Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan “Jismoniy tarbiya mashiqlarni o’rganishning tarkibiy tuzulishi”
Download 40.78 Kb.
|
gulmira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: To’lqin Eshquvvatov. Dots. _____
- KIRISH I BOB
- II BOB 2.1
- Mavzuning dolzarbligi. O’rganilganlik darajasi. Kurs ishning maqsadi. Kurs ishning vazifasi. Kurs ishning pridmeti.
- Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI KATTAQO’RG’ON FILIALI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI MAKTABGACHA TA’LIM VA PEDAGOGIKA KAFEDRASI JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI fanidan “Jismoniy tarbiya mashiqlarni o’rganishning tarkibiy tuzulishi” MAVZUSIDAGI KURS ISHI Bajaruvchi: Lapasova Gulmira. Ilmiy rahbar: Abdullayev Navro’z Kurs ishi Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasida bajarildi. Kafedra mudiri: To’lqin Eshquvvatov. Dots. _____ Kurs ishi kafedraning 2023-yil_____ majlisida himoya qilindi va __foizga baxolandi. Komissiya raisi: __________ A’zolari: _________ Kattaqo’rg’on-2023 MUNDARIJA
Mavzuning dolzarbligi. O’rganilganlik darajasi. Kurs ishning maqsadi. Kurs ishning vazifasi. Kurs ishning pridmeti. Kurs ishning o’bekti. Kurs ishning metodlari. Bliss so ‘rovnomasi , savol-javob, suhbat va munozara, taklif va muhokama , B1B2B3 Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, ikki bob , umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan va ilovalardan tashkil topgan I BOB
Mashg’ulotlar shaklining ular mazmuniga aloqadorligi. Har qanday harakat-faoliyatlarga 0‘rgatish m a’lum muddat davomida vujudga keladi.0‘rgatishning har bosqichi o ‘zining m a’lum vazifalari va ba’zi boshlovchi belgilari bilan ajralib turadi. Faqat bu vazifalarning izchilligi hisobga olingandagina o ‘qituvchi 0‘rgatish metodikasini to‘g‘ri tashkil qilishi, asosli 0‘rgatish, maqsadga muvofiq boigan yordamchi va tayyorlov mashqlarini, uslub va 0‘rgatish usullarini tanlab olishi m um kin. 0 ‘rgatish tarkibini aniq vazifalar,har xil bosqichlarning asoslari, manbalari va metodlari tashkil qiladi.Tarkibiy asoslar tuzilishi alohida harakatlarni o ‘rgatishni tasvirlaydi va tugallangan alohida jarayon hisoblanadi. Buning hamma elementlari,qism vazifalari, yordamchi va tayyorlov mashqlari,aniq harakat qila bilish va 0‘rgatish oxirgi maqsad-vazifalarga bog‘liq. Agarda o ‘rgatishning tugal vazifasi harakat malakasini takomillashtirish bo‘lsa,o‘rgatishni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: harakat bilan tanishtirish, harakatfaoliyatlarni o ‘rgatish va takomillashtirish. Uch bosqichli tarkib pedagogik amaliyotda ko‘proq uchraydi. Chunki bu harakat-faoliyatlarning o'zlashtirib olish darajasining takomillashuviga olib keladi. Biroq b a ’zi bir umumiy rivojlantirish vazifalarini hal etishda hamda yordamchi mashqlarni o ‘zlashtirib olishda, harakat faoliyatlarini malakagacha yetkazishda pedagogik maqsadga muvofiq awalgi ikkita bosqich bilan cheklanib qolinadi. O'rgatish bosqichlarini harakat malakasining fazalari bilan aralashtirib bo'lmaydi. Faza bu — harakat malakasining vujudga kelishining biologik qonuniyatlarining shartli tasviridir. Bosqich — pedagogik va biologik qonuniyatlarni aks ettiruvchi pedagogik jarayonning shartli bo'linishidir. Har bir bosqichning davom etishi harakat malakasini shakllantirish fazasiga o'xshash ko'pgina omillarga bog'liq: o'quvchining tayyorgarligiga, harakat-faoliyatning murakkabligi va hokazolar. 92 O'rgatish tarkibini o'zgarmas deb qarab bo'lmaydi. Ammo o'rgatishning ham m a bosqichlarida o'qituvchi va o'quvchi o'rganiladigan faoliyatni tahlil qiladi, ularni baholaydi va xatolarni to‘g‘rilaydi. Vazifa: shug'ullanuvchilarda o'rganiladigan harakat faoliyatlarini to'g'ri bajarish uchun zarur bo'lgan tushunchalar, tasawur hosil qilish va ularni o'zlashtirib olishda o'quvchilarda onglilik va faollikni kuzatish lozim bo'ladi. O'rgatish, o'quvchi tomonidan o'quv vazifasini anglashdan, uni hal etishning qoidasi va usulini tasawur qilishni shakllantirishdan boshlanishi kerak. Harakat faoliyatlari haqida tasaw ur hosil qilishni shakllantirish — jism oniy tarbiyaga o'rgatishning birdan bir o'ziga xos xususiyatidir. Tasawurni shakllantirish jarayonida uchta bir-biri bilan bog'langan shartlar — bo'g'in, zvenolar ajratiladi: — o'rgatish vazifasini tushunib yetish; — uni hal etish loyihasi (proyekti)ni tuzish; — harakat-faoliyatni bir butun yoki uning alohida qismini bajarishga urinish. Aniq pedagogik vaziyatga bog'liq bo'lib (masalan, yuqori jismoniy va nazariy tayyorgarlik darajasi, harakat-faoliyatning nisbatan yengilligi va hokazolar), bo'g'inlarning navbatlashishi, o ‘zgarishi mumkin. 0 ‘rgatish vazifasini tushunib yetish bilan birga, 0‘quvchi aniq harakat-faoliyatlarni o'rganishga bag'ishlangan butun dars vazifasini tushunib yetmog'i kerak (masalan, yugurib kelib balandlikka sakrashni o'rganishda va shu darsning o ‘zida, ya’ni balandlikka sakrashda yugurib kelishni o'rganish). O'quvchilar texnika asoslarini va o'rganiladigan harakat faoliyatlarini boshqaruvchi harakatlarni tushunishi kerak. Texnika qismlari keyingi bosqichlarda bilib boriladi. O'rgatish vazifasini hal etish loyihasi o'qituvchining tavsiyasi asosida o'quvchi tomonidan tuziladi. Ba’zi vaqtlarda asosiy loyiha asosida yordamchi loyihalar ham shakllanishi kerak. Masalan, bosh va qo'lda tik tiirishni o'rganishda bola muvozanatni yo'qotib, orqa tomonga yiqilayotgan bo'lsa, o'quvchi nima qilishini bilishi kerak. Tanishtirish bosqichida so'zdan foydalanish va ko'rsatmali idrok qilish metodlari eng ko'p qo'llaniladi. 93 Vazifa: harakat qila bilishlikni shakllantirish va uni rnalakaga o'tguniga qadar takomillashtirishdan iborat. Uning asosida alohida harakatlar va bir butun harakat faoliyatlarini ko‘p marotaba takrorlash jarayoni yotadi. Har bir takrorlash, oldingilariga o ‘xshashidan qat’i nazar, doimo yangi unsurlar bilan ajralib turadi. Obrazli qilib aytganda, „takrorlash qaytariqsiz bajariladi“ . Bu aynan yangi harakat faoliyatini asta-sekinlik bilan shakllantirishning garovidir. Butun takrorlash jarayonini shartli ikki bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiq: a) harakat qila bilishlikning vujudga kelishi; b) harakat qila bilishlikni takomillashtirish. 0 ‘rgatishning asosiy vazifasi — yetakchi harakatlarning muntazamligiga erishuvdan iborat. Harakat faoliyatlarini o'rganish bosqichida, 0 ‘rgatish metodining hamma guruhlaridan foydalaniladi: so‘zdan foydalanish (tushuntirish, topshiriq berish, ko‘rsatish, buyruqlar, ko‘rgazmali idrok qilish — ko‘rsatish, plakatlarni namoyish qilish). Biroq asosiy o'rinni amaliy metodlar egallaydi — qismlarga bo‘lib o‘rganish, bir butun o ‘rganish va boshqalar. Bu bosqichda, ayniqsa, harakat xatolarini eslatish va to ‘g‘rilash zarur. 0 ‘rgatishning butun yutug'i shu muammoning qanday hal etilishiga bog‘liq. Harakat faoliyati (boshqariladigan 0‘rgatishning asosi) va xatolarning vujudga kelishi (sinash va xatolar asosi) bilan bog'liq. Har qanday xatolar o ‘rgatishga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi, shuning uchun 0‘rgatish shartini qat’iy ravishda qismlashtirish va tartiblashtirish talab etiladi. Ammo xuddi qonunga aylanib qolganday, o ‘quvchi vazifalarni hal etishga xatolar orqali boradi. Obrazli qilib aytganda, xatolar foydali bo‘lishi kerak. Xatolarning asosiy roli texnikalarni individual (alohida, yakka) bajarganda kuzatiladi. Bu yerda har bir sinash izlanishdan iborat. Har qanday sinash xatosiz b o ‘lmaydi. 1. Aniq harakat faoliyatda brusga bukilib chiqishda qo‘lning bukilishi va bruslarga tayanib turishning hamma mashqlarida qomatning yaxshi emasligi umumiy xatolardandir. 1.2 Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o’zgarishlar bilan belgilanadi. Inson ish qobiliyatini mashg’ulotlar davomida o’rganish jismoniy tarbiya amaliyotida birichi galdagi muommoni tashkil etadi. Bu tabiiy holdir, chunki shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, ular taraqqiyotini boshqarib bo’lmaydi. Mashg’ulot tuzilishining pedagogik vazifalariga bog’liqligi. Ish qobiliyati asosiy bo’limlariga, shuningdek, pedagog hamda shug’ullanuvchi kishilar faoliyati mazmknining o’ziga xos xususiyatlariga binoan pedagogikaga oid asarlarda mashg’ulot kirish, tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga ajratiladi. Hozirga vaqtda kirish va tayyorgarlik qismlarini birlashtirib, mashg’ulotni tayyorgarlik (ba’zan uni kirish yoki kirish – tayyorgarlik qismi deb ataydilar), asosiy va yakuniy qismlarga bo’lish rasm bo’lgan. Ma’lum mashg’ulot o’tkaziladigan vaqt chegaralarini nazarda tutsak, bunday bo’lish mantiqan to’g’riroq bo’ladi, chunki darsning kirish qismiga to’g’ri keladigan start oldi holatlari mashg’ulot boshlangungacha bo’ladigan vaqtga mansubdir. To’g’ri, bunday holatlar faqat darsning kirish qismidagina sodir bo’lmay, balki barcha alohida vazifalarini (baho olish uchun harakatlar bajarish, o’quv musobaqalari va shunga o’xshashlarni) bajarish oldidan ham uchrab turadi, biroq ular bunda boshqacharoq sifat darajasiga o’tadi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z oldiga harakatlarni o’rgatish, turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalash, u yoki bu sog’lomlashtirish vazifasi singari ko’pgina vazifalar qo’yadi. Binobarin, mashg’ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama – qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo’lsak, u holda mashg’ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko’zga tashlanadi. Agar o’quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo’lsak, u holda qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin. Ba’zi bir vazifalarni hal etish uchun boshqa bir xil vazifaga kamroq kuch sarflash talab qilinadi. Shuning uchun har bir aniq holda shug’ullanuvchilarga unchalik qiyin tushunmaydigan vazifalar mashg’ulotlarning tayyorgarlik va yakuniy qismiga, eng muhim vazifalar (odatda eng qiyinlari) asosiy qismga kiritiladi. Shunday yo’l bilan umumiy usul talab, ya’ni shug’ullanuvchilarning ish qobiliyati har gal eng yaxshi bo’lishi ta’minlanadi. So’ngra mashg’ulotning tuzilishini ishlab chiqayotgan vaqtda mantiqiy talablariga (vazifalar miqdoriga binoan) bo’ysindirib, mulohazalarga amal qilishi kerak. Mashg’ulotlarni yuqori saviyada o’tkazish uchun, yuqorida keltirilgan fikrlardan tashqari shug’ullanuvchilarning faoliyatiga rahabarlik qilishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan umumiy uslubiy talablarga ham asoslanmoq kerak bo’ladi. Bu nuqtai nazadan qaraganda jismoniy mashq mashg’ulotlarining dars va darsdan tashqari shakllari bo’ladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’rta maktablarda g’oyat xilma - xil bo’lib, ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badan tarbiya, sport musobaqalar, tanaffusda o’qishlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi pedagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuvchilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’liq tashkil etiladi va o’tkaziladi, mashg’ulotning o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklini tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha bo’ladi. Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va hokazo. Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib, shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo’ladi. Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi. Maktabdagi darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat bo’yicha o’tkaziladigan ommaviy tadbirlardir. Darsdan tashqari ishning vazifalari qo’yidagilardan iborat. Maktab oldida turgan o’quv tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga organizmni chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishga yordam berish. O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirish. Maktab o’quvchilarida tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish. O’quvchilarning yaxshi dam olishlarini tashkil etish. O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish. Darsdan tashqari vaqtda gimnastika, yengil atletika, chang’ida yurish va turizm mashg’ulotlari shaklida seksiyalar, guruhlar jamoalarda o’tkaziladi. Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiyaga oid o’quv dasturlari materiali hisoblanadi. Bu material o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan dalada bajarish, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi. O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish kerak. Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10 sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi. Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga rahbarlik esa boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan biri zimmasiga yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi. Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida qatnashishlarini uyushtiradilar. II BOB
Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, grux, individual kabi turli usullaridan foydalanadi. Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashg’ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga o`rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qo`llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg’unligini tarbiyalashda, ularni barcha uchun barovar vazifalarni xal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishda, shuningdek mashg’ulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir. Bolalar mashg’ulot detallarini o`rganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi uncha katta bo`lmagan gruppaga bo`linishi mumkin. Bunda tartbiyachi mashqning bir yoki ikki guruhga tomonidan bajarilishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo`ladi, qolgan bolalar esa o`z o`rtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar. Bundan tashqari mashqlarni potok usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni navbatma-navbat, birin-ketin, to`xtovsiz potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko`lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi mumkin. Jismoniy mashqlarni poton usulida bajarish usulini katta va tayyorlov guruh bolalariga nisbatan qo`llash maqsadga muvofiqdir. Katta va tayyorlov guruhlarda gruppaviy usuldan foydalaniladi. U mashg’ulotda tarbiyachining bolalarni o`rgatish jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish bilan qo’shib olib borilgan hollarda qo`llaniladi. Bunda bolalarning bir gruppasi tarbiyachi raxbarligida biror-bir xarakatga o`rgatiladi ikkinchi guruh bolalari (yoki ikkita katta bo`lmagan guruh) esa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar (takroriy). O`zlariga avvaldan tanish biroq turli mashqlarni (to`p o`yini, tirishib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar (shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch guruh bolalar bo`lishi mumkin. Mashg’ulot jarayonida har bir bola o`ziga berilgan topshiriqlarni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida yakka yondashish usulidan foydalanish mumkin. Hamma uchun umumiy bo`lgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirig’iga ko’ra yakka tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida e’tiborini bolalarni yaxshi uyushtirishni barchani faol kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarishning to`g’riligini taxlil qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirig’iga ko`ra qayta bajarishga tayyor turishni talab etadi. Mashg’ulotda bolalar faoliyatini to`g’ri almashtirib turish umumiy zichligini ta’minlaydi. Mashg’ulotning umumiy zichligi pedagogik jihatdan o`zini oqlagan vaqtning mashg’ulot davomiyligiga nisbati bilan belgilanadi. Bolalarning tushuntirishlar, ko`rsatmalar, og’zaki instruksiyalarni idrok etishi, tarbiyachi namoyish etgan jismoniy mashqlarni bajarish usullarini tushuntirib berishi jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik jihatdan oqlangan hisoblanadi. Ertalabki gimnastika bolaning oila, yasli bolalar bog’chasidagi kundalik rejimining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o`tkazib turilishi bolalar asta-sekin yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar xushchaqchaqlik kayfiyatini o`yg’otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko`nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so’ng nerv tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o`tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy hislar o`yg’otadi. Uyqudan so`ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolani butun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko`rish, eshitish, tayanch harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulslar oqimi nerv tizimi ish qobiliyatini va organizmining xayot faoliyatini tiklaydi. Ertalabki gimnastika to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga ta’sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashishiga yordam beradi. Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarni ochiq havoda yoki darcha derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv qo`yish, dush) bilan o’tkazishlari juda sog’lomlashtiruvchi samara beradi, nerv tizimining umumiy holati va funksional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, almashinish reaksiyalarini yaxshilaydi, shamollash va yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, yengillik, quvonch sezgilarini o`yg’otadi. Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi, bunda shifokor ko’rsatmasi asosida har bir bolaga yakka yondashishga rioya qilinadi. Ertalabki gimnastikani o`tkazish uchun avval o`rganilgan mashqlar ichidan tanlanib, mashqlar majmuasi tuziladi. Mashqlarni quyidagi tartibda o`tkaziladi:yelka kamari mushaklarining rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo`g’imlari, ko`krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog’onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar;orqa mushagi va umurtqa pog’onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo`ljallangan, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo`g’imlarini rivojlantiruvchi mashqlar;qorin va oyoq mushaklarini rivojlantirishga mo`ljallangan mashqlar. Mashqlar majmuasini tuzishda har bir yosh guruhining yosh va yakka xususiyatini hisobga olish lozim. Ertalabki gimnastika birinchi kichik guruhdan boshlab joriy etiladi. Ertalabki gimnastikada harakatlarga o`rgatilmaydi, shuning uchun tarbiyachi mashkni oldindan tushuntirishi va namoyish qilishi kerak emas. Kichik va o`rta guruhlarda yilning birinchi yarmida tarbiyachi bolalarga mashqni o`zi bilan birga bajarishni taklif etadi. O`rta guruhning ikkinchi yarmi va katta va tayyorlov guruhlarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat uchun buyruq beradi. Mashq boshlashdan oldin va u tugagach, katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Kichik va o`rta guruhlarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikni oldini oladi. Ertalabki gimnastika so`ngidagi sur’atni sekinlatib yurish, turgan holatida oyoqlarini biroz qutarib qadam tashlash, nafas olish mashqlarini bajarish bilan tugallanadi. Bu bola yurak pulsini normal xolga keltiradi. Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o`rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg’ulotlar o`rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o`zida o`tkaziladi. Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo`lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi. Agar bola mashg’ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg’ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po`stlog’ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o’quv materialini o`zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg’iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o`zgartirish zarurligini ko’rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, hatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so`ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o’zlashtirish va ko’nikmalarni egallashga qodir bo`la olmaydilar. Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o`z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo`qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug’ullana boshlaydi. Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho`qqayib o`tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o`z ichiga yelka kamari va qo’llarga mo’ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi. 2.2 Mashg’ulotlarning darsdan tashqari shakllari. Download 40.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling