Jismoniy tarbiya fanidan Davlat ta`lim standarti
Download 54.5 Kb.
|
jismoniy tarbiya дтс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`nikmalar
Bilimlar:
- mashg`ulot vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni bilish; - guruh bilan birga 60 metr masofaga past startdan chiqib yugurish; - asta-sekin yugurib 200 metr masofani 3-4 marta (dam olib) o`rta tezlikda yugurish; - to`pni uzoq masofaga aniq nishonga 3-4 qadam tashlab uloqtirish, maksimal yugurishga berilgan topshiriqlarni bajarish; - futbol va sport o`yinlari elementlarini almashtirib bajarish; - harakatli o`yinlarni jamoa ishtirokida sardor sifatida bajarish. Ko`nikmalar: - buyumlarsiz umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish; - «Yarim shpagat» va «Shpagat» bajarish uchun maxsus mashqlarni bajarish; - tik turib qo`llar yonda, o`ng va chap oyoqlarda «Qaldirg`och» hosil qilish, ikki marta kema-ket oldinga o`mboloq oshib, yuqoriga kerilib sakrash mashqlarini bajarish; - tik arqonga (2-3 metr) ko`rsatilgan usulda tirmashib chiqish mashqlarini bajarish; - yakka cho`p ustida oddiy yurish, oyoq uchida, yonlarga, oldinga va orqaga juftlama qadam bilan harakatlanishlarni bajarish; - 50-100 metr masofaga har xil tezlik bilan sportcha yurish, 30-40 metrga past startdan yugurish, 50 metrga yuqori startdan yugurish mashqlarini bajarish; - yuqori startdan chiqib har-xil tezlik bilan yugurishlarni bajarish; - basketbolda himoya va hujum harakatlarini bajarib yurish, to`pni ilib olish va ikkala qo`l bilan joyida turib va joyni almashtirib harakatlanish, to`pni bir qo`l bilan to`g`ri chiziq bo`ylab olib yurish usullarini bajarish; - futbolchilarning o`yin usullarini bajarish vaqtida xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda bajarish; - harakatli o`yinlarni tashkil etishda o`qituvchiga ko`maklashish; - «Oq terakmi ko`k terak», «Raqam bilan chaqirish», «Kim chaqqon», «To`pni tushirib yuborma», «To`pni uzatib yugurish estafetasi», «To`pni savatga tashla» o`yinlarni bajarish; - erkin usulda suzishni bajarish. Malakalar: - saf mashqlari: o`qituvchilarga raport topshirish, turgan joyidan orqaga burilish, tartib bo`yicha sanash, bir qatordan uch qatorga tekis saflanish, yurish davomida burilish, 3, 4, 5 qator bo`lib ketma-ket saflanish usullarini bajara olish; - gimnastika mashqlarini katta tanaffus va dars pauzalarida bajara olish; - buyumlar bilan (gimnastika tayoqchalar, gantellar, gardishlar, kichik to`plar, arg`amchi) bajara olish; - umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajara olish; - dastlabki holat oyoqlar kerilgan, qo`llar yuqoriga, orqaga engashib «Ko`prik» tushishni bajara olish; - 4x10 metr masofaga mokisimon yugurish, 1000 metrgacha yurishni (80-100 metr) almashlab yugurish, yugurib kelib «Oyoqlarni bukib» sakrash usullarini bajara olish; - to`g`ridan va yon tomondan yugurib kelib «Xatlab o`tish» usuli bilan balandlikka sakrash, to`pni 1 qadamdan 10-12 metr masofadagi 1x1 hajmdagi tik nishonga aniq uloqtirish usullarini bajara olish; - arqonga 3 usulda tirmashib chiqish usullarini bajara olish; - yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish; - basketbol shit oldida burchak hosil qilib to`pni yelkadan bir qo`l bilan o`ngdan, chapdan savatga tashlash (2,5 metr masofadan 3 urinishda) usullarini bajara olish; - juft-juft bo`lib 2,5 metr masofadan 20 soniya mobaynida sherigiga uzatish va qabul qilish mashqlarini bajara olish; - voleybol o`yinidagi qoidalar to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lish; - futbol bo`yicha o`yin usullari va mezon talablarini bajarish; - harakatli o`yinlar qoidasini, mazmunini, tashkiliy tomonlarini bilish, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgisi- sakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me`yorlarini bajara olish; 50 metr masofaga erkin suzish. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling