Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Islom Karimov
K I R I S H
Ustozi aw al Arastu hakim ,,Hitoba“ (,,Ritorika“) kitobida 
yozadiki, ajoyib jismoniy fazilatlarga ega boMgan yigitlar — 
sog‘lom, bo ‘ydor, sport musobaqalarida chaqqon yoshlar har 
qanday davlatning boyligidir. Bunday jismoniy fazilatlarga 
qanday erishiladi? Albatta, oila, maktab muhitida tarbiya 
topish, ayni vaqtda o ‘z -o ‘zini tarbiyalash, jismoniy tarbiya 
bilan aqliy tarbiyani axloqiy tarbiyaga muvofiqlashtirish yo‘li 
bilan barkam ol insonlarni voyaga yetkazish m um kin. Sir 
ernaski, faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, umrida tesha 
ushlamagan, ketmon chopmagan, aqalli birorta mix qoqmagan 
yoki ko'chat ekmagan odamlar ham borki, bular jismoniy 
mehnat qilmagani uchun, doimo kasallikdan boshi chiqmay 
yuradilar. Qadim donishmandlari barcha sohalarda faoliyat 
ko‘rsatib, har tomonlama kamol topganlar. Qadimgi Yuno- 
nistondagi Fales, Pittak, Solen, Biant, Xilen kabi donish- 
mandlar ham mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilich- 
boz, nayza otuvchi ham davlat arbobi boMib yetishganlar. Abu 
Muslim, Muqanna, T o ‘maris, Spitamen, Jaloliddin Mangu- 
berdi, T e m u r Malik, A m ir T e m u r va uning safdoshlari 
aqlan, jismonan, axloqan barkamol insonlar edilar.
Milliy Istiqlol fidoyilaridan alloma Abdurauf Fitrat ,,Oila“ 
asarida ota-onalarga qarata bunday yozadi: „Inshoolloh, oqilona 
tarbiyangiz soyasida farzandingiz sog‘lom aql va sog‘lom badanga 
sohib bo‘lib, yaxshi kamol topib, yetti yoshni toidiradi. Yetti 
yoshgacha bolalarni ham jismoniy, ham aqliy, ham odob- 
axloqli qilib tarbiyalash juda muhimdir. Bola yetti yoshgacha 
jis m o n a n sog‘lom va aqlan yoshiga yarasha oqil b o ‘lsa, 
kelgusidagi kamolotiga ham imkoniyatlar, yo‘llar ochiladi“ .
Alpomish, G o ‘ro ‘g ‘li kabi xalq qahramonlari ham o ‘z 
oilasini, yorini, el-yurtini turli bosqinchilardan himoya qilishda
3


jism oniy va aqliy quvvati bilan jasoratlar ko'rsatib, xalq 
mehrini qozonganlar. Donishmand shoir, Xorazni bahodiri — 
Pahlavon Mahmud — aqli va jismoniy kuch-quw ati bilan 
kurashda g‘olib chiqib, minglab vatandoshlarini yovlar qo‘li- 
dan ozod qilib, xalq duosini olgan.
Milliy a n ’analarimizni, boy m a’naviy merosimizni yaxshi 
bilgan V atanim iz Prezidenti I. A. K arim ov m a ’rifat va 
m a ’naviyatni rivojlantirish bilan bir vaqtda yosh avlodning 
jismoniy tarbiyasiga, sport ishlarini rivojlantirishga juda katta 
g‘amxo‘rlik qilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov: , , 0 ‘z- 
bekiston xalqining salomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib 
borish madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, mahalla, sog‘- 
liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport ko‘magida sing- 
dirish kerak“ , — deb tushuntirgan edi. Yurtboshimiz ,,Sog‘lom 
avlod u chun“ ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida 
alohida bunday deydi: „Biz naslimizning kelajagi — sog‘lom 
avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis 
etdik va maxsus xalqaro jam g‘arma tuzdik. Bu bejiz emas, 
albatta. ,,Sog‘lom avlod“ deganda biz faqat jismoniy baquwat 
farzandlarimizni emas, balki m a’naviy boy avlodga ega bo‘lgan 
xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon, hech 
kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz 
shart!“ .
Bejiz emaski, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
,, 0 ‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish 
to‘g‘risida“gi farmonida ( 2 4 - oktabr 20 0 2 -yil) „Bolalarni jis­
moniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, 
shakl va uslublarini joriy etish...“ sohasida muhim vazifalar 
belgilangan.
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlan­
tirishga xizmat qiluvchi, mualliflar tomonidan nashrga tayyor- 
langan ushbu qo ‘llanmaning nihoyatda kamligini inobatga olib, 
niutaxassislar yetishtirayotgan o ‘quv muassasalari talabalariga 
m o'ljallangan „Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati“ 
qo'llanmasi slui yo‘nalish b o ‘yicha davlat tilida yozilganligi 
ayni maqsadga imivofiqdir.
M a’lumki, mazkur o'quv fanining mazmuni hozirgi za- 
niiin talablariga binoan bir necha mustaqil, slumingdek,


uzluksizlik va uzviylikni saqlagan holda muammoli turkumlar 
(sikllar)ga bo'lingan.
Kitobning birinchi bobida jismoniy madaniyat nazariyasi va 
uslubiyati ilmiy va o ‘quv fani sifatida, asosiy bilimlar tizimi 
sifatida, jismoniy madaniyat haqidagi bilimlarni kasb dara- 
jasida o ‘rgatishni ko‘zda tutadi. Chunki nazariy tayyorgarlik 
o ‘qituvchiga jismoniy madaniyat vazifalarini aniqlash, to ‘g‘ri 
qo‘llash, yangi m a ’lumotlarni o'zlashtirib olish, jismoniy tar­
biya nazariyasiga yondosh b o ig an boshqa ilmiy fanlar o ‘rnini 
aniqlab olish imkonini beradi hamda shaxsiy pedagogik ijod 
uchun keng maydon ochib beradi.
5


JISM ONIY MADANIYAT NAZARIYASI 
U S L U B IY O T I IL M IY YA 0 ‘QUV FA 
SIFATIDA

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling