10.Sh
аhsiy va jamoat gigiyenаsi qоidаlаriga qаndаy riоya qilish kerаk. “Sog’lom
turmush tarsi deganda nimani tushunasiz?
Nima uchun ba’zi odamlar sovuqdan kasal bo‘lishadi-yu, ba’zilar esa qahraton sovuqda ham
yupqa kiyimda yurishadi va sovuq suvda cho'milishadi? Bu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Kimdir jazirama issiqda kun bo‘yi mehnat qilishi mumkin, kimningdir 2—3 soatlik ishdan
so‘ng oftobdan badani kuyadi. Sportda badani chiniqmagan kishi ozginajismoniy ish
qilgandan so‘ng tezda toliqadi va o'zini yomon his eta boshlaydi. Issiq va sovuqqa,
o'zgaruvchan nam havoga, jismoniy yuklamalarga chidamli bo‘Iish uchun gigiyena
qoidalariga amal qilish, ilmiy asoslangan jismoniy yuklamalarni muntazam bajarib borish
muhimdir. Bu qoidalaming ko'pchiligini inson yoshligidan o'zlashtiradi. Masalan, ob-havoga
qarab kiyinish, tishlami tozalash, ovqatdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish va hokazolar.
Shaxsiy gigiyenaning boshqa qoida va me’yorlari, ya’ni kun tartibi, dam olish hamda
mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo'yish, teri va badanga o‘z vaqtida qarash, me’yorida uxlash va
ovqatlanish, ust-
bosh va oyoq kiyimga qarash kabilar butun hayotimiz davomida, ta’lim-
tarbiya jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan odatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |