Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 0.69 Mb.
bet143/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Taktika – bu sport kurashini olib borish sanoatidir. Bunda yutuqqa erishish uchun sportchi kuch va barcha imkoniyat-laridan maqsadga muvofiqroq foydalanishi zarur. Oldindan belgilangan reja bo‘yicha va tezlik bilan xal qilinishi darkor vazifalarga ko‘ra tashqi muxitning doimiy va o‘zgaruvchan sharoitida foydalanadigan texnika taktikaning asosiy vosi-tasi xisoblanadi.
Taktik maxorat barcha sport turlari uchun zarurdir, ayniqsa, sharoitni birdaniga anglab olmoq, raqibini juda yaxshi xis qilish va boy tajribadan tez foydalanishni talab etadigan sport o‘yinlarida axamiyatlidir. Maolum reja va kurashning xar bir daqiqasini anglab olish asosida turli usullar, priyomlar va xarakatlarni qo‘llashda sportchilarning ruxiy, jsmoniy va texnik qobiliyatlaridan samaraliroq foyda-lanishda taktika zarur bo‘ladi. Umuman taktika maxorat, belgilangan rejani amalga oshirishni taominlaydigan yaxshi bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanadi. Sport taktikasi uch shaklda namoyon bo‘ladi:

  1. shaxsiy kurash: a)raqibning bevosita qarshiligi bilan (yo‘lakchasi belgilanmagan joylarda yugurish, velosiped poygasi, sportcha yurish, chani va x.k.) va raqiblarning nisbiy taosiri bilan (yo‘laklarda) yugurish, gimnastika, suzish, qayiq xaydash, figurali uchish va x.k.);

  2. ikki kishining kurashi: a)raqibning bevosita qarshi-ligi bilan (boks, qilichbozlik, dzyu-do, kurash);

b)raqiblarning bilvosita taosirida (tennis, stol tennisi, badminton, shaxmat va x.k.);

  1. jamoali musobaqalari: a) raqibning bevosita qarshi-ligi bilan (basketbol, futbol, qo‘l to‘pi, xokkey va x.k.) va b) raqibning bilvosita taosiri bilan (voleybol, estafetali yugu-rish, badiiy gimnastika bo‘yicha komanda musobaqalari va x.k.)

Sport kurashini tashkil qilish va olib borish. Xara-katlarning taktik muammosi sport taktik muammosi sport musobaqalarini uyushtirish va olib borishda namoyon bo‘ladi. Sport musobaqasini taktikasi deganda eng yaxshi natijaga erishish uchun musobaqa oldindan va bevosita musobaqa vaqtida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni tushunamiz.
Taktik faoliyat taktik mashulotlar, texnik malaka, jismoniy qobiliyatning rivojlanishi darajasi, irodaviy fazilatlar, reaksiya tezligi va boshqalarga asoslanadi. Taktik xarakatning uch fazasi mavjud:

  1. musobaqa situatsiyasini anglash va taxlil qilish;

  2. maxsus taktik vazifani xayolan xal qilish;

v) taktik vazifani amaliy xal qilish.
Idrok qilish sifati ko‘rish xajmi, ko‘rish doirasi, ko‘rish orqali xarakatni baxolash, texnik malakalarning rivojlanish darajasi, fikrlash jarayonining sifati, bilim va tajribalarga boliq bo‘ladi.
Taktik vazifa avvalo xayolan, keyin esa amaliy xal qilinadi. Sportchi nima qilishi kerakligini juda tez belgilashi, o‘z bilimini malaka va qobiliyatini baxolay olishi kerak. Ayrim sportchilar musobaqa situatsiyasini idrok va taxlil qilishda bilim va tajribaning kamligi sababli mantiqiy fikrlashga borliq bo‘lgan taktik vazifalarni xal qilishda qiyinchilikka duch keladilar.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling