Jismoniy tarbiya fanidan Davlat ta`lim standarti
Download 54.5 Kb.
|
jismoniy tarbiya дтс
Ko`nikmalar:
- qomatni rostlaydigan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasini bajarish, to`ldirma to`plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarish; - qiya joylashtirilgan gimnastika o`rindig`i ustidan qo`llarga tortilib tirmashib chiqishni bajarish; - gimnastik narvonda orqa bilan qo`llarga osilib 30 soniya mobaynida turish, shu holatda tizzalarni yuqoriga ko`tarib tushirishlarni bajarish; - signal bo`yicha to`xtash bilan yurish, tizzani baland ko`tarib sekin yugurish, yuqori startdan yugurish usullarini bajarish; - turgan joyidan to`pni uloqtirish (nishonga va uzoqqa) mashqlarini bajarish; - basketbol o`yinida turish, siljish, harakatlanish, ikki qo`l bilan to`pni ko`krakdan sherigiga uzatish, joyida turib to`pni o`ng va chap qo`llarda polga (yerga) urib turish mashq usullarini bajarish; - harakatli o`yinlarda, yugurish, sakrash, va turli to`siqlardan o`tishda turli estafetalar o`tkazilishida shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal etib bajarish; - futbolchilarning harakatlanishini (yugurish, sakrash, juftlama va chalishtirma qadam tashlab yugurish) bajarish; - futbolchilarning o`yinda o`zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish, darvozobon harakatlarini bajarish. Malakalar: - dastlabki holat asosiy turish, ikki marta oldinga o`mboloq oshishni, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga «Ko`prik» hosil qilish va bir qo`lda tayanib yondan orqaga burilish, cho`qqayib tayanishga o`tish hamda gavdani to`g`irlab yuqoriga sakrab, yumshoq qo`nish mashqlarini bajara olish; - baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar) mashqlarini bajara olish; - balandligi 90 sm «Xari»(kozyol) ustiga sakrab chiqish va yuqoriga kerilib oyoqlarni yozib yumshoq sakrab tushish (o`g`il bolalar); - balandligi 80 sm «Ot» (kon) tutqichini ushlab ustiga chiqish va yuqoriga kerilib sakrab tushish (qiz bolalar); - yugurib kelib handak chetidan uzunlikka sakrashni bajara olish; - joyida turib va qadam tashlab to`p bilan to`g`riga harakatlanish, to`p bilan ikki qadam yurib to`xtash, to`pni 2-3 metr masofadan ikki qo`llab ko`krakdan basketbol savatiga tashlash mashqlarini bajara olish; - «To`plarni qatordan uzatish», «Man etilgan mashq», «Doira bo`ylab to`p uzatish», «Hamma o`z bayroqchasiga», «Bolalarda tartib kat`iy», «Kun va tun», «Oq ayiqlar» kabi harakatli o`yinlarni bajara olish; - turgan to`pni oyoq yuzasining ichki yoni bilan tepish, dumalab kelayotgan to`pni oyoqning ichki yoni bilan to`xtatish mashqlarini bajara olish. 4-sinf Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling