Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakatni bajarishning oliy maqomi


Download 3.22 Mb.
bet63/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Xarakatni bajarishning oliy maqomi


Shakllangan xarakat malakasini takomilashtirishning eng oxirgi chegarasi xarakat akti yoki xarakat faoliyatini bajarishining oliy maqomi deyiladi. Uning asosiy vazifasi xar qanday sharoitda shuullanuvchi malakani egallashga va uni takomillashtirishga (ishlab chiqarishda, turmushda, xarbiy, sport soxasida) odatlantirish va o‘rgatishdir. Faqat shu xoldagina malaka o‘zining amalliy qimmatiga ega bo‘ladi. Mobodo sport zalida; (maydonda) shuullanuvchi ishonch bilan balandlikdan sakrab o‘ta olsayu, lekin o‘sha malakani tabiiy to‘siqlardan o‘tishda amaliyotda (xayotda) qo‘llay olmasa, bunday malakaning qimmati past bo‘ladi.
Xarakatni oliy tartibda bajara olish bu o‘zlashti-rilgan, o‘rganilgan xarakatlarni oz kuch sarflab, sarflanadigan energiyani o‘ta iqtisod qilib turmushda aniq qo‘llay olishdir.
Bunday ijro malakasi shakllangan xarakat malakasi asosida va nisbatan yuqori darajadagi maxsus bilimlar evaziga vujudga keladi. Aslida taolimning (o‘qitishning) pirovard maqsadi xam xarakatni oliy tartibda bajara olishga o‘rga-tishdir.

Xarakterli belgilari.


  1. Oliy tartibda xarakat qila olish ongning xizmat faoliyatini yuqori darajasi xisobidan, xolatni oboektiv taxlili qila olish, eng zaruri vaqt difitsitini eotiborga olgan xolda malakani shunday qo‘llaydiki, u albatta eng yuqori samaraga olib kelishi.

  2. Xarakat faoliyatini tashkillovchi xarakat aktlarini avtomatlashgan xolda, ongning nazorati ostida, kerak bo‘lsa ko‘nikmagan sharoitda korreksiya talab qilinganda xam bajarilishi.

  3. Oliy tartibdagi xarakatni qila olish faqat to‘la (bir butun) xarakat faoliyatlarini bajarishdagina namoyon bo‘lishi.

Oliy tartibdagi bajara olishning shakllanishi jismo-niy tarbiyaning amalliy axamiyatini ifodalaydi, sport maxo- ratini oshirishning rezervi xisoblanadi. Xarakat malaka-lariga qo‘yilayotgan talablarning xarakteri bajara olishning oliy tartibini uch turga ajratish imkonini beradi.
O‘rganganidan, egallaganidan qila oladigandan, atrof muxitni talablari bilan muvofiq, parallel yoki turli xil ketma-ketlikda samarali foydalanish lozim bo‘ladi. Masalan, yugurish malakasini tabiiy to‘siqlardan oshishda qo‘llash.
Bir vaqtning o‘zida ikki yoki bir necha shakllangan malakalardan foydalana olish, masalan yugurib ketayotib uloq-tirish.
Ikki yoki bir-necha shakllangan malakalardan ketma-ket samarali foydalana olish. Masalan, dumbaloq oshishlardan so‘ng muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish.
Xarakat malakasining shakllanishi va takomillashishi qonuniyatlari xarakat faoliyatlarini o‘qitishning xar bir xolatida namoyon bo‘ladi. Lekin uning shakllanishi, takomil-lashishi va so‘nishining davomiyligi (uzunligi) juda xam turlicha va o‘quvchining qobiliyatiga, ayniqsa, malakaning o‘ziga xos xususiyatlariga, o‘qituvchining shaxsi va taolim metodi-kasining takomillashuviga, ortib borayotgan xarakat tajribasi va x.k.ga boliqdir.

    1. Download 3.22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling