Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
(j>sm ofl>y
mashqlar tizi- mi, o ‘rgatish uslublari va h.k.). Subyekt deyilganda odamning jismoniy mashqlarni bajarishga qaratilgan reaksiyasi tushuniladi. S hun d ay qilib, pedagogik izlanishda obyekt subyektdan, subyekt obyektdan ajratib qo'yilishi mumkin emas. Jismoniy madaniyat nazariyasi o ‘rganish predmeti jis m oniy m adaniyatning um um iy qonuniyatlarini pedagogik jarayon sifatida qabul qilish zarurdir. Umumiy qonuniyatlar deganda, jismoniy tarbiyaning aholining har qanday toifalari: bolalar va o ‘smirlar, o ‘rta va katta yoshdagilardan tortib maho- ratli sportchigacha taalluqliligi tushuniladi. Jismoniy madaniyat uslubiyatini o'rganish predmeti, aniq y o ‘nalishga ega bo'lgan jismoniy tarbiyaning uzviy q o n u niyatlarini, pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlari bilan birga qo‘llashdan, ya’ni amalga oshirishdan iboratdir. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik uslubiyati, sport tayyorgarligi uslubiyati. Bu uslubiyatlarning har birining ichida alohida uslubiyat mavjud. Ularning har xilligi, shug‘ullanuvchilar toifasining turlariga bog'liq, ularning yoshiga, qaysi kasbga m ansubligiga va sport mutaxassisligiga b og'liq (m ak tab yoshigacha b o ig a n bolalar jismoniy tarbiyasining uslubiyati; ayollar jismoniy tarbiyasining uslubiyati). Alohida sport — pedagogika predmeti uslubiyati (gimnastika o ‘rganish uslubiyati va boshqalar), mustaqil ilmiy va o ‘quv predmeti tashkil etadi. Nazariya uslubiyatsiz, uslubiyat esa nazariyasiz bir-biridan ajralgan holda mavjud boMishi va rivojlanishi mumkin emas. Awalo, fan predmeti deganda u yoki bu fanning izlanishini, mavjudligi, rivojlanishi, ilmiyligini tushunmoq zarur. Jismoniy tarbiyani izlashda uning asosi yoki uning negizi jismoniy mashqlardan iborat. 13 Bu fanni yaxshi tushunish va tasavvur qilish uchun uni to'lig'icha anglash, ahamiyatli tomonlarini aniqlash, jismoniy tarbiyaning mohiyati va qonuniyatlarini bilish zarur. Buning uchun, avvalo jismoniy tarbiyaning qanday vujudga kelgan- ligini, tarbiyaning boshqa tomonlari bo'yicha jamiyatda qanday ahamiyatga ega ekanligini, pedagogik jarayondagi xususiyatini hamda boshqa fanlar bilan qanday aloqada ekanligini, uning maqsadi, vazifasi va mazmun tuzilishi nimadan iboratligini bilmog‘imiz lozim. Bularning hammasi ikkala o ‘quv fani birga mavjud b o ii- shini taqozo etadi — jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati nomi bilan yuritiladi. Fanlarni o ‘rganish tavsifi b o ‘yicha jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati pedagogik fanlar tizimiga kiradi. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling