Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Ayrim tafovutli va bir-biriga aloqador tushunchalar
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy madaniyat
- Jismoniy tarbiya
Ayrim tafovutli va bir-biriga aloqador tushunchalar
„Jismoniy madaniyat“ atamasi o ‘zaro aloqador tushun chalar: „jismoniy madaniyat harakati“ , ,,sport“ , „jismoniy tarbiya“, ,,badantarbiya“ ni o ‘z ichiga oladi. Bularni hech bo‘l- maganda qisqa m a’noda aniqlamasdan turib, jismoniy mada niyat kursining mazmunini ko‘rib chiqishga o ‘tib bo‘lmaydi. Jismoniy madaniyat amaliy-ijtimoiy yo'nalish bo ‘lib, bu kishilarning birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ish- latish va ko‘paytirishga qaratilgan faoliyatidir. Jismoniy madaniyatning gullab-yashnashi aholining birga- likdagi faoliyati bilan uni rivojlantirishga intilish, kengaytirish bilan bog‘liqdir. M ana shunday birgalikdagi ishning shakli jismoniy madaniyat harakatidir. Hozirgi kunda dunyoda bu oqim, har qanday jamiyatda katta yo‘nalish bo'lib qoldi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida keng yo‘lga qo‘yilgan jismoniy madaniyat harakati, jamiyatning tuzilishiga qarab, har qaysisi (umumiy xususiyati b o ls a ham) o ‘z xususiyatiga ega. Bular esa, ko‘pincha g‘oyaviy asosda, jismoniy madaniyati tashkil qilish tamoyillari va shakllarida namoyon b o ‘ladi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ,,Sog‘lom avlod u c h u n “ jismoniy madaniyat harakati boshlandi. Jismoniy m adaniyat faoliyati um um iy ish — adolatli, dem okratik, fuqarolik jamiyati qurish bilan bog'langan bo‘lib, shaxsning har tom o n lam a uyg‘un rivojlanishi va sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi jamoat va davlat taslikilotlariga birday alo qador, ommaviyligi, umumxalq harakatining ko‘tarilib borishi bilan farqlanadi. Jismoniy tarbiya — tushunchasi keng m a’noda umumiy ,,tarbiya“ tushunchasining ichiga kiradi. Bu esa, jismoniy tarbiya, boshqa turdagi tarbiyalar singari, pedagogika jarayoni bo ‘lib, umumiy ko‘rinishi bo‘yicha (pedagogning boshqaruvchi roli, pedagogik prinsiplar bo'yicha tarbiyachi va tarbiyalanuv- chilar faoliyatining mos kelishi va h.k.) hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi shundaki, bu jarayonda shug‘ullanuvchilar harakat ko‘nikmasi va malakalarini hamda jismoniy sifatlarini rivojlantiradi, bularning birlashishi esa, jamiyatning jismoniy salohiyatini oshiradi. Shuning uchun jismoniy tarbiyada ikki maxsus tom oni farqlanadi: insonni sog‘liq uchun foydali harakatlarga o'rgatish (harakat faoliyati) va jismoniy sifatlarini tarbiyalash. 11 Harakatlarga o ‘rgatish o ‘zini asosiy mazmuni bilan — jis moniy ma'lumotni — o ‘z harakatini boshqarishning ratsional usullarini izchil ravishda o'rganish bilan hayotda kerak bo ‘la- digan harakat ko‘nikmalari hamda shular bilan bog‘liq boMgan bilimlar fondini egallashdan iborat. Jismoniy tarbiyaning ikkinchi tomoni maqsadga muvofiq ravishda, odamlarning harakat qobiliyatlarini yo‘naltirilgan ravishda rivojlantirishga qaratilgan jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, harakat uyg‘un- ligi, chidamlilik va h.k.) ni egallashga ta ’sir ko‘rsatishdir. Shunday qilib, jismoniy tarbiya, umumiy tarbiyaning bir turi bo ‘lib, uning maxsus mazmuni sog‘liq uchun foydali harakatlarga o ‘rgatish va kishini jismoniy sifatlarini tarbiyalash- dan iborat. Um um iy pedagogik tizimni ratsional tashkil qilganda, jismoniy tarbiyaning maxsus mazmuni axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy tarbiya mana shunday bogMiqlikda shaxsni har tomonlama tarbiyalashning asosiy oniili sifatida muhim aha- miyatga ega bo‘Iadi. „Jismoniy tarbiya“ termini bilan oldin eslab o ‘tilgan „jis moniy tayyorgarlik“ termini ham qo‘llaniladi. Bular mazmuni b o ‘yicha o ‘xshasa-da, ikkinchi termin, jismoniy tarbiyani mehnat yoki boshqa faoliyatga nisbatan talab qiluvchi jismoniy tayyorgarlikni, amaliy yo‘nalishni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Jismoniy madaniyat — erishilgan umumiy ishchanlikning, amaliy harakatdagi k o ‘nikma va malakalarning, maqsadli faoliyatini samaradorligiga ta ’sir ko‘rsatishi b o ‘yicha tashkil topgan jismoniy tayyorgarlik natijasidir. „Jism o n iy ta rb iy a “ a tam asin i „jism o n iy m a d a n i y a t” atamasi bilan taqqoslaganda ularning bir-biri bilan cham- barchas bog‘liqligini ko ‘ramiz. Lekin bularni bir-biri bilan q o ‘shib yuborish yoki birini ikkinchisining bir qismi deb qarash no to ‘g‘ridir. Chunki jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiyaga nisbatan, u n in g qism i em as, balki p ed ag o g ik to m o n d a n ta rb iy a tizimidagi boyliklarni yo‘naltirilgan holda ishlatish, yoki jis moniy madaniyatdan, pedagogik tashkil qilingan jarayonda foydalanishdir. Jismoniy tarbiya bu yerda jismoniy madaniyat boyliklarini katta yoshdagi avlod, kichik avlodga berish yo‘li hisoblanadi. Bir vaqtning o ‘zida bu m adaniy boyliklarni ko‘paytirish yolidir, chunki yosh avlod faqatgina ulargacha 12 b o ‘lgan narsalarni tushunib olish bilan birga, uni rivoj- lantiradi, yangi ko‘rsatkichlarga intiladi. Sport — qisqa m a ’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng m a’noda, shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlarini o ‘z ichiga oladi. Har bir fan o ‘zining aniq ilmiy va o ‘quv vazifasiga ega boMadi. Uni o ‘rganish predmeti, obyekt va subyekt qidiruvidan iborat bo ‘ladi. Fanni o'rganish jarayonida to'plangan natijalar m a’lum tizimni vujudga keltirib, maxsus o ‘quv fanini tashkil qiladi. Jismoniy madaniyat fanida obyekt izlanish deyilganda u yoki bu pedagogik faktor tushuniladi Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling