Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Jism oniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti manbalari va
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
Jism oniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti manbalari va
rivojlanish bosqichlari Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining vujudga kelishi va rivojlanish manbalari quyidagilardan iborat: a) jamiyat hayotining amaliyoti; b) jismoniy tarbiyaning amaliyoti; d) shaxsni har tom o n lam a rivojlanishda har xil davr faylasuflari, pedagoglari va shifokorlarining ilg‘or g‘oyalari; e) mamlakatda jismoniy madaniyat va sportni rivojlan- tirishda hukumat qarorlari; f) jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi hamda boshqa fanlarning ilmiy-izlanish natijalari. Jismoniy madaniyat nazariyasi o ‘zining rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o ‘tgan. Birinchi bosqich — odam hayotiy faoliyatida olgan harakat faoliyatining organizmga ta ’sirini o ‘rganuvchi empirik bilimlar (N .I.Ponam aryov, 1975). Empirik bilimlarning t o ‘planishi „mashqlar samaradorligini“ anglash, tajribani o ‘rgatish usulini yaratdi. Bu jismoniy mashqlarning vujudga kelishiga, ayni vaqtda jismoniy tarbiyaning ham vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. („Jism oniy mashqlarning vujudga kelishi va rivojlanishi41 boMimlariga qaralsin.) Ikkinchi bosqich — jismoniy tarbiya b o ‘yicha birinchi m elodikaning yaratilishi — qadimgi quldorlik (Gretsiya) davlatlari va o ‘rta asrlarni o ‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). 14 Bu usullar tajriba yo‘li bilan amalga oshirilgan: faylasuflar, p edagoglar, sh ifo k o rla r inson organizm i fao liyatlarining qonuniyatlarini, jism oniy mashqlarning ta ’sir etish mexa- nizm ini bilganlar, shuning u chun jism oniy m ashqlarning natijasi, samaradorligiga qarab baholaganlar (odam chidamli, kuchli, chaqqon b o iib borgan). Qadimgi Gretsiyada jismoniy tarbiyaning metodikasi yaxshi m a’lum bo'lgan. Bu yerda davlat e ’tiborini jismoniy mashqlarga qaratish va kuchni rivojlantirish, chidamlilik va boshqalar yagona tizimga birlashtirilgan edi. 0 ‘rta asrlarda metodikaning soni va salmog'i ortib bordi, birinchi marta gimnastika, suzish, o'yinlar, kamondan otish, chavan- dozlik, qilichbozlik bo ‘yicha qo'Ilanmalar vujudga kcla boshladi. Uchinchi bosqich — jism oniy tarbiya haqida nazariy bilimlarning to‘planishi uyg‘onish (XIV—XVII) hamda m a’ri- fatparvarlik (XVIII asr oxiri) davrini o ' / ichiga oladi. Inson haqidagi fanlarning rivojlanishi, uning tarbiyasi, mashqlarga o ‘rgatish va davolashlar faylasuflar, pedagoglar va shifokor- larning diqqatini jismoniy madaniyat muammolariga qaratishga olib keladi. Uyg'onish davriga pedagog — gumanistlar va utopiyachi-orzuparastlar jismoniy madaniyatni, tarbiyaning bir butun zaruriy qisnii sifatida qaradilar. Shveysariyalik pedagog-dem okrat I.G.Pestalossi (1746— 1827) tom o n id an b o la la rn in g h a ra k a t q o b iliy a tla rin i rivojlantirish u c h u n „Bo'g'inlar gimnastikasi" qo'llanmasi bitildi. XVIII asrga kelib esa, jismoniy madaniyat bo'yicha nazariy ishlar paydo bo'ldi. Jam iyat hayotida jism oniy m ad aniyatning roli, jism oniy tarbiyaning o'rni belgilab bcrildi hamda shaxsni har tomon- lama rivojlantirish tam oyillarini amalga oshirish yo'llari ko'rsatib o'tildi. So'nggi bosqichda jismoniy madaniyat nazariyasiga asos solindi. XIX asrdan boshlab mustaqil ilmiy fan asoslari yozila boshlandi. To‘rtinchi bosqich. Jismoniy madaniyat nazariyasi va meto- dikasining alohida mustaqil ilmiy va o ‘quv fani sifatida vujudga kelishi (XIX asr oxiri va XX asrning boshlari)ni o ‘z ichiga oladi. U jismoniy tarbiya haqidagi fanning intensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Jismoniy tarbiya sohasida ko'zga ko‘ringan o lim lard an P. F. Lesgaft, N. G. Chernishevskiy, A bd u rau f Fitrat, Alixon Sog‘uniy, Bositxon ibn Zohidxon, Abdulla Avloniy jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo'yicha a sarlari, hozirgi z am o n jis m o n iy tarbiya nazariyasi va metodikasining yaratilishiga munosib hissa qo'shdi. 15 Beshinchi bosqich. Jismoniy madaniyat muammolari hozirgi davrda bir necha olimlar jamoasi, maxsus ilmiy va o ‘quv muassasalari tomonidan mukammal hal qilinmoqda. Yangidan- yangi fanlar: jismoniy tarbiyani tashkil etish, jismoniy mashqlar biomexanikasi, sport metrologiyasi va boshqalar. „Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati“ kursida pedagogik muam- m olarni psixologik fiziologiyasiz bayon etish, tushuntirish mumkin emas. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling