Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Taolim jarayonida xarakat faoliyatlarini rivojlanti-rish


Download 264.24 Kb.
bet44/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Taolim jarayonida xarakat faoliyatlarini rivojlanti-rish. Xarakat faoliyatlarini o‘qitish jarayonida tananing u yoki bu qismi (bo‘lagi)da xarakatni boshqarishning xarakteri o‘zgaradi, natijada xarakat faoliyatini egallashning darajasi ortadi. B.A. Ashmarin bu jarayonni quyidagicha ifodalagan:
8.1.1-jadval
Xarakat faoliyatini o’qitish




Xarakatni qila
bilishni

Xarakat
malakasini

Oliy tartibda
xarakat


Maxsus bilimlarga ega
bo‘lish

O‘quvchi (shuullanuvchi) maxsus bilimlar bazasida va tizimli mashqlar natijasida xarakat faoliyatini bajarish uchun belgilangan imkoniyatlar chegarasiga yetadi, takomillash-tirish uchun esa chegarasiz imkoniyatlarga ega bo‘ladi (oliy tartibda xarakat qila bilish). Xarakat faoliyatini egallash-ning uch bosqichga bo‘linishi shartlidir. Bosqichlarning stabil chegaralarini mavjudligi bilim berish vazafalarini belgilash va uni xal qilish uchun qulaydir.
Eski tajribalar, bilimlarga tayanib qila bilish (qila olish)ning shakllanishi xarakat faoliyatini egallash jarayo- nidan boshlanadi.
Xarakatni bajara olish (qila bilish) - bu xarakat faoli-yatining xar bir bo’lagiga o’quvchining diqqat eotiborini to‘plash (konsentratsiyalash) sharti asosida o‘rganilayotgan xarakat fao-liyatidir.
Xarakterli alomatlari; - to‘la, bir butun xarakat faoliya-ti tarkibidagi xarakatlarni boshqarish avtomatlashmagan xolda bajariladi. Natijada o‘quvchining ongi xarakatning xar bir elementini qanday bajarilishi sintezi bilan o‘ta band bo‘lib, ish yuqori darajadagi energiya sarflash xisobiga - iqtisod qilinmay, axamiyatli darajadagi charchashga dosh berish xisobiga bajariladi;

  • xarakat vazifasini bajarish usuli stabil emas (takror-lashlarning maromi turlicha). Bu bosqichda xarakat vazifasi-ning oson, ko‘p energiya sarflamay xal etish usuli izlanadi.

  • xarakatni qila bilish, xarakat faoliyatini birinchi o‘rganayotganlar chetlab o‘tadigan xatolardan xoli bo‘lgan faoliyat emas. To‘ri, malakagacha o‘tish davrining uzunligi, darajasi turlicha va u o‘quvchi qobiliyati, taolim uslubining takomil-lashganligi, xarakat faoliyatining to‘la tarkibining oson yoki qiyinligiga va xokazolarga boliq.

Axamiyati. Xarakatni bajara olish asosan ijodiy izla-nishlar orqali, taqqoslash, solishtirishlar, xarakatni baja- rish usullarini baxolash, ularni bir butun xarakat faoliyatiga birlashtirish bo‘lib bilim berish uchun katta imkoniyatlarni ochadi. Xarakatni qila bilish xarakat faoliyatini egallashning shunday darajasiki, xarakteriga ko‘ra u barcha yo‘llanma beruvchi mashqlarga tenglashtiriladi. Agarda ular stabillashib qolsa, o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyati malakasining shakllani-shida muammolar vujudga kelishiiga sabab bo‘ladi. Maolumki, to‘la xarakat tarkibidan ajratilgan, izolyasiyalangan bo‘lak o‘rganilayotgan, to‘la xarakat tarkibiga kirganda maolum o‘zgarish-larga uchraydi.
O‘rganilgan xarakatni nisbatan doimiy sharoitda tizimli namoyon qila olishini asta sekinlik bilan malakaga aylani-shiga olib keladi.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling