Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

tfx xl()()% 
7S initi 
100'f
U Z = —
.........
I J /
s ', ii
'\
null
To'laqonli sport mashg'ulotining umumiy zichligi 100% ga 
yaqin b o lish i lozim. Umumiy zichlikni kamayisliiga quyidagilar 
sabab boMishi mumkin:
117


— o'/.ini oqlamaydigan mashg'ulot besamar vaqt (darsni 
kech boshlanishi, m ashg‘uiot joyini, jihozlarni tayyor emas- 
ligidan o'quvchilarni navbat kutishi va boshqalar) orqali sodir 
boMadigan o ‘quvchilarni b o 'sh qolishidan;
— trener mashg‘ulotga tayyor emasligi, dars tashkillanishi 
va mazmunini o ‘ylamaslik tufayli sodir b o ia d ig a n vaqtlar;
— mashg'ulotda o ‘quvchilar u ch u n ortiqcha va samarasi oz 
boMgan so‘zlar orqali beriladigan axborot;
— shug‘ullanuvchilar intizomini qoniqarsizligi, buyruq va 
k o 'r s a tm a la r n i k o ‘p m a ro ta b a ta k ro rla s h la r, o ‘q uv ch ilarg a 
beriladigan ogohlantirishlar, takroriy tushuntirishlar vaqtdan 
unumsiz foydalanishga sabab b o ‘ladi va hokazolar.
Darsda shug‘ullanuvchilar faoliyatlarini baholash
0 ‘quvchilar ishining yuqori samaradorligining asosiy sharti 
tashabbuskorlik va faollikni vujudga keltirish, ular faoliyatlarini 
baholashdan iboratdir.
Boshqa to m o n d a n , shug'ullanuvchilarning bilim darajasi, 
harakat qila bilish va o ‘quvchilar sifati b aho bilan ifodalansa, 
pedagogik m ehnat sifatini ifodalaydi, bu o ‘qituvchi faoliyati 
natijasi, uning vazifani q o ‘ya bilishligj, m anba va m etodlar 
xazinasini bilishi, o ‘quv jarayonini ongli tashkil eta bilishini 
ko'rsatadi.
Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya b o ‘yicha ulguruvchanlik — 
o ‘zlashtirish uch m ezon bilan aniqlanadi:
— o 'zlash tirib olinganlik darajasi va am aliy bilim larni 
amalga oshirish;
— dasturda belgilangan mashqlarni texnik nuqtayi nazar- 
d an baholash;
— harakatlarni bajarish sifati;
— maktab dasturida k o ‘zda tutilgan m e ‘yorlar;
— jismoniy tarbiya b o ‘yicha ishlar jarayonida o ‘quvchilarga
q o ‘yiladigan u m u m iy ta la b la r chiroyli yozilib, k o ‘zga
k o ‘rinadigan joyga ilib q o ‘yihshi kerak. Bu talablarni 
0
‘quv- 
chilar jism oniy tarbiya darsining birinchi soatidan boshlab, 
o ‘zlashtirib borilmog‘i zarur. Ularning mohiyati quyidagilarda 
aks etadi:
— dastur materiallarini m ustahkam bilish va ularni mus- 
taqil mashg‘ulotlar jarayonida q o ‘llay bilish;
— darsd a o ‘rganilayotgan jis m o n iy m a sh q larn i, texnik 
nuqtayi nazaridan bajara bilish;
118


— o ‘zining yoshi uchun kuchni rivojlantirish, chidamlilik, 
egiluvchanlik, yengillik, tezlikka erishish imkoniga intilish;
— maktab dasturi va safi, mashqlar nizomi asosida mashq- 
larni aniq va t o ‘g ‘ri bajarish;
— o ‘qituvchi topshirig‘ini bajarishda ijodkor va tashab- 
buskor b o ‘lish;
— o ‘z - o ‘zini o ‘stirish, kam olotga yetkazish m aqsadida, 
jismoniy mashqlarni mustaqil bajarish.
B a’zida o ‘qituvchilar, o ‘quvchilarning qobiliyatini yaxshi 
b i l a m a n , d e b o ‘y la y d ila r va u la r n i n g sh ax siy b ilim va 
m a sh q la rn i b ajara bilishfiklarini te k sh irm a y d ila r, ayniqsa, 
asosiy vazifa tom onlarini yoddan chiqaradilar. Bu vazifalarni
aytilgan talablarni bajarish u chun darsda besh-olti bolaga baho 
q o ‘yish ta lab etilad i. B u n d a n ta sh q a ri, h a r b ir d a rs n in g
leytmotivi: „Barakalla! Hamm asi yaxshi b o ‘lyapti! Sizlar tezda 
o ‘rganib olasizlar! Yana biroz kuchaytirsalaring sizlar kuchli, 
c h a q q o n , c h iro y li b o ‘l a s i z l a r “ d e g a n s o ‘z la r n i is h la tis h
maqsadga muvofiqdir. Bunday so ‘zlarni har dam ishlatavermay, 
b a ’zida nigoh tashlash, im o -ish o ra, lu q m a tashlash orqali 
izhor qilish zarur.
Mashg‘ulot jarayonida o ‘quvchilar to m onidan y o ‘l q o ‘yil- 
gan xatolarni shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin: 
kichik, m uhim va q o ‘pol xatolar.
Kichik xatolar — harakat faoliyatlari tuzilishini va son 
k o ‘rsatkichlarini amaliy pasaytirmaydigan, t o ‘g ‘ri bajarishdan 
biroz og‘ishlik tushuniladi.
M uhim xatolar — t o ‘g ‘ri bajarishdan og‘ishgan, harakat- 
faoliyatlarning tuzilishini b u zm ay d ig an , lekin son ko 'rsat- 
kichini pasaytiradigan harakatlar.
Q o ‘pol xatolar — t o ‘g ‘ri bajarishdan og‘ishgan, harakat- 
fa o liy a tla rn in g tu z ilish in i b u z u v c h i va n atijan in g pasayib 
ketishiga sabab b o ‘luvchi xatolar.
H arakat faoliyatlari texnikasining bajaiilishini baholaslida 
shug‘ullanuvchilar hisobga olinmaydi, shuning uchun har bir 
sinf uch un dasturda belgilab qo'yilgan baho m c/onini so‘zsiz 
bajarish kerak.
B a h o la r m e z o n i h a r bir mashc|iii o 'r g a n is h d a n old in 
ishlab chiqilishi va o ‘quvchilarga yetka/.ilishi kerak. Taxminiy 
baholashda, birinchi navbatda, pedagog lopshirigLini bajargan 
o ‘quvchilar baholanishi zarur. Ishlab chiqilgan baholar mezoni 
a so sid a o ‘r g a n ila y o tg a n h a ra k a t Caoliyatlarini o ‘zlash tirib
o linayotganligini o ‘q u v c h ila r obyektiv baholay d ilar h a m d a
119


o ‘rtoqlari erishayotgan yutuqlarni k o ‘radilar. Bolalarni o ‘z- 
o ‘zini va o'zaro baholashga o ‘rgatish ularni mustaqil mash- 
g'ulotlarga tayyorlashning asosiy shartidir.
Y akuniy b ah o u c h k o m p o n e n tn i hisobga olgan holda 
chiqariladi. Son, m iq d o r k o ‘rsatkichi b o ‘lm aganda, harakat 
tcxnikasi, taalluqli b o ‘lgan nazariy materiailarni bilishi aniq- 
lanadi, saf va raqs mashqlari, akrobatika, sport o ‘yinlarining 
texnikasi taktikasi.
Baholashda obyektivlik prinsipiga q a t’iy rioya qilish talab 
etiladi, y a’ni o ‘quvchilar materialni qanday o ‘zlashtirib olgan- 
ligiga qarab, u m u m iy talablar asosida b aho q o ‘yish kerak. 
0 ‘quvchining shaxsi (ijtimoiy kelib chiqishi) hisobga oiin- 
masligi kerak, q o ‘yiladigan b ah o b u tu n s in f o ld id a e ’lon 
qilinib, nima uch u n shunday ball, nim a u ch u n baho oshirilgan 
yoki pasaytirilganligi tushuntirib berilishi kerak.
C horak davomida har bir o ‘quvchiga 6 —8 baho maqsadga 
muvofiq bo'lib, chorak bahosi shular asosida chiqariladi.
Yillik baho choraklardagi olgan baholar asosida chiqariladi
agar o ‘quvchi bir xil b o ‘lim materiali b o ‘yicha oxirgi chorakda 
yuqori ball olsa, aw algi chorakdagi past baho hisobga olin- 
maydi.
Yillik bahoni q o ‘yishda salomatlik holati bo‘yicha meditsina 
tayyorlov guruhiga kiritilgan o ‘quvchilarning ulguruvchanligi 
um um iy asosda aniqlanadi, biroq ularning salomatligiga t o ‘g‘ri 
kelmaydigan mashqlar talab normalarga kiritilmaydi. 0 ‘quvchiga 
b og‘liq b o im a g a n m iq d o r k o ‘rsatkichlarining bajarilmasligi, 
jismoniy rivojlanishning nomutanosibligi, uzoq muddat darsni 
qoldirishi ijobiy taxminiy baholarda harakat texnikasi uchun va 
b ilim la rn i o ‘zla sh tirib olishi, y a k u n iy b a h o n i p asay tirish
u ch u n sabab b o ‘la olmaydi.
0 ‘q u v c h ila r jis m o n iy tarbiyasi b o ‘y ic h a am aliy ishlar 
shuni ko'rsatadiki, um um iy talablarni h am m a ham bir xilda 
bajaravermaydi.
0 ‘qituvchi dastur talablarini muvaffaqiyatli hal etilishida 
t o ‘liq o ‘zlashtirishga nim alar xalaqit berayotganligi sababini 
aniqlashi lozim. U lardan k o ‘p uchraydigani quyidagilardan 
iborat:
1. 
0 ‘quvchilar harakat tajribasining yetishmasligi. M a ’Ium- 
ki, h ar bir m ashq o ‘rgatishning muvaffaqiyati harak at va 
harakat-faoliyatning arsenaliga bog‘liq.
120


2. Jismoniy rivojlanish darajasining pastligi. Har qanday 
h a rak a tn i o ‘rganish u c h u n k u ch , eg iluvchanlik, tezlik va 
chidamlilik darajasini aniqlash zarur.
3. Aqliy rivojlanishda qoloqligi. Maxsus iliniy izlanish 
natijalari shuni k o ‘rsatadiki, aqliy rivojlanishdagi qoloqlik, 
jismoniy mashqlarni o ‘zlashtirib olish jarayonini tormozlaydi, 
sekinlashtiradi.
4. Iroda sifatlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi. 
0 ‘quv dasturini o'zlashtirib olish b u — jiddiy jism oniy va aqliy 
mehnat. U q a t’iyatni talab etadi, noxushlik, ayyorlikni yengib 
o ‘tishni talab etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish „harakatsiz 
n u q ta n i“ yengishda,chidam talabi bilan b og‘liq. B a’zi hollarda 
q o ‘rquvni yengib o ‘tish zarur b o ‘ladi.
5. Shug‘ullanuvchilarning faollik darajasi pastligi. Bu 13— 14 
yoshdagi qizlar va b o ‘sh o ‘zlashtiruvchilarga xos kamchilikdir.
Bolalarni b a h o lab borib, h a r bir o ‘qituvchi o ‘q u v ch i- 
larning kelgusida o ‘sishi haqida g ‘am x o ‘rlik qilishi kerak.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling