Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Malakani ko‘chishi (o‘tishi)


Download 0.69 Mb.
bet60/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Malakani ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan xarakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada bir vaqtning o‘zida yoki birin ketin bir necha xarakat malakalari shakllanib, bir-biriga taosir ko‘rsatishi mumkin. Fiziologiya nuqtai nazaridan malakalarning o‘zaro taosiri aloqalari shunday jarayonki, bir vaqtning o‘zida yoki birin ketin koordinatsion strukturalar o‘zgarishi yuzaga kelaveradi. Bir vaqtning o‘zida bir necha xarakat faoliyatiga o‘qitish, masalan: darslar seriyasida yoki bitta faoliyatni o‘rgatishda boshqa malakalarni xam shaklla-nishi yuz berishi mumkin.
Malakalarning o‘zaro taosiri bir necha xil bo‘ladi: Malakani ijobiy salbiy ko‘chishi (o‘tishi). Ijobiy ko‘chish malakalarning o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin xosil bo‘lgan malaka keyingi, yangisini shakllanishiga yordam beradi. Jumladan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloq-tirish malakasini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi xosil bo‘layotgan malakalar xayotiy tajriba va o‘qitish nati-jasida va avval shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldingi shakllanganla-rining tuzilishi jixatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi.
Malakani salbiy ko‘chishi. Oldin shakllangan malaka yangisining shakllanishi jarayonida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu taolim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi. Masa-lan, suvga sakrovchidan, gimnastdan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek oir jarayonni aytib o‘tish mumkin.
Jismoniy tarbiya dasturlarini ishlashda, o‘quv jarayonini rejalashtirishda, yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimini tan-lashda malakalarning o‘zaro taosiri munosabatlari xarakterini o‘rganish va xisobga olish jismoniy mashqlarni klassifika-siyalashda qo‘l keladi. Bu bilan ijobiy ko‘chishning foydali effektidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko‘chish elementlaridan ogox bo‘lish malakasi shakllanishi jarayoni osonlashadi.
8.2. Xarakatni bajarishning oliy maqomi
Shakllangan xarakat malakasini takomilashtirishning eng oxirgi chegarasi xarakat akti yoki xarakat faoliyatini bajarishining oliy maqomi deyiladi. Uning asosiy vazifasi xar qanday sharoitda shuullanuvchi malakani egallashga va uni takomillashtirishga (ishlab chiqarishda, turmushda, xarbiy, sport soxasida) odatlantirish va o‘rgatishdir. Faqat shu xoldagina malaka o‘zining amalliy qimmatiga ega bo‘ladi. Mobodo sport zalida; (maydonda) shuullanuvchi ishonch bilan balandlikdan sakrab o‘ta olsayu, lekin o‘sha malakani tabiiy to‘siqlardan o‘tishda amaliyotda (xayotda) qo‘llay olmasa, bunday malakaning qimmati past bo‘ladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling