degan asarini yozib unda kasal va o‟limga qarshi choralari belgilangan edi.
Ichki kasalliklarning asoschisi M.Ya. Murodov (1776-1831) o ‟zining 1920
yili Moskva universitetida so‟zlagan nutqida tibbiyot asosida kasallikni oldini
olish
kerakligi va kasalni tuzatishdan ko‟ra uning oldini olgan m a‟qulligini aytdi. N.I.
Pirogov (1810-1881) profilaktik tibbiyotni taraqqiy ettirib: «Men gigiyenaga
ishonaman, bizning fanimizning haqiqiy taraqqiychisi, kelajak profilaktik
tibbiyotniki», -degan edi.
Keyinchalik I.P. Pavlov ham: «Gigiyenani kelajak tibbiyoti meditsinasi », -
deb atadi. Demokrat yozuvchilar V.G. Belinskiy, N.A. Dobrolyubov, D.I. Pisarev
ham salomatlikni qadriga yetib o‟zlarining asarlarida gigiyena savollarini
yoritdilar.
llmiy gigiyenik manbaning birinchisi 1871 yilda A.P. Dobroslavin(1842- 1889)
tomonidan Peterburgda tashkil etilgan harbiy-tibbiyot akademiyasi qoshidagi
gigiyena kafedrasidir. Bu kafedra xodimlari tomonidan bir qancha tekshirish
usullari joriy etilgan.
Bu fanning odamlar o‟rtasida tarqalishida «Zdorovye» jurnali katta ahamiyatga
ega. Uni ham Dobroslavin asoslagan va birinchi muharriri bo‟lgan. O‟n yildan
so‟ng Moskva universitetida ham gigiyena kafedrasi tashkil etiladi, uni F.F.
Erisman (1842-1915) boshqarib bordi. Erisman gigiyena kitobini yozib, unda ishchi
va xizmatchilarningilk sharoitini o‟rganishga asosiy e‟tibor berdi. Kafedra
qoshida sanitariya stansiyasini tashkil etdi. Uzoq yillar mobaynida Moskva
shahrida tibbiyot xodimlari malakasini oshirishda ilmiy-amaliy manba bo‟ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |