Erismanning o‟quvchilaridan G.V. Xlopin (1963-1929) 1904 yildan
boshlab
Peterburgda gigiyena kafedrasini boshqarib turdi. Harbiy
meditsina akademiyasiga
o‟tib ularda gigiyena bo‟yicha ko‟p jildli qo‟llanma yozdi. Uning
shogirdi V.A.
Uglov (1874-1942) hisoblanadi.
O‟zbekistonda tibbiyot institutlarida ishlab kafedralarni mudirlari
Bo‟lgan yetuk olimlardan S.N. Bobojonov, A.Z. Zoxidovlarni
ko'rsatishimiz mumkin. S.N. Bobojonov gijja kasalliklarini yuqishi,
alomatlari, oldini olish borasida ilmiy izlanishlar olib borgan, kerak
bo‟lgan vaqtda o‟zlarini hayotlarini ham ayamay xavf ostiga
qo‟yib, askarida lichinkasini odam tanasidagi migratsiyasini isbot
etdilar. A.Z. Zoxidov O‟zbekistonda sanitariya ilmiy tekshirish
institutini direktori bo‟lib, bir qancha ilmiy ishlarda rahbarlik
qilganlar. Har ikkala yetuk olimning nomlari hozirgi vaqtda
ko‟chalarga berilib, abadiylashtirilgan.
Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi fanining vazifasi
Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‟ullanadigan va tashqi muhit bilan muloqotda boladigan tanani o‟rganadi.
Buning natijasida gigiyena me‟yorlari ishlab chiqiladi, bularning hammasi
jismoniy tarbiya va sportchilarning sihat-salomatligini yaxshilashga, ish
qobiliyatini oshirishga qaratilgan boladi. Shunga asoslangan holda jismoniy tarbiya
va sport gigiyenasi oldiga quyidagi asosiy vazifa qo‟yiladi:
Zamonaviy tushuncha bo‟yicha gigiyena - bu jamoat sihat-salomatligini
saqlaydigan, sog‟lomlashtiradigan fandir. Uning asosiy vazifasi odamlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |