Jismoniy tarbiya metodikasining metodologik,ilmiy-nazariy,psixologo-pedagogik asoslari


Download 90.5 Kb.
bet4/8
Sana09.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1179875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA METODIKASINING METODOLOGIK

Og‘zaki ko‘rsatma. Ruhshunos va pedagoglarning tadqiqotlari 4,5 va ayniqsa 6 yoshli bolalar o‘ziga mos turli harakatfaoliyatining vazifa va shartlarini tushunib olishda yetarlitayyorgarlikka ega ekanliklarini ko‘rsatmoqda. Bu harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda og‘zaki ta’sir etish usullaridankeng foydalanish imkonini beradi. Ular faqat ko‘nikmalarniegallash sur’atini emas, balki sifatini ham oshiradi. “Bola rivojlanishining keyingi bosqichlarida og‘zaki ta’sir
etish tizimi yordamida avvalgi taassurotlar izlarining yangi birikma va kombinatsiyalarda jonlanishi yuz beradi.
Harakat faoliyatlarini tartiblashtirilgan usullari va o‘zlashtirish yo‘llari.
Jismoniy tarbiya metodlarida jismoniy yuklamava dam olishni yuqori ko‘rsatilgan usullari bilan bir qatorda harakat faoliyatlarini o‘zlashtirishning turlicha usullari va umumiy boshqarishni (tashkil etish) ma’lum shakllari mavjud.
Harakat faoliyatlarini o‘zlashtirishda 2 ta qarama-qarshi shakllar mavjud:
1. Tarkibiy elementlarga dastlabki bo‘linish (qismlab qo‘llanish);
2. Bo‘laklarga ajratmasdan (butunlay qo‘llanish).
Bu ikkala yondashish ham o‘rganilayotgan harakat xususiyatiga ularni murakkabligi yoki oddiyligi shug‘ullanuvchilarning dastlabki tayyorgarlik saviyasiga va boshqa shartlarga bog‘liq holda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda jismoniy tarbiyaning ixtiyoriy biror bir tizimi turlicha metodlarni o‘z ichiga oladi. Lekin har bir metod o‘z holicha etuk bo‘lmasdan, har bir muvoffaqiyat ilmiy ravishda asoslangan va amaliyotda tasdiqlangan metodlar majmuasini qo‘llash natijasida amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya metodlari.
So‘z metodi. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchining asosiy faoliyati so‘z bilan amalga oshiriladi: so‘z yordamida bilimlar beriladi, tushunishni faollashtiradi va chuqurlashtiriladi, vazifalar beriladi, ularning bajarilishi boshqariladi, natijalar taxlil qilinadi va baholanadi, bolalarni intizomi boshqariladi. So‘z shug‘ullanuvchilar faoliyatini tushunishda, baholashda va o‘zicha boshqarishda kerakli vazifani hal etadi. Shu bilan bir qatorda so‘z o‘zining qo‘llanilishiga ko‘ra u yoki bu dediktiv hikoya, suhbat,muhokama va va hokozolardan iborat.
So‘z metodiga:
1) instruktsiya berish;
2) qo‘shimcha tushuntirish;
3) ko‘rsatma va buyruqlar;
4) og‘zaki baholash;
5) o‘z-o‘ziga gaprish va o‘z-o‘ziga buyruq berish;
6) rag‘batlantirish,
7) so‘z orqali jabrlash;
8) umumiy buyruq;
9) tahlil qilish;
10) so‘z orqali o‘zaro munosabat va h.k.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling