Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqni absolyut intensivligi
- subkritik tezlik
- yuqori kritik tezlik
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari muxim axamiyat kasb etadi. Chidamlilik mashu-lotlar davomida sportchini bir oz bo‘lsada charchashni xis qilishi orqali rivojlanishiga eotibor bersak yuklamadan so‘ng tiklanish juda oz vaqt ichida sodir bo‘lsa chidamlilikni rivojlanmasligi maolum bo‘ladi. Ish xajmi katta bo‘lib charchoq xis qilish bilan bajarilsa organizm yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashulotlardan so‘ng chidamlilikni ortib borayotganligi ko‘zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o‘zga-rishlar darajasi, yuklamaga javob reaksiyasi xarakteri, uni ko‘lami yo‘nalishi orqali sodir bo‘ladi. Xar xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo‘lmaydi.
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yukla-maning to‘la tavsifini quyidagi besh komponentda ko‘rishimiz mumkin; mashqni absolyut intensivligi (xarakatlanish tezligi); mashqni davomiyligi (uzunligi); dam olish intervalining katta kichikligi; dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv); mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni; Bu komponentlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy olib borish orqali berilgan yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina emas, xatto uning sifati xususiyatini xam turlicha bo‘lishiga olib kelishi amaliyotda isbotlandi. Yuqorida qayd qilingan komponentlarni taosirini siklik mashqlar misolida ko‘rib chiqamiz: Mashqni absolyut intensivligi faoliyatni energiya bilan taominlash xarakteriga to‘ridan-to‘ri taosir qiladi. Xarakatlanishning tezligini pastligida katta energiya sarf-lanmaydi. Sportchini organizmini kislorodga talabining ko‘lami uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo‘lgan joriy talab, agarda, ishni boshlanishida nafas jarayoni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilib ulgurmagan payitdagi kislorodga muxtojlikni ko‘p emasligini xisobga olmasak, sarflanayot-ganini o‘rnini qoplamaydi va ish xaqiqiy turun xolatdagi sharoitda bajariladi. Bunday tezlik subkritik tezlik deb nomlanadi. Subkritik tezlik zonasida kislorodga muxtojlik taxminan xarakatlanish tezligiga to‘ri proporsiyada bo‘ladi. Agarda sportchi tezroq xarakatlanayotgan bo‘lsa kritik tezlikka erishadi, bu yerda kislorodga muxtojlik uni aerob imkoniyat-lariga teng. Bu xolda ishning bajarilishi bilan kislorod sarflanishining ko‘lami maksimal darajada deb xisoblanadi. Kritik tezligi qanchalar yuqori bo‘lsa sportchini nafas imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tezligi kritik tezlikdan yuqoriligi uchun yuqori kritik tezlik deb nomlanadi. Yuqori kritik tezlik zonasida energetika mexanizmi samaradorligini ozligidan kislorodga muxtojlik tezlashadi, xarakat tezligiga nisbatan ortadi. Taxminan kislorodga muxtojlik tezlikni kubiga nisbatan proporsional oshadi (Xill A.B.). Masalan, yugurish tezligini 6 dan 9 m. sek.ga oshirilsa (yaoni 1.5 marta) kislorodga muxtojlik esa taxminan 3,33,4 martaga ortadi. Bu degani, tezlik bir ozgina oshirilsa kislorodga muxtojlik axamiyatli darajada ko‘payadi. Bu o‘z navbatida anaerob mexanizmlar rolini muvofiq ravishda ko‘taradi. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling