Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Taolim jarayonida bajarib ko‘rsatish va ko‘rishning bir-biri bilan o‘zaro boliqligi
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aynan
- Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy prinsipi
Taolim jarayonida bajarib ko‘rsatish va ko‘rishning bir-biri bilan o‘zaro boliqligi. Xarakat faoliyati xaqidagi birlamchi (boshlanich) tushuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko‘rgandan so‘ng xosil bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurol-lar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekinlash-tirib olinganlari), kino-badiiy, xujjatli, o‘quv filpmlari, video, mulptvideo va x.k. tarzida ko‘rsatiladi va taqlid tarzida ularni bajarish o‘quvchidan talab qilinadi.
O‘zlashtirish jarayonining asosiy omili xisoblangan ko‘rgazmalilikning ikki ko‘rinishi amaliyotda mavjud bo‘lib, ular mashqni aynan bajarib yoki vositali yordami bilan ko‘rsatish deb farqlanadi. Aynan yoki vositali ko‘rgazmalilik taolim jarayonida o‘qituvchiga mashqni namunali darajada bajarib ko‘rsatish talabini qo‘yadi. Namunali darajadagi ko‘rsatish-namoyish qilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishini amalda isbotlangan. Amaliyotda esa xarakatning qanday bajarilishini o‘quvchi ko‘rmay turib, uning texnikasini o‘rgatish boshlab yuboriladi va bu o‘z navbatida shuullanuvchi-larni xatolariga sabab bo‘ladi. Ularni tuzatish taolim jarayonining vaqtini cho‘zilishiga olib keladi. Mashqni namunali tarzda ko‘rsata olmaydiganlar mashqlarni oldindan tanlangan va tayyorlagan shuullanuvchi orqali ko‘rsatishdan foydalanishi lozim. Xarakat faoliyati xaqida birlamchi (dastlabki) tushuncha o‘quv kino tasmasi, chizma, rasm, maket, plakat, va boshqalarda mashqni shuullanuvchilarga ko‘rsatish orqali xosil qilinadi, ayniqsa, katta, o‘rta, maktab yoshidagilar uchun ko‘rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, xarakatni xis qilishi uchun qo‘l keladigan vositadir. Xis qila olish qobiliyati yaxshiroq shakllangan shuullanuvchida ko‘z oldiga keltira olish, taqlid qila bilish (avvaliga mexanik) tarzda bo‘lsa xam axamiyati kattadir. Ayniqsa, taolimning ketma-ketligi o‘zlashtirishda (xarakatni bo‘laklarga ajratib o‘rgatishda), yo‘llanma beruvchi mashqlar (xarakat texnikasining asosiga yaqin bo‘lgan mashq-lar)dan foydalanish, xarakat texnikasini o‘zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu xarakat elementlari bor) mashqlarni qo‘llash taolim jarayoniga ko‘rgaz-malilik prinsipi qo‘yadigan asosiy talablar bo‘lib, bular, xarakat xaqidagi tushunchalar mezonini oshiradi. Mashqni bajarishda “o‘z soyasidan foydalanish”, “xarakat satxi chegarasini belgilash”, «taqlid qilish”, “mo‘ljal olish”, “o‘xshatish”, ko‘rgazmalilikning uslublardandir. Bular taolim jarayonini faollashtiradi, birlamchi malakani shakllantirish va xarakatni oliy tartibda bajara olishga yo‘l ochuvchi asosiy omillardir. Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy prinsipi Individning imkoniyati, qobiliyati, xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va xokazolar bu prinsip mazmunining omillari bo‘lib, taolim jarayonini boyitadi. Taolimga ongli munosabat, bu jarayondagi faollikni namoen bo‘lishi, tanlangan faoliyatning ijrosida ko‘rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik va individning xususiyatlari bilan chambarchas boliq va ko‘zlangan maqsadga tez erishish uchun vositadir. Kuchiga yarashalilikning tub maonosi organizmning xayotiy faoliyatining maolum ishdagi funksional xususiyati va qobiliyatini xisobga olish demakdir. Bu prinsip qobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo‘yadi. Demak, taolim jarayoni turli sharoitda xilma-xil tashqi taosirini xisobga olishni, shuullanuvchi uchun meoyor tanlay bilishni taqazo etadi. Meoyor bo‘lib turli xil yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shuullanish dasturlari, ularning jismoniy sifatlari uchun belgilangan normalar xizmat qilishi lozim. Sobiq Ittifoq jismoniy tarbiya tizimida “Mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyor” fizkulptura kompleksi jamiyat aozolari-ning, barcha yoshdagilarning (6 dan 60 yoshgacha) jismoniy tarbiyasining dasturi va jismoniy tayyorgarligi normalarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, kuchiga yarashalilik prinsipi talablari chegarasidan chiqmagan. Mamlakatimizda esa bu vazifani Respublika axolisining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydigan «Alpomish va Barchinoy» testi talablari va normalari bajaradi. Jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlarida meoyorni aniqlash tarbiyachi murabbiylar va pedagoglar, tibbiy xodimning birgalikdagi tizimli izlanishlar orqali amalga oshiriladi. Mashq qilish uchun organizmga kuchiga yarasha bo‘lmagan mashq meoyoriga mashqni organizmni zo‘riqishi orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlari xam xozirgi kunda xam ilmiy, xam amaliy jixatdan isbotlangan. Maolum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan sport tayyorgarligi bor shuullannuvchining organizmi uchun meoyor xisoblangan xajmdagi jismoniy mashqlar yangi, shuullanishni endigina boshlaganlar uchun kuchiga yarasha bo‘lishi mumkin, lekin uni meoyor qilib olish noto‘ri bo‘ladi. Jismoniy tarbiyada kuchiga yarashalilik o‘zgaruvchandir. Shuullanishning maolum davrida tanlangan meoyorga chidash uchun katta jismoniy, ruxiy zo‘riqish talablari qo‘yilsa, bir muncha vaqtdan so‘ng u kuchiga yarasha bo‘lib, meoyorga aylanadi-buni tarbiya natijasining ijobiy tomonga o‘zgarishi deb qaraladi. Maolumki, yangi xarakat vujudga kelgan xarakatlarning eskilarini bazasida shakllanadi. Shunga ko‘ra jismoniy tarbiya jarayonidagi asosiy xal qiluvchi rolni mashqni o‘zlashtirish egallaydi. Materialni shunday o‘rgatish lozimki, uning mazmuni, organizmga taosirining kuchi, o‘qitishning navbatdagi etapi uchun yangi poona rolini o‘ynasin. Amaliyotda bu fikr “maolumdan nomaolumga”, “o‘zlashtirilmagandan o‘zlashtiril-ganga”, jismoniy mashqlar bilan shuullanishda esa “kuchiga yarasha emasdan kuchiga yarashalikka” deb formulirovka qili-nadi. Bundan tashqari, vazifalarni mashulotdan-mashulotga, asta-sekinlik bilan qiyinlashtirish xam taolim jarayonning asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqazo etadi. Bular albatta taolim jarayonining uslubiy xususiyatlarini vujudga keltiradi. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling