Jismoniy tarbiya metodikasining metodologik,ilmiy-nazariy,psixologo-pedagogik asoslari


Download 90.5 Kb.
bet3/8
Sana09.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1179875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA METODIKASINING METODOLOGIK

Yaqqol eshitish metodlari harakatlarni ovoz orqaliboshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula engyaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat xaraktcrinibdgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Ko‘pinchabolalar bog‘chalarida musiqa asbobini chalishni bilmaydigantarbiyachi harakat sur’ati va ritmini boshqarishda chirmanda(buben)dan foydalanadi, bu ritmik ko‘rinishlarni o‘zgartirishdao‘zini yctarli darajada oqlaydi. Bundan tashqari o‘zining hazilmazmuni va ritmi bilan bolalarni jalb etuvchi xalq termalari,sherlari va boshqa matnlarini boshqarishga xizmat qilishimumkin.Shunday qilib, ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakatlarini to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy onginikengayishiga, harakatlarni bajarishda o‘z o‘zini nazorat qilishning vujudga kelishiga, harakatlar sur’ati va ritmini eshitishorqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Og‘zaki metodga oid usullar. Harakatlarga o‘rgatishdagiog‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga ulardagi mavjud hayotiy tajriba va tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirishda; harakatlarni aniq ko‘rsatish yoki uning ayrim elementlarnianiqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilganharakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqilbajarishlarida zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalarda; yangi jismoniymashqlar va harakatli o‘yinlarni joriy qilish yoki harakatlarnio‘rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o‘yin syujeti va hokazolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan o‘tkaziladigansuhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldinharakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlashyoki syujetli harakatli o‘yinlar obrazl ari haqidagi tasavvurning boryo‘qligini tekshirish, qoidalarni, o‘yin harakatlari vaboshqalarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan savollarida.
Obrazli syujetli hikoya og‘zaki usullarga mansub. Uharakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va o‘yin obrazigayaxshiroq kirish maqsadida qo‘llaniladi. Syujetli hikoyaamalda ertakni qisqa hikoya (1,5–2 minut) qilishga o‘xshashdir.U bolalarda o‘yin holati va harakatlarning barchasini xuddiko‘rib turgandek qayta tasavvur qilishga imkon beradi,emotsional holatni tiklaydi. Tarbiyachi o‘yinni odatdagichabir xilda tushuntirish, rollarni taqsimlash va harakat o‘rniniko‘rsatish (syujetsiz o‘yinda bo‘lganidek) o‘rniga o‘yin syujetiva qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling