Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari Mundarija
Download 222.5 Kb.
|
jismoniy tarbiya darslarida o\'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishning quyidagi omillarini ishlab chiqdik.
Testlar natijasi.
XulosaO‘zbekiston Respublikasining istiqloli, uning rivojlanishi va taraqqiyoti aqli, bilimdon, ishbilarmon va zukko insonlarga bog‘liq. Bunday insonlar maktab yillaridan boshlab tayyorlanishi lozim va bu tayyorgarlik o‘qituvchilardan fanning eng keyingi yutuqlaridan foydalanib ta’lim jarayonini samarali tashkil etishni talab etadi.Biz olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lidari harakatlari bugungi kunning zarur muammolaridan biri ekanligiga ishonch hosil qildik.Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishning quyidagi omillarini ishlab chiqdik.Ta’lim – tarbiya ishlarini muvaffaqqiyatli tashkil etish uchun o‘quvchilarni bilim qobiliyati darajalarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Faqat shundagina o‘qituvchi ta’lim samaradorligini oshirishga harakat qiladi. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarining izchil qo‘llanishi jismoniy tariya darslari samaradorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchi ta’lim jarayonini loyihalashtirar ekan, har bir etapda o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar mazmunini aniq belgilaydi va shunga doir o‘quvchilar faoliyatini tashkil etadi. Jismoniy tarbiyani tizimli aniq maqsad asosida tashkil etish, bunda turli didaktik o‘yinlar va interaktiv usullardan oqilona foydalanish uning samaradorligini oshiradi. Bir xil harakatlar bilan xar xil faoliyatni bir xil faoliyat bilan xar xil harakatlarni bajarish mumkin. Konkrekt vazifalarni yechishga qaratilgan harakat va uning asosida aniq sistemaga birlashgan harakatlar faoliyatini tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya vazifalarini yechishga qaratilgan va qonunlarga bo‘yso‘ngan harakatlar jismoniy mashqlarni tashkil qiladi. Xulosa qilib aytganda jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish pedagogikaning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, u keng tadqiqot ishlari olib borishni taqazo qiladi. Birgina bitiruv malakaviy ishda bu muammoni keng va har tomonlama ishlab chiqish qiyin. Biz amaliy faoliyatimiz davomida bu muammoni yanada kengroq tadqiqot qilishni maqsad qilib qo‘ydik.Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni shakllantirishda quyidagi tavsiyalarni beramiz: Dars qismlarining o‘zaro munosabati va elementlarining o‘quvchilar yoshidan kelib chiqib tanlash; Dars mazmuni jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim; Dars turlarini o‘quvchilar (sinf) yoshiga bog‘liq holda taqsimlash; Mashg‘ulotning turli bosqichlarida oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilish ma’naviy tajriba, iroda sifatlari, mustaqil fikrlash, mehnat qilish, sport g‘alabalari va mag‘lubiyatlariga matonatli bo‘lishni shakllantirishi lozim. O‘rganilayotgan harakatlar o‘quvchilar tomonidan to‘liq buzilmagan holda qabul qilinishi lozim. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling