Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Malakaning stabillashuvi va plastikligi


Download 264.24 Kb.
bet47/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Malakaning stabillashuvi va plastikligi.
Xarakat malakasi shakllanib bo‘lgandan so‘ng uning rivojlanishi davom etadi. Agar ratsional takrorlash davom ettirilsa, unda malakaning yana xam takomillashuvi sodir bo‘ladi, uni stabillashuvi davom etadi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom etadi va afzal malaka deb qaraladigan turunroq, yuqori tempiratura, shovqin va xokazolarning taosiriga yetarli darajada moslashuvchan, kerak bo‘lsa, o‘zgaruvchan sharoitda qayta shakillantirish mumkin bo‘lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi.
Malaka shakllanishning asta-sekinligi va notekisligi. Xarakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida, qator mayda yangilanishlar orqali vujudga keladi.
Malakaning notekis shakllanishining to‘rt turi mavjud:

  1. Malakaning “salbiy tezlik” bilan shakllanishi. Taolimning birlamchi etapida xarakat faoliyatini o‘zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bu yo‘sindagi malakani shakllanishi xarakat faoliyati texnikasi egallash uchun xarakterli. O‘quv-chilarning xarakat faoliyatlarini asosi oson o‘zlashtiradi, chunki maktab jismoniy tarbiya dasturiga oson xarakatlar kiritilgan, uning detallarini o‘zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.

  2. Malakani “ijobiy va zudlik” bilan shakllanishi. Bu shuni ifodalaydiki taolimning birinchi etaplarida malaka-ning sifatini o‘sishi axamiyatli darajada bo‘lmaydi. So‘ng u keskin o‘sadi. Malakaning shu ko‘rinishidagi shakllanishi nisbatan qiyin xarakat faoliyatini o‘qitish uchun xarakterli, maolum vaqt o‘tishi bilan tashqaridan sezilmay to‘planaetgan sifat o‘zgarishlari to‘plami, o‘zining xarakat faoliyatini yuqori darajada o‘zlashtirilganligi ko‘rinishida namayon qiladi.

  3. Malakaning rivojlanishini sekinlashuvi. Malaka belgilangan maxorat darajasiga yetganda, ikkala ko‘rinishdagi tezlik bilan malakani shakllanishi sodir bo‘lishi mumkin. Malaka qanchalar takomillashmagan bo‘lsa, o‘z navbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik maxorat va kuch talab qiladi.


  4. Download 264.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling