Darsning motor zichligi (MZ) – bu darsning umumiy davomiyligiga nisbatan o‘quvchilarning darsda aynan xarakat faoliyatining aktivligi uchun sarflangan sof vaqtidir.
Motor zichlikni aniqlashda mashqlarni bajarish uchun sarflangan sof vaqt (tyev) xisoblanadi. tyev 100% ko‘paytirilib, darsning umumiy vaqtiga (tumum) bo‘linadi.
М З tев 100%
tум
Masalan, aniqlanishicha o‘quvchilarni jismoniy mashq larni bajarish uchun sarflangan vaqti 25 minutga teng (qolgan 15 minuti o‘qituvchini dars materialini tushuntiirshi, Mash ulot joyini tayyorlashi, vazifalarni o‘zgartirish uchun joy almashtirish tik turib dam olish va boshqalarga sarflanadi). Bu xolda darsning M3 quyidagiga teng.
М З 25св 100% 62,5%
40 ум
Motor zichlik dars jarayonida doimo o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlarning shartligini darsda qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning mazmunini turli-tumanligi, ulardan foydalanish joyi va qo‘llanilayotgan usuliyatlar bilan izoxlash mumkin. Darsning M3 ning ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi darsning tipiga xam boliq. Xarakat texnikasini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish darslarida M3 70-80% gacha ko‘tarilishi mumkin. Aqliy faoliyat ko‘proq aralashgan, xarakat faoliyatini o‘zlashtirish darslarida esa 50% gacha pasayib ketishi mumkin.
M3 ni axamiyati muximligini eotirof etishimizga qaramay u xech qachon 100% bo‘lishi mumkin emas, aks xolda darsni materialini tushintirish, sodir bo‘ladigan xatolar, ular ustida fikr yuritishga vaqt qolmagan bo‘lar edi. Bu o‘z navbatida o‘quv ishlarining sifati, samaradorligiga salbiy taosir ko‘rsatgan bo‘lar edi.
Jismoniy yuklama – bu shuullanuvchi organizmiga jismoniy mashqni belgilangan xajmidir. Yuklama meoyori
– bu uni belgilangan miqdori bo‘lib, xajmning va intensivlikning parametri bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |