Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqa metodining xarakterli belgilari
- 12-BOB. MAKTABGAChA YoShDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYaSI
- jismoniy tarbiyasining vazifasi
- jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik. Chidamlilik va egiluvchanlikni
- Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (xarakat) sifatlarini tarbiyalash
Musobaqa usuliyati musobaqalashish, kuch sinashishning xarakterli belgilarini, o‘zida aks ettirgan jismoniy mashqlar bilan shuullanishning o‘quvchilarga stimul beruvchi aloxida shakllaridan biridir. Shuning uchun xar qanday jismoniy mashqni musobaqa predmeti qilib, mashulotlarda keng foyda-lanish mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya darsini boshlani-shidagi o‘quvchilarni saflanishidan tortib to o‘quvchilar zaldan chiqib ketgunlaricha, musobaqa usuliyatini qo‘llash va undan foydalanish jismoniy tarbiya taolimi amaliyotida ko‘p uchraydi.
Musobaqa metodining xarakterli belgilari: 1. U yoki bu xarakat faoliyatida faoliyatni vazifaga bo‘ysundirish oldindan belgilanganligi, o‘rnatilgan qoidalar bilan muvofiqligi. Bunday vazifalar o‘quvchilar ijodiy aktiv-ligini stimullovchi faktorlardan bo‘lib, ularning tayyorgar-ligini baxolash va taqqoslashning o‘lchovidir. 2. Yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psixologik quvvatni maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish usuliyati orqali organizmning funksional imkoniyatlarini to‘la ochish uchun sharoitni yarati-lishi. 3. O‘quvchilarning uchun belgilangan nagruzkalarini bosh-qarish imkoniyatlarining chegralanganligi. Bu usuliyat o‘quvchi-lardan xarakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, xal qilishda, o‘ziga xos mustaqillikni talab qiladi. Shuningdek, musobaqa usuliyati xarakat faoliyatini takomillashtirishda nisbatan samaralirokdir, lekin ular bir- lamchi o‘zlashtirishda kutilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaqa usuliyati xarakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, ayniqsa ularni kompleksli namoyon qilishda bu usuliyatiga extiyoj o‘ta yuqoridir. Musobaqa usuliyati pedagogika nuqtai nazaridan o‘quvchilar alabasi va malubiyatiga turun psixologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo‘naltirilishi, shundagina taolim jarayonida u o‘zini oqlaydi, boshqa tomondan esa turli sharoitda xar tomonlama jismonan tayyorgarligini to‘la namoyish qilish imkonini beradi xamda uni darajasini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 12-BOB. MAKTABGAChA YoShDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYaSI Inson xayotning birinchi yetti yilligida bolalar solii-ning asosiga zamin tayyorlanadi, xayotiy zaruriy xarakat mala-kalari shakllanadi, takomillashadi, keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi. Rusiy zabon olimlarimiz Shelovanova, Aksariynoy, Sorochek, Uvarov, Bikovlarni tadqiqotlarini natijalari shuni ko‘rsatadiki bolaning jismonan chiniqqan, chaqqon, kuchli bo‘lib o‘sishi uchun o‘z vaqtida to‘ri rejalashtirilgan jismoniy tarbiya jarayoni muxim rolp o‘ynaydi. Jismoniy tarbiyaning axamiya-tini noto‘ri baxolash bola organizmini rivojlantirishni susaytiribgina qolmay, uni aqliy rivojlanishiga xam salbiy taosiri ko‘rsatishini jismoniy tarbiya amaliyoti isbotlab berdi. Bolaning organizimi tez rivojlana boshlaydi. Lekin organizmning ximoya refleksi sust rivojlangan bo‘ladi, nisba-tan kasalga tez chalinadi. Shunga ko’ra bu yoshdagilar jismoniy tarbiyasining vazifasi - ularning soligini saqlash va mustax-kamlash, chiniqtirish, xar tomonlama jismoniy rivojlan-tirish, gavdani to‘ri tutish, umumiy va shaxsiy gigienaga eotibor beradigan qilib voyaga yetkazishdir. Eng axamiyatlisi ularda xayot uchun zaruriy eng oddiy xarakat malakalarini - yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, velosipedda, rolikli chanida, konpkida yurish, yugurish, suzish va samokat va velosipedda yurishlarni rivojlantirishdir. Bu xarakatlarni bolalar tez o‘zlashtiradi. Bunga sabab ularning nerv sistemasini elastikligini yuqori-ligidir. Oddiy xarakat malakasi keyinchalik kattaroq yoshga o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu yoshdagilarda jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik. Chidamlilik va egiluvchanlikni rivojlantirishga imkoniyatlar katta. Levi Gorinevskayani tekshirishiga qaraganda maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning to‘ri yo‘lga qo‘yishda qiyinroq bo‘lgan umumjismony mashqlar, 1-sinf dasturiga yaqin bo‘lgan, ungatayyorlaydigan mashqlar tanlab olinadi. Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (xarakat) sifatlarini tarbiyalash Jismoniy mashqlarni bajarish protsessida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularni anatomo-fiziologik xususiyat-larini eotiborga olganimizda chaqqonlik va tezlik sifatla-rini tarbiyalashning imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, aksincha kuch va chidamlilik xarakat sifatlarini tarbiyalashga esa extiyotkorlik zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib qo‘yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari xar bir xarakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachini xoxishsiz xam boshqa xarakat faoliyatlari davomida namoyon bo‘ladi. yurish, sakrash, uloqtirishdek xarakatlar tarkibida bu sifatlar baribir namoyon bo‘ladi. Bu yoshdagilarning nerv tizimini egiluvchanligi, jismoniy sifatlarni teng rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki nerv sistemasidagi qo‘zalish va tormozlanish biri ikkinchisi bilan tez almashinish qobiliyati bilan boliq. Ayniqsa xarakatli o‘yinlar davomida oldindan rejalashtiril-magan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan favqulotdagi xarakatlarni bajarishga to‘ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biriga o‘z o‘rnini tez almashinishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoitni yaratadi. Nerv protsessi katta tezlikdagi tezlik jismoniy sifatini rivojlanishini tezlashtiradi. Qisqa vaqt mobaynida minimal tezlik bilan yugurish, velosiped va boshqa mashqlar tezlikni rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda albatta meoyor to‘ri tanlanishi va ularni o‘zaro o‘rin almashinishi muxim axamiyatga egadir. Bu yoshdagi bolalarda bo‘yin, qorin, orqa, bel muskullari kuchsiz bo‘lib ularda qomat yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra shu gurux muskullarini rivojlantirish uchun (yurish, yugurish, tanani bukib to‘rilab bajaradigan) mashqlarni tanlab olish, ularni yurish tezlishini orttirish, boshqa xarakat sifatlariga nisbatan yuqori ko‘rsatgichga erishishi mumkinligini ifoda-lashdan iborat bo‘ladi. bularsiz bola kundalik xayotida uchray-digan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mexnatda qiyinchilikka uchragan bo‘lar edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin, ularga o‘sha mashqning axamiyatini, bajarish texnikasini, ozgina bo‘lsa xam xarakatli o‘yin qoidalarini, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlarini o‘rgatilib borilishi lozim. Bu yoshdagilarga jismoniy mashqni o‘zi mastuqil va guruxi bilan bajarishga o‘rgatish ko‘nikmalari berib boriladi. O‘zidan kichik guruxlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o‘rgatish, o‘zini sport razryadini o‘sayotganiga va katta sportchilar natijalariga qizi-qishga, do‘stlik, o‘zaro yordam, o‘yinchoqlarga nisbatan munosabat masalasi, axloq normalarini rivojlanishiga eotibor beriladi. ularda jismoniy tarbiyani shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, o‘sha yoshi uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar, aqliy, axloqiy va estetik didni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borilsin. Esteti-kadan tanining tuzilishi, qomatini tik tutib yurish, xarakat-larini mayin xamda chiroyliligi, kiyim boshini qanday tutish va boshqalar to‘risida tushuncha berish kerak bo‘ladi. Jismoniy tarbiya jarayoni davrida maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga, diqqat qabul qilish, tushun-chaga ega bo‘lish, fikrlash, ko‘z oldiga keltirish, bilimini va boshqa xislatlarni mastaxkamlash tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling