Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Harakat malakalarining shakllanish fazalari. Malakaning ko’chishi. Malakaning ijobiy va salbiy ko'chishi. Harakatni oliy tartibda bajara olish


Download 2.72 Mb.
bet62/127
Sana18.10.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1708479
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127
Bog'liq
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

3.Harakat malakalarining shakllanish fazalari. Malakaning ko’chishi. Malakaning ijobiy va salbiy ko'chishi. Harakatni oliy tartibda bajara olish.
Malakaning ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan harakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada bir vaqtning o‘zida yoki birin-ketin harakat malakalari shakllanib, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Malakalarning o‘zaro ta’siri bir necha xil bo‘ladi:

  1. Malakaning ijobiy ko‘chishi. Ijobiy ko‘chish malakalarning o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil bo‘lgan malaka keyingi, yangisini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi hosil bo‘layotgan malakalar hayotiy tajriba va o‘rgatish natijasida asoslanib, avval shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldin shakllangan malakalarning tuzilish jihatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi.

  2. Malakaning salbiy ko‘chishi.Oldin shakllangan malaka yangisini shakllantirish jarayonida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu ta’lim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi. Masalan, suvga sakrovchidan, gimnastikachidan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og‘ir jarayonni aytib o‘tish mumkin.

Ijobiy ko‘chishning foydali tomonidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko‘chish elementlaridan ogoh bo‘lish malakaning shakllanish jarayonini osonlashtiradi.
Mukammal o‘rgatish bosqichi
Fazoviy va kuch xususiyatlarini aniqlash bilan tavsiflanadi. Alohida harakat reflekslarini va umuman ularning tizimini aniqlash bu jarayonning fiziologik mexanizmi hisoblanadi.
Mukammal kuch bosqichi murakkab harakat akti alohida amallarining vaqtga oid,
Bu o‘rgatish bosqichi oldida turgan maqsad ilgari hosil qilingan qo‘pol malakani aniq, butun qismlarigacha qayta ishlab chiqilgan malaka darajasiga yetkazishdan iboratdir.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling