Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Matematik xisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati


Download 0.69 Mb.
bet20/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

5.4. Matematik xisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati


Keyingi yillarda biologiya va pedagogika fanlarida tadqiqotning matematik xisoblsh usuliyatlaridan keng foydala-nilmoqda.
Xamma voqyealarning, atrofimizni o‘rab olgan xar qanday jarayonlarning ikki tomoni sifat va miqdor tomoni bo‘ladi. Maolumki, matematika voqyelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o‘rganadi. Shuning uchun xam matematik usuliyatlardan foydalanishdan voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini sifat tomoninigina o‘rganishga, uni to‘la o‘rgana olmaslika maxkum etadi. Bunday yarim-yorti yondashish tadqiq etiladigan muammoni aniqlab tadqiqotni boshlanish etapida yo‘l qo‘yilishi mumkin xolos. Ilmiy tadqiqot xali aniqlnmagan taqdirdagina mumkin, lekin olib borishda voqyealarning barcha tomonlarini, jumladan miqdor tomonla-rini xam tadqiq etish muammosi turadi.
«Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo‘lgandagina takomiliga yetadi»- degan edi Polp Lafarg. Shunga ko‘ra jismoniy tarbiya nazariyasining tadqotlarida keyinga yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekin xozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayoniga muxim axamiyat kasb etmoqda.
Matematik statistikadan biologiya masalalarini xal etishda o‘ziga xos ravishda qo‘llanilib bometriya yoki variatsion statistika orqali amalga oshiriladi.
Tadqiqot natijasida olingan materiallar tadqiqotning son va miqdor jixatlarini mujassamlashtiradi. Raqamlar, ko‘rsatkichlarni aniqligi tadqiqotchiga matematik jixatdan to‘ri va aniq fikrlar, muloxazalar chiqarishga, tadqiqot jarayoni bo‘yicha taqqoslash, umumlashtirish, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va kontrol guruxlarni yiib ularni kuch talab qiladigan mashqlar bilan shullanish mashulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shuullanuvchilarning jinsi, yoshi, sport maxo-rati darajasiga qarab nazariy fikrlarni amaldagi xolati xaqida aniq maolumotlar tayyorlash mumkin. Shuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xamda qator sport fanlarining nazariyasi va usuliyatida ilmiy amaliy masalalarni ijobiy xal qilish, o‘quv tarbiya va sport trenirovkasi jarayoni takomil-lashtirishda muxim axamiyat kasb etmoqda.
Ilmiy tadqiqot usuliyatlari doimiy bo‘lmay ular o‘z o‘rinlarini yangi va progressiv tadqiqot uslubiyatlariga bo‘shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji ko‘p jixatdan ilmiy tadqiqot usuliyatla-rining rivojlanganligi natijalariga boliqdir.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling