Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi davr
- Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan boliqligi
- Jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati
To’rtinchi davr - 19 asrning oxiridan ilmiy va o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat xayotining boshqa jabxa-lariga xam taosir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya soxasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr - rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan xolda o‘sha davrda progressiv xisoblangan usuliyat- larga tayanib amalga oshirildi. Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli xal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali mexnat qildilar. Amaliy mate-riallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dast-labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim soxalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muam- mosi - bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedago-gika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izoxlab, isbotlab olishni isbotladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan boliqligi Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas boliq. Xar qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bolangan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan aloxida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari xam, lekin ularning so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy boliqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muxitini o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning aloxida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, xamma turlar uchun taosir ko‘rsata oladiganlarigina aloxida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishi xam mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Biologiya fani bilan boliqligi - jismoniy tarbiya vositalarini shuullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla- rining qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin. Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan boliqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya xaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi. Jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va xunariga oid maolum tushunchalar va iboralardan foydalana-dilar. Fanning maolum soxasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga boliq. Ularning mazmuni va xajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p xodisalari va masala-larini to‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo‘lmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llanila-digan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb xisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z axamiyati jixatidan birdek muximdir, bular to‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muxim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga to‘xtaldik xolos. Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi - tashqi ko’rinishini va uning xizmatining o‘zgarishi jarayonidir. Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning oboektiv qonunlariga - organizm va uning yashash sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o‘zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta- sekinlik bilan miqdor va sifat o‘zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo‘ysunadi. Boshqacha aytganda jisman rivojlanish oboektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng muximi, muxit va organizm rivojla- nishining bir butunligi qonunidir. Yuqoridagilarni o‘quvchilarga qo‘llaganimizda, o‘qish sharoiti, mexnat va mustaqil ishlash, dam olishni xisobga olishga to‘ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga taosir ko‘rsatadi. Nasldan-naslga o‘tadigan tabiiy-xayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilari xam jismoniy rivojlanishning muxim zamini ekanligi, shuning uchun xam yuqori natijalarga erishish xar qaysi shuullanuvchi (individ) uchun nasib bo‘la-vermasligini, ammo xar qanday shaxs o‘z organizmining jismo-nan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga muvofiq ravishda muntazam jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali ijobiy taosir eta olishligini eotirof etish lozim. Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to‘ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi. Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining aozolarini bichimini o‘lchami bo‘lib, shuullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi xaqidagi antropometrik maolumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi. Jisman rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko‘p jixatdan boliqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish - jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muxim vazifasidir. Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini xal qiluvchi omilidir. Omillar orasida mexnat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muximdir. Jisman rivojlanishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling