Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 3.22 Mb.
bet96/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

O‘yin usuliyati jismoniy tarbiyadagi o‘yinlarning ko‘pchilik belgilarini o‘zida mujassamlangan. Darslikning “Jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi” bo‘limi-da o‘yin jismoniy mashq xarakteridagi tizim tarzida, yaoni jismoniy tarbiya vositasi ko‘rinishida berilgan. Lekin jismoniy tarbiyada o‘yinlar taolim va tarbiyaning samarali usuliyati sifatida xam mavjud bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘yin metodining tabiatini o‘yin moxiyatini ochish orqaligina tushunish mumkin xolos.
O‘yinning moxiyatini o‘rganishning nisbatan perespektiv yo‘nalishi usuliyatlashtirish nazariyasi xisoblanadi. Shunga muvofiq, o‘yinlar insonning oldindan belgilangan xayotiy sharoitda ishlab chiqargan o‘zining yurish-turishi, xulqi chegarasidan chiqmaydigan o‘ziga xos elementlarning modelidir (N.I. Ponamarev). O‘yinda shartli ravishda butun bir xayotiy situatsiya o‘z ifodasini topishi mumkin (masalan, o‘yinlarda taqlid qilish), inson xarakat faolitining ayrimlari turmush, mexnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi xarakatlar bo‘lib, ularda asosan odamlar orasidagi o‘zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O‘yin tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo‘lib, odamlarning xarbiy va mexnat faoliyati asosida paydo bo‘lgan va u inson xayotining moddiy va ijtimoiy sharoitlari bilan belgilanadi. O‘yin xayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o‘zida o‘zining sof shartli qonun-lariga bo‘ysunadi. U bizni o‘rab olgan borliqni o‘zgartirishni nazarda tutmaydi, lekin insonni ijodiy mexnatga tayyorlovchi shart sifatida inson madaniyatining muxim manbai rolini o‘ynaydi. Shunga boliq xolda o‘yin quyidagi xizmatlarni bajaradi: tayyorlov (insonni jismoniy va ruxiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiya-laydi) va ko‘ngil ochish, munosabatlarini, shuningdek, ularni o‘rab olgan muxit orasidagi munosabatlarni shakllantiradi. Bu kabi asosiy xizmatlar o‘yinlarning yo‘nalishi va mazmunini belgilaydi.
Jismoniy tarbiyadagi barcha o‘yinlarning asosiy mazmu-nini insonni jismoniy kamolotga erishtirishga imkoniyat yaratuvchi xarakat faoliyatlari tashkil etadi. O‘yinlar xamda gimnastika, sport, turizmdagi farqni ko‘p xolda shartli deb tan olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivojlanish meoyoriga ko‘ra yanada yaqqol ko‘rinadi. O‘yinga konkret xarakat faoli-yatlari tizimi deb qarash zarur, ular belgilangan qoidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida jismoniy mashq xarakteriga qaramay, turlicha pedagogik vazifalarni xal etishi mumkin.
O‘yinlar usuliyat tarzida faqat umumiy qabul qilin-ganlaridek amalga oshirilmaydi. O‘yin usuliyati vositalari va ularning shakliga ko‘ra rasmiy o‘yinlarga nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o‘yin usuliyati asosida darsning xamma qismlarini o‘yinlarsiz o‘tkazish mumkin (toqqa sayoxat o‘yini). Muvozanat saqlash mashqini bajarayotib to‘siqlardan oshishi yoki chuqurliklar ustidan o‘tish tarzidagi o‘yinlardn foydalanish mumkin.

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling