Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 141 Kb.
|
3 1 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ
Ta’limiy vazifalar Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi:
harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni ustirish; to‘g‘ri qaddi-qomat,gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash; jismoniy tarbiya xaqidagi bilimlarni uzlashtirish. Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish.) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar. Harakat ko‘nikmalari tashqi muxit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi; bola emaklab uzini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; chang‘ida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan bolalar kor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning hossalari bilan tanishadilar. Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, bug‘inlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Yosh guruhlariga oid harakat ko‘nikmalarining xajmi «Ilk qadam» tayanch dasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, [xokkey, futbol, voleybol) ni bajarishga o‘rgatish zarur. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni utirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim. Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning Boshlang‘iсh ko‘nikmalari (qul yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoqlar, xonalarni) ozoda tutish ko‘nikmalarini singdirish muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasihaqidagi jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yunalishi (yuqoriga, pastga, oldin-ga, orqa-ga, ung-ga, chap-ga, tula aylanish), jismoniy jihozlarning nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim. Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda to‘g‘ri shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi. Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug‘ullanish extiyojini xosil qilish bu mashqlar bilan Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kiсhik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish. Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, kungilchanlik) va ahloqiy fazilat (halollik, urtoqlik hissi, o‘z-aro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish) larni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik) ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi. Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy usishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshirok idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, hayol...) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish.) rivojlanadi. Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchakchak kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi ta’sir qiladi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavkni his qilish va idrok etish, guzallikni, haraklarning ifodaliligini, qaddi-qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning guzalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqga intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda kupollikka murosasiz bulishni tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog‘ligi mustaxkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bulgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum tuldirilgan uralar, qor uyumlari, sirganish uchun muz yo‘lkalar) qurish, jismoniy tarbiya jihozlarini yasash va ularni tuzatish (uloqtirish uchun kopchalar yasash, nishonlarni buyash), sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy jihozlarni, atributlarni, o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yishva yig‘ib olish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi. Maktabgacha ta’lim ta’shklatlarida bolalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining asosiy maqsadlari quyidagilardir sanaladi: bolalarning salomatligini mustaxkamlash; bolalarni jismonan baquvvatlashtirish; bolalarning ahloqiy sifatlarini tarbiyalash. Maktabgacha ta’lim ta’shkilatlarida bolalarni jismonantarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1-vazifa. Bolalarni maqsadga to‘g‘ri yunaltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun shart-sharoit yaratish; Maktabgacha ta’lim ta’shkilatlarida jismoniy tarbiya xonalarini, maydonchalarini kerakli jihozlar bilan etarli xilib ta’minlash. 2-vazifa. Harakatning hayot uchun muhim turlarini shakllantirish: yurish, yugurish, emaklash, sakrash, o‘rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda o‘chish, oyoq, qo‘l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish; bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini bolalarga qiziqarli metodlar yordamida tashkil etishni rejalashtirish. Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling