli o‘yin, muhokama, bahs, munozara, tanqidiy fikrlash, skarabey, bumerang, zigzag yoki arra, press, intervyu, zanjir, sinkveyn, pinbord, insert, suratli diktant, chigilyozdi, muzyorarlar va boshqalar. Shu bilan birga ta’kidlash zarurki, interaktiv mashg‘ulotlarda shakl va usullar birgalikda mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishdagina ajratish mumkin. Interaktiv mashg‘ulotlar aniq rejalashtirilgan holda dars maqsadini belgilab, dars loyihasi va algoritmini ishlab chiqilgandan keyingina amalga oshiriladi. Interaktiv usullarning barchasida ham o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko‘zda tutiladi. Masalan, biror bir mavzuni o‘rgatishda uni modellashtirish qismida o‘qituvchi o‘quvchilarga modelni namoyish qilish oldida “Aqliy hujum” metodidan foydalanishi mumkin. Ya’ni o‘quvchilar qo‘yilgan muammoni qanday tushunishlari va ko‘nikmani qanday egallashlari mumkinligi ulardan so‘ralib, ularning fikrlari umumlashtiriladi. Bunda o‘quvchilar fikri mutlaqo tanqid qilinmaydi. Amaliy boshqaruv qismida o‘qituvchi “Hamrohingga o‘rgat” metodidan foydalanishi mumkin. Bu metod darsni optimal tashkil etishga imkoniyat yaratib, o‘quvchilrning o‘z faoliyatini tanqidiy nazorat qilish va xatolarni bartaraf etishga o‘rgatadi. Uni qo‘llash quyidagicha: Sinf birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo‘linadi. Darsni o‘tish modelidan foydalanib birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor esa birinchisiga modeldagi qismlarni o‘rgatadi. O‘qituvchi xohlovchilarga ta’lim metodlari vositasida model qismlarini avval tushuntiradi keyin ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘qituvchi aytgan va ko‘rsatganlarini takrorlaydilar va bajaradilar. O‘qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o‘ziga ixtiyoriy 2 nafar hamkorni tanlaydi. O‘qituvchi o‘z hamkorlariga modelni bosqichma-bosqich bajartirib ko‘radi. Tushunmaganlarini tushunib o‘rganishlariga yordam beradi. O‘qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qismni bir-birlariga o‘rgatishlari va bajarishlarini aytadi. Ularni ishlarini nazorat qilib, kamchiliklarni bartaraf etishga yordamlashadi. Shundan keyingina navbatdagi bosqichga o‘tiladi. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini ham bajarishda davom etadi. Bu o‘quvchilarni bir-biriga va o‘ziga talabchan bo‘lishga, xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga, ishni tanqidiy baholay bilishga o‘rgatadi. Tushunchalarni tekshirishda o‘qituvchi turli interaktiv metodlar (“Bumerang”, “Charxpalak”, “Aql charxi” va boshqalar)dan foydalanishi mumkin. Masalan, “Charxpalak metodi”. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Masalan: Bu gruppaga uyin va musobaqa metodlari kiradi. Uyin metodi-ko‘p belgilarni egallab olgan bulib jismoniy tarbiyada uyin uchun xarakterli. Jismoniy tarbiyada uyin o‘rgatish va tarbiyalash metodidir.Uyinda turmush jarayeni maqsadida kerak bo‘lgan harakat malakalarini egallab olinadi va turmushga mehnatga vatan mudofaasiga tayyorlaydi. O‘yin odamlarni turmushga tayyorlab odamlarini madaniyatini shakllantirishga asosiy manba xisoblanadi. Shuning uchun uyin tubandagi funksiyani bajarishi kerak. Tayyorlovchi-odamning ma’naviy va jismoniy kuchlarini rivojlantirishda sotsial aktivligi faoliyatini tarbiyalashi kerak. Xordiq chiqarish (bo‘sh vaqtni qo‘llash modeli) - odamlar orasidagi munosabatini shakllantirishi kerak. Bu asosiy vazifalar uyinning mazmunini va yunalishini aniqlaydi. Jismoniy tarbiyada uyinlar mazmuni harakat faoliyatini tashkil etadi va odamni jismoniy takomillashtirishga yordam beradi.Uyin metodini anik o‘yinlardagina emas balki boshqa o‘yinlar vositalarida va formalarida amalga oshirish mumkin. Darsni butun 45 minut davomida uyin metodini o‘tkazish mumkin. Uyin metodini tubandagi belgilarda aniqlash mumkin: 1. Uyin faoliyatida emotsional va bir biriga qarshilik ko‘rsatish elementlari aniq bo‘lishi. Uyin metodi odamlar orasidagi o‘zaro munosabatini aniqlaydi. 2. Harakat faoliyatini bajarish shartlar kurash olib borish shartlari uzgarishi. 3. Harakat faoliyatida ijobiy tashabbus yuqori talablar oshishi. 4. Harakat faoliyatida va me’rida kat’iy reglamentning yo‘qligi. 5. Uyin jarayonidagi vazifalarga xar xil Harakat malakalari va sifatlari kompleks namoyon bo‘lishi. 6. Ko‘p holatlarda o‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabat qandaydir predmetlar orqali amalga oshiriladi. Musobaqa metodi-o‘zining belgilari bilan musobaqa xarakteriga ega bo‘ladi. Musobaqa jismoniy mashqlar mashg‘ulotini tashkil qilish formalarida biridir. O‘quvchilarni qiziqtirishda musobaqa metodida butun dars davomida o‘tishi mumkin. Bu metod uyin metodi bilan umumiy o‘xshashliklari ko‘p.Ular orasida prinsipial ayirmalar bor. Hamma vaqt o‘yin metodida o‘rgatish metodida mazmun syujeti bo‘ladi. Musobaqa metodida moment yo‘q bo‘ladi. Harakat faoliyatini bajarish jarayoni mazmuniga bo‘yso‘ngan bo‘ladi. Agarda brevnada yurib o‘tish takomillashtirilsa bu o‘yin metodi yurib o‘tishda tez harakatlansa bu musobaqa metodi. Musobaqa metodi xarakterli belgilari quyidagicha: 1. Belgilangan koida buyicha harakat jarayonida butun faoliyat yengish g‘alaba qilish vazifalariga qaratilgandir. 2. Yuqori sport natijalariga va birinchilik uchun kurashishga qaratilgan jismoniy psixik kuchlarni maksimal namoyon qilish. 3. O‘quvchilar mashqlarni bajarishdagi imkoniyatlarni cheklab qo‘yish va nagruzkalarni boshqarib borish musobaqa metodi mashqlarini takomillashtirishda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar topshiriqni bajarganlaridan keyin ularning ishlari guruhdagi boshqa o‘quvchilarga tarqatildi. Ular tegishli o‘zgartishlar kiritganlaridan keyin yana boshqa o‘quvchilarga beriladi va shu tarzda o‘quvchilarning har birining ishi guruhdagi barcha o‘quvchilar qo‘lidan o‘tadi va oxiri o‘ziga qaytadi. Har birlari o‘zlari nuqtai nazaridan ishga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin. Keyin o‘qituvchi to‘g‘ri javobni ko‘rsatadi. Bu usulda o‘quvchilar ijodiy fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin bayon etishga va o‘z kamchiliklarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Metodik usullar ko‘p, bir xillari yuqoladi ko‘rinishi o‘zgaradi. O‘qituvchining ijodi bilan yangilari paydo buladi.O‘qitish 2 tomonlama jarayondir.O‘qituvchi o‘qitadi o‘quvchi o‘qiydi.Shuning uchun o‘qituvchi qo‘llaydigan o‘qitish metodi (metod usulli)o‘qitish usuli bulmasdan informatik boshqarish vazifasini bajaruvchi (tushuntiradi, ko‘rsatadi, buyruk beradi) va o‘quvchini o‘qitish usulidir (o‘quvchi eshitadi, kuzatadi, bajaradi). O‘qituvchi va o‘quvchining yetaklovchi roli o‘zaro bog‘langanligidir. Bir ko‘rinishdagi bu bog‘lanish juda murakkabdir. O‘quvchining tashqi ko‘rinishdagi harakat belgilari o‘qituvchining talabiga bog‘liq. Masalan: O‘qituvchi mashqlarni tushuntiradi va ko‘rsatadi. O‘quvchilar uni bajarishga intiladi. O‘quvchining harakatida yana bir tomon bor. Bu kuzatuvchidan yashiringan o‘qishga o‘rgatadigan topshiriqlarni o‘quvchilar tomonidan olingan ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayoni faollik bilish darajasi bahona mezoni (o‘qishga uyg‘otadigan). Masalan: 2 o‘quvchi O‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan harakatni bir xil samarada bajaradi, ulardan bir ko‘rgan mashqlarini tashki ko‘rinishga ikkinchisi o‘zida bo‘lgan harakat tajribasiga tayanib tahlil qiladi. Bir metodni o‘zini qo‘llaganda o‘quv materiallarni o‘zlashtirishda har doim bir nechta variantlari bo‘ladi. O‘qitishning metod va metodik usullar sistemasi ayrim vaqtda tashkil qilish formasi konkret harakat faoliyatini o‘rganish uchun o‘quvchilarni doimiy tarkibi o‘rgatish metodi deb aytiladi. O‘qitish metodikasi umumiy talablar xar bir konkret holatlarda u yoki bu metodning maqsadga muvofiq qo‘llash bir qancha talablarga rioya qilishni ta’minlaydi. 1. Metodni ilmiy asoslanganligi jismoniy mashqlar mashg‘ulotida sog‘lomlashtirish ta’lim tarbiya samarasini ta’minlaydi. 2. O‘qitishning qo‘yilgan vazifalarga muvofiqligi darsga aniq vazifalarning qo‘yilishiga imkon beradi. Masalan: Vazifa qo‘yilgan "Eshakdan oyoqlarni kerib sakrashni o‘rgatish". Bunday metodlarni aniqlab olish imkoni yuq. Umumiy vazifalarni qo‘yilishida yaxlit va bo‘laklarga bo‘lib o‘qitish metodini teng me’yorini qo‘llash mumkin. Vazifa aniq qo‘yilsa: eshakdan oyoqlarni kerib sakrashda qo‘llar bilan itarishni o‘rgatish bo‘lsa bo‘laklarga bo‘lib o‘qitish metodi qo‘llaniladi. 3. O‘qitishning tarbiyaviy xarakterini ta’minlash. Har bir tanlab olingan metod o‘qitish samarasini ta’minlab qolmay o‘quvchilarni bilish faolligini tarbiyalaydi. 4. O‘qitish prinsipini muvofiqligi o‘qitish metodi barcha prinsiplar sistemasi amalga oshirishda tayanishga majbur. Masalan : o‘qituvchi ko‘rsatmalilik prinsipidan faqat mashqlarni ko‘rsatsa bu demak ko‘rsatmalilik prinsipidan to‘la foydalangan degani emas. Ko‘rsatib so‘zlash kerak. 5. O‘quv materiallarni spetsifikasiga muvofiqligi. Jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun o‘qitish metodlari bir xil. Masalan: ayrim jismoniy mashqlarga o‘rgatishda og‘zaki metod bilan chegaralanadi. Yengil atletika mashqlarini o‘rgatishda ko‘rsatmalilik metodidan foydalalaniladi. 6. O‘quvchilarni shaxsiy va gurux tayyorgarligiga muvofiqligi. O‘quv materiallarni qabul kilishni ularni yoshini hisobga olgan holda o‘quvchilar uchun yaxlit o‘rganish metodi mosdir. Kam tayyergarlik ko‘rganlar bilan bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish metodidan foydalaniladi. 7. O‘qituvchining imkoniyatlariga va shaxsiy xususiyatlariga muvofikligidir. Har bir o‘qituvchi o‘qitishning barcha metodlarini keng xajmda egallashi shartdir. Sabablarga kura xar bir o‘qituvchi ayrim metodlarni yaxshi qiladilar,boshqalari boshqasini yaxshi bilgan metodidan foydalanish afzal. 8. Mashg‘ulot sharoitlariga muvofiqligi standart bo‘lmagan asbob uskunalar bo‘lsa darsning yuqori motor zichligiga va yaxlit o‘rganish metodida muvafaqqiyatlarga erishish mumkin. Agarda zalda 2-3 kanat bo‘lsa tirmashib chiqishga o‘rgatishda yaqinlashtiruvchi mashqlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunda frontal tashkil qilish usuli qo‘llaniladi. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling