Jismoniy tarbiya fanidan Davlat ta`lim standarti
Download 54.5 Kb.
|
jismoniy tarbiya дтс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-sinf Bilimlar
Ko`nikmalar:
- har-xil dastlabki holatlardan (tizzaga tayanib, tayanib o`tirib, orqaga o`girilib turgan holatda) buyruq va signallar orqali yugurishlarni bajarish; - tennis yoki kichik hajmdagi to`pni 6 metr masofadagi, balandligi 3 metr to`siqdan oshirib uloqtirish mashq usullarini bajarish; - 6 metr masofadan to`pni aniq nishonga uloqtirish mashqlarini bajarish; - arg`amchida turli sakrash mashqlarini bajarish; - joyidan turib ikki oyoqlab depsinib sakrashni va yugurib kelib 30 sm rezinkali to`siq ustidan sakrab o`tish; - futbolchining harakatlanishi, to`g`riga yugurish, signal bo`yicha to`xtash, qarama-qarshi tomonga yugurish, ilon izi bo`lib yugurish mashqlarini bajarish; - erkin suzish usuli mashq elementlarini bajarish. Malakalar: - «Chapga, o`ngga, orqaga buriling!”, “Turgan joyida yuring!”, “To`g`riga yuring!”, “Tartib bilan sanang!”, “Bir (ikki, uch, to`rt) qatorga saflaning!” buyruqlarini bajarish; - umumrivojlantiruvchi mashqlarni buyumlar (gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, kichik to`plar) va buyumsiz bajara olish; - g`ujanak bo`lib o`tirish, oldinga o`mboloq oshish, kuraklarda tik turish, yon tomonga o`mboloq oshish, “Ko`prik” turish, chalqancha yotgan holda ikki oyoq uchini qo`l bilan ushlash mashqlarini bajara olish; - bir oyoqda turib, qo`llarni yonga uzatib muvozanat saqlash “Qaldirg`och” holatida turish mashq usullarini bajara olish; - 30 metrga tez yugurish va 3x10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish; - kichik to`pni 6 metr masofadan baland to`siq orqali oshirib uloqtirish, 6-8 metrdan to`pni nishonga uloqtirish mashq usullarini bajara olish; - yugurish, sakrash, to`pni aniq va uzoqqa uloqtirish bilan beriladigan o`yin mashqlarini bajara olish; - harakatli o`yinlarni qoidalari bilan aniq bajara olish; - 25 metrga erkin usulda suzishni bajara olish. 3-sinf Bilimlar: - asta va o`rta tezlikda yugurish, 200 metr masofali bo`limlarni (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarishni bilish; - sakrash chuqurchasiga yugurib kelib uzunlikka depsinib sakrash; - tepalikdan (50-60 sm) sakrab tushishlar; - to`pni uzoqqa va aniq nishonga joyidan turib uloqtirish; - arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda qatnashish; - o`yin qoidalarini bilish; - erkin holatda 25-30 metrga suzish; - «Gulnoz», «Sho`x qizlar», «Lazgi», «Yalla» va «Paxtaoy» kabi milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish; - har-xil nojo`yaa harakatlardan shikastlanishning oldini olish qoidalarini bilish; - jismoniy mashqlarning inson salomatligini mustahkamlanishida va qomatning to`g`ri shakllanishiga ijobiy ta`sirini bilish; - saf mashqlari: keng qadamlab yurish, tez va sekin qadamlab yurish, ikki qator bo`lib saflanish, ikki qatordan bir qatorga saflanish, «ilon izi» bo`lib yurishlarni bilish, boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish, gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o`ngga) egish mashqlarini bajara olish. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling