Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati


Download 3.22 Mb.
bet42/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati


Tezkorlik deganda, individ xarakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan xarakat reaksiyasining vaqtini bel- gilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuni-ladi. Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli bor:

      1. Yakka xarakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan);

      2. Xarakatlar chastotasi;

      3. Xarakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).

Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga boliq bo‘lib, ko‘p xollarda xarakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan korelyasiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin.
Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, aloxida xarakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga boliq. Amalda yaxlit xarakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to‘la xarakat aktining tezligiga boliq. Biroq murakkab koordinatsion xarakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga xam boliqdir. Shuning uchun yaxlit xarakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘layot-ganligini taxlil qila olamiz xolos.
Ko‘pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan xarakat-larda ikki xil fazasi farqlanmoqda:

  1. tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;

  2. tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).

Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish qobiliyati tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga boliq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo‘lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksicha xam bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo‘lgani xolda, xarakat chastotasi oz bo‘lishi xam kuzatiladi.
Psixolofizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Tezlik namoyon bo‘lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq ko‘rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteris-tikasiga ko‘ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmasligiga guvox bo‘lishimiz mumkin.
Yugurish tezligi xarakatni ko‘rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy boliq xolos. Tezlikning namoyon bo‘lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyoi uzunligiga, o‘z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining yerga tiranish kuchiga boliqdir. Shuning uchun xarakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bo‘lishiga qarab o‘quvchining sprintda o‘zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz oyatda mushkul.
Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka “ko‘chirish” qoidada kuzatilmagan. Uning ko‘chishi mashqlarni bir-biriga koordinatsiya nuqtai nazaridan yaqin o‘xshashaligi bo‘lsagina namoyon bo‘lgan, qolaversa individning mashqlangan-ligi (shuullanganligi) qancha yuqori bo‘lsa, bu ko‘chish shunchalik past darajada bo‘ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zatsiorskiy, 1961). Shunga ko‘ra, tezkorlik sifati xaqida gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash xaqida gapirmay, inson xarakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish xaqida gapirish lozim.

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling