Jismoniy tarbiya fanidan Davlat ta`lim standarti
Download 54.5 Kb.
|
jismoniy tarbiya дтс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-sinf Bilimlar
Ko`nikmalar:
- buyruq va signal bo`yicha to`xtash, to`xtab oyoq uchida, tovonda yurish mashqlarini bajarish; - arg`amchidan sakrash, 30-40 sm balandlikdan pastga sakrash bilan yumshoq qo`nish mashqlarini bajarish; - gimnastik narvon qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiq ustidan yuqoriga tirmashib chiqish va pastga tushishni, gimnastik devorga tirmashib chiqish va gimnastik narvonningg 3 ushlagich tayoqchasidan yengil pastga sakrab tushish mashqlarini bajarish; - 30 metr masofaga juft-juft, guruh bo`lib tez yugurish mashqlarini bajarish; - turgan joyidan va yugurib kelib uzunlikka sakrashni, 2 daqiqa davomida asta-sekin yugurish, yurishni-yugurish bilan almashlab yugurish hamda yugurish elementlari bilan o`yin mashqlari, «Kim kuchli?», «Kim chaqqon?» quvnoq harakatli o`yinlarni bajarishni bilish; - harakatli o`yinlar orqali chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, o`yin mazmunini anglab olishni bilish va bajarish. Malaka: - shaxsiy gigiena va ovqatlanish tartibiga rioya qilish, kun tartibini talab darajasida bajara olish; - gimnastika mashqlarini buyumlar bilan mustaqil bajara olish; - safga ketma-ket qatorga saflanish, asosiy tik turish, doira shaklida saflanish, turgan joyida qo`llarni yon tomonga ochib oraliq masofani saqlash, burilishlar, safda yurish va to`xtash mashqlarini bajara olish; - saf mashqlari: «Saflaning!», «Tekislaning!», «Rostlanning!», «Erkin turing!», «Buriling!», «Tartib bilan sanang!» buyruqlarini bajarish; - 150 metrga yurish, 30 metrga juft-juft bo`lib yugurish, 3x10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish. 2-sinf Bilimlar: - jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish; - jismoniy mashqlarning salomatlikni mustahkamlashda, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda, qaddi-qomatni to`g`ri shakllantirishga bo`lgan ijobiy ta`sirini bilish; - maktabda va uyda jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida shikastlanishni oldini olish qoidalarini bilish va gimnastik saflanish, qayta saflanish, bir kishilik qatordan ikki, uch, to`rt kishilik qatorga saflanish mashqlarini bajarishni bilish. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling