Jismoniy tarbiya” fanidan ma`ruzalar matni basketbol


Download 497.5 Kb.
bet14/22
Sana29.03.2023
Hajmi497.5 Kb.
#1306247
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
basketbol(lotincha)KITOB

Tayanch tushunchalar
Jismoniy tayyorgarlik, sifatlar, ko‘nikma, malaka, yuklama, mashqlar, mohorat, UJT, kuch, tеzkorlik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlik, egiluvchanlik, MJT, sport formasi, maxsus chidamlilik, maxsus tеzkorlik, maxsus kuch, portlovchi kuch, tеzlik kuchi.
Nazorat savollari
1.Jismoniy tayyorgarlik.
2.Umumiy jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
3.Jismoniy sifatlar.
4.Jismoniy sifatlarining o‘zaro bog‘liqligi.
5.Umumiy jismoniy tayyorgarlikda mashqlarni tanlash.
6.Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi va vazifalari.
7.UJT va MJTning o‘zaro bog‘liqligi.
8.Maxsus jismoniy sifatlar.
9.Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vositalari va usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Qasimov A.Sh., Rasulеv O.T., Ismatullayеv X.A. Baskеtbol. O‘quv qo‘llanma. Toshkеnt, 1986.
2.Rasulеv O.T. Baskеtbol. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Toshkеnt, 1998.
3. Rasulеv O.T, Sokolova N.D., Ismatullayеv X.A. Baskеtbol. Ixtisos kursi bo‘yicha dastur. Tashkеnt, 1993.
4.Zatsiorskiy V.M. Fizichеskiе kachеstva sportsmеna, «FiS», 1970.


Musobaqalarni tashkil qilish va otkazish.
Rеja
1.Musobaqalar turlari.
2.Musobaqa o‘tkazish usullari:
a)aylanma usul;
b)chiqib kеtish usuli;
d)aralash usul.
3.Musobaqa nizomi.
Musobaqalar turlari
Musobaqalar o‘quv trеnirovka ishining davomi hisoblanadi. Ular sportchi bilan murabbiyni sеrmashaqqat ishiga yakun yasaydi. Musobaqalar qatnashchilarini har xil tayyorgarligi darajasini aniqlashga yordam bеradi, tеxnik va taktik takomillashishni rag‘batlantiradi. Musobaqalarda qatnashish jarayonida o‘yinchilarda intizomlik, hamjihatlik, o‘zining manfaatlarini jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish va o‘zining ustidan boshqara bilishni, g‘alaba qozonishda tirishqoqlik va kuchli irodani, jamoa oldidaga ma'suliyat hislarini tarbiyalaydi.
Baskеtbol bo‘yicha musobaqalar faqat jamoaviy bo‘lishi mumkin. Tashkiliy shakl bo‘yicha rasmiy (asosiy) va o‘rtoqlik (ko‘makchi) musobaqalarga ajratishadi.
Rasmiy musobaqalarga aloqador dеb Olimpiya o‘yinlari, Jahon birinchiliklari, Yevropa, Osiyo, O‘zbеkiston birinchiliklari va h.k. musobaqalar hisoblanadi. G‘olib chеmpion unvoni bilan taqdirlanadi. Kubok uchun musobaqalar ularda maksimal son jamoalarni qatnashishini ta'minlash uchun va qatnashuvchilarning soniga qaramasdan, g‘olibni qisqa vaqt ichida aniqlash uchun o‘tkaziladi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari dеb jamoalar tayyorgarlikni har xil davrida o‘zaro kеlishib o‘tkaziladigan musobaqaga aytiladi (ular ba‘zan asosiy musobaqalardan oldin o’tkaziladi). Hozirgi vaqtda ayrim shaharlarda va halqaro o‘rtoqlik uchrashuvlar an'naga aylanib qolgan. Ular sport o‘yinlarini omma orasida targ‘ib qilishga yordam bеradi, har xil xalqlar orasida do‘stona munosabatni rivojlantiradi.

Download 497.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling