Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqni takrorlashlar
- Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati
- korelyasiya
- yaxlit xarakat tezligi
- reaksiya yaxshi
- ko‘chirish
Dam olish xarakteri (aktiv va passiv) xususan pauza-larni boshqa, qo‘shimcha faoliyat turlari (yengil- trussoy yugurish - asosiy masofa oraliidir va x.k.) bilan to‘ldirish organizmga asosiy ish turi va qo‘shimcha qilinganini inten-sivligiga qarab organizmga turlicha taosir ko‘rsatadi. Kritikka yaqin tezliklar bilan ishlashda past intensivlikdagi qo‘shimcha ish nafas jarayonlarini nisbatan yuqori darajada ushlashga imkoniyat beradi va shunga ko‘ra tinch xolatdan ish xolatiga, ish xolatidan tinch xolatga o‘tishdagi keskin o‘zgarishlarning oldi olinadi. O‘zgaruvchan metodning asosiy xarakterli tomonlaridan biri xam asosan shundan iboratdir.
Mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni organizmga nagruzkani taosiri ko‘lamining yiindisini belgilaydi. Aerob ish sharoitida takrorlashlar sonini oshirish yurak-tomir va nafas tizimi organlarini uzoq vaqt davomida yuqori darajada faoliyat ko‘satishga majbur qiladi. Anaerob sharoitda esa qaytarishlar sonini oshirish ertami-kechmi kislorodsiz mexa-nizmlarni tugatilishiga olib keladi. Unda ish bajarish butunlay to‘xtaydi yoki uni intensivligi keskin pasayadi. Chidamlilik namoyon qilishda nafas muxim axamiyatga egaligi maolum bo‘ldi. Shunga ko‘ra tinch, bir xil maromdagi ishlarda asosan burun orqali chuqur nafas olish bilan mashq, ish bajarish to‘riligi amaliyotda isbotlangan. Maolumki nafas, ko’krak, qorin, (bryushnoy press) va aralash muskullar - diafragma aralashuvi orqali olinadi. Kuchli zo‘riqish bilan bajariladigan faoliyatda maksimal darajada o‘pka ventilyasiya-sini yo‘lga qo‘yish uchun (N.G. Ozolin, V.V. Mixaylov) oiz orqali chuqur nafas tavsiya qilinadi. Asosiy eotibor nafas chiqarishga qaratilishi, chunki o‘pkadagi kislorodi kam bo‘lgan xavo yangi xavo bilan aralashib ketmasligi keskin va chuqur nafas chiqarish tavsiya qilinadi. Yuqori malakali sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash-da xozirgi zamon metodikasi biror mashulotni o‘zidagina emas, trenirovka mashulotlarining yillik siklida xam juda katta xajmda ish bajarishni tavsiya qilmoqda. Masalan, mashxur fransuz stayyori Allen Mimun o‘zini sport karperasi yilarida jami 85 ming km yurgan. Uni baxolash maqsadida yer shari aylanasi-ekvatori 40 ming kmligini ekanligini eotiborga olsak, Magellanni birichi marta uni aylanib o‘tishi uchun 3 yil sarflaganligini ko‘z oldimizga keltirishimiz lozim. “Sport yurushi” bilan shuullanuvchilar bitta trenirovka mashulotida 100 km.gacha masofani o‘tadilar. Chidamlilikni tarbiyalashda faqat masofa uzunligini xisobga olish noto‘ri natijaga olib kelishi ni unutmas- ligimiz lozim. Chunki jismoniy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan sportchi uchun 800 m ga yugurishga 1.45.0 dan tez vaqt sarflasa bu yuguruvchiga qayd qilingan masofa sprint masofasi bo‘lib xizmat qiladi. Yangi o‘rganuvchi uchun esa 33,5 min li muddat uzoq masofa rolini o‘ynashi mumkin. Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati Tezkorlik deganda, individ xarakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan xarakat reaksiyasining vaqtini bel- gilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuni-ladi. Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli bor: Yakka xarakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan); Xarakatlar chastotasi; Xarakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri). Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga boliq bo‘lib, ko‘p xollarda xarakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan korelyasiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin. Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, aloxida xarakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga boliq. Amalda yaxlit xarakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to‘la xarakat aktining tezligiga boliq. Biroq murakkab koordinatsion xarakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga xam boliqdir. Shuning uchun yaxlit xarakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘layot-ganligini taxlil qila olamiz xolos. Ko‘pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan xarakat-larda ikki xil fazasi farqlanmoqda: tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi; tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish). Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish qobiliyati - tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga boliq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo‘lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksicha xam bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo‘lgani xolda, xarakat chastotasi oz bo‘lishi xam kuzatiladi. Psixolofizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Tezlik namoyon bo‘lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq ko‘rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteris-tikasiga ko‘ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmasligiga guvox bo‘lishimiz mumkin. Yugurish tezligi xarakatni ko‘rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy boliq xolos. Tezlikning namoyon bo‘lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyoi uzunligiga, o‘z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining yerga tiranish kuchiga boliqdir. Shuning uchun xarakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bo‘lishiga qarab o‘quvchining sprintda o‘zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz oyatda mushkul. Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka “ko‘chirish” qoidada kuzatilmagan. Uning ko‘chishi mashqlarni bir-biriga koordinatsiya nuqtai nazaridan yaqin o‘xshashaligi bo‘lsagina namoyon bo‘lgan, qolaversa individning mashqlangan-ligi (shuullanganligi) qancha yuqori bo‘lsa, bu ko‘chish shunchalik past darajada bo‘ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zatsiorskiy, 1961). Shunga ko‘ra, tezkorlik sifati xaqida gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash xaqida gapirmay, inson xarakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish xaqida gapirish lozim. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling